Chirchiq davlat pedagogika instituti


Foydali qazilma boyliklari



Download 29,42 Mb.
bet123/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Foydali qazilma boyliklari.

Toshko‘mir geolog davrining yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri davr nomiga mos toshko‘mir kon xavzalarining hosil bo‘lganligidadir. 34-rasmga qarang. Shimoliy yarim shardagi Ovrupo-Osiyo ya’ni Lavraziya materigining (Kanada va Grelandiyadan tashqari) deyarli hamma mintaqalarida ko‘mir kon xavzalari hosil bo‘lgan. Bu konlar platforma viloyatlarida va tog‘ tizmalari aro botiqliklarida, keng maydonlarni zabt etgan vodiylarida hosil bo‘lgan bo‘lib, dunyo toshko‘mir konlari zahiralarining 27 %ini tashkil etadi.

Bu toshko‘mir konlari qatoriga Dones ko‘mir xavzasi, Qarag‘anda, Kizelyov, Moskva orti va Ekibass tuz xavzalari asosiy o‘rinni egallaydi. Bulardan tashqari Kuznesk, Minusinsk va Tunguz xavzalari ham kiradi.

G‘arbiy Ovrupodagi Polsha, Chexoslavakiya, Germaniya, Belgiya, Fransiya va Angliya ko‘mir konlarining paydo bo‘lgan vaqti karbon davriga to‘g‘ri keladi. Karbon geolog davriga taalluqli ko‘mir konlari Ispaniyada Appalach va Pensilvaniya (AQSh)da ham topilgan.

Volga o‘rol mintaqasida aniqlangan va hozirgi vaqtda qazib olinayotgan neft konlari zahiralarining yarmi karbon davrida hosil bo‘lgan.

Orengburg viloyatidagi yonuvchi gaz konlarining yoshi ham karbon davriga to‘g‘ri keladi. Xitoydan, shimoliy Onejek va Tixvindan topilgan boksit zahiralari karbon davrida hosil bo‘lgan. Qora tog‘ tizmasidagi, O‘rta Osiyo tog‘ tizmalaridagi qo‘rg‘oshin, ruh konlari karbon davri magmatizm jarayonlari bilan uzviy bog‘liq. Qozog‘istondagi Djezkozg‘on katta maskanining yoshi ham karbondir. Magnitnaya (kurskmagnit anomaliyasi –K.M.A.) Kagarsk, xamda Sokolov-Sarboy temir kon xavzalari toshko‘mir davrida hosil bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasidagi ruh-qo‘rg‘oshin, mis, oltin, volfram, molibden, berilliy, uran va yer yuzida kamdan-kam uchraydigan va noyob metallar guruhi toshko‘mir davrida yuzaga kelgan.

O‘rol tog‘ tizmasidagi oltin konlar karbon davriga mansub.

O‘zbekiston Respublikasida shu kunlarda qazib ishlanayotgan yirik oltin, mis, qo‘rg‘oshin-ruh, volfram, molibden, uran va X.Q. konlar tarkibida uchraydigan va sanoat talablariga javob beradigan kondinsen qo‘shimcha elementlar: germaniy, reniy, ittriy, itterbiy, tantal-niobatlar, selen va temir, indiy, skandiy va boshqalar karbon geologik davri magmatizm jarayonlari natijasida hosil bo‘lgan.

Perm geologik davri va uning paleogeografiyasi.

Perm geologik davri 280 mln yil avval boshlanib, 235 mln yil burun tugagan. Davrning davom etgan yili 45 mlnga to‘g‘ri keladi.

Perm geologik davri Rossiyadagi perm guberniyasi nomiga qo‘yilgan. Perm viloyatida shu davrga tegishli jins yotqiziqlari keng miqyosda tarqalgan, shuning uchun ham bu davrni aniqlash osonlashgan. Bu geologik davr 1831 yilda D.I. Sokolov tomonidan aniqlangan bo‘lib, 1839 yilda yana aniqlik kiritdi. 1841 yilda rus geologi G.P. Gelmersen Rossiyaning Ovrupo qismi xaritasiga perm davri yotqiziqlarini tushirtirdi. 1841 yilda Angliya geologi R. Murgison yuqorida qayd etilgan mutaxassislarning ma’lumotlarini nazarda tutgan holda va perm guberniyasida topilgan karbon davridan keyingi yotqiziqlarni “Perm geologik davri” deb atalishini tavsiya etdi.

Organik dunyosi.

Perm davrining dengiz xavzalarida foraminiferalar (ayniqsa fuzulinidlar va shvagerinalar), qulafli braxiapodalar va goniatitlar hukmronlik qilganlar. Goniatitlar perm geologik davrida juda ko‘payishgan, lekin perm davrining oxirida ular o‘z o‘rnilarini seratitlarga bo‘shatib berdilar. Pelesipodalar, gastropodalar, ostrokodalar va konodontalarning soni hamda avlodlari jihatidan nihoyatda ko‘p bo‘lganliklari ma’lum. Chuchuk va sho‘r suv xavzalarida baliqlarning turlari va nusxalari juda ko‘payishdi.

Stegotsefallar perm davri boshlarida kamaya bordi, davrning oxirida ular so‘na boshlab yo‘q bo‘lib ketdilar, ularning o‘rniga har xil zotli sudralib yuruvchilar paydo bo‘lib qoldilar. Bular qatorida vaxshiylari va o‘txo‘rlari ham yashagan.

Perm davrida toshko‘mir davridagi o‘simliklar olamining xillari kamaydi, qirq bo‘g‘inlilar uncha-muncha saqlanib qoldilar.

Perm davrining ikkinchi yarmida o‘simlik olamining xillari, boshqa turlari bilan almashina boshlaydi, ayniqsa tropik iqlim mintaqalarida sezilarli ko‘rinishdagi ochiq urug‘liklar paydo bo‘lishdi-qirq bo‘g‘inliklar, sikadolilar va ginkolilarning yangi xillari yuzaga keldi.

1. Inostrancevia. Perm davrining vaxshiy hayvoni.

2. Pareiasaurus.


Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish