O rganik dunyosi.
Toshko‘mir davri organik dunyosi tez va faol suratda rivojlana bordi, rivojlanish nafaqat dengiz suv xavzalarida, balki quruqlikda ham amalga oshdi.
Kontinentlar o‘rmonzorlar bilan band qilindi, bu o‘z navbatida o‘rmonzorlar sharoitida yashashga moslashgan bo‘g‘imoyoqlilarning ko‘payishiga va keng tarqalishiga olib keldi.
Toshko‘mir davrining nam iqlimli o‘rmonlarida va botqoqliklarida ham, suv xavzasida ham quruqlikda yashashga moslashgan har xil stegotsefalalar-tumsohsimon hayvonlar ko‘paydi.
Karbon davri botqoqliklarida rang-barang o‘simliklar olami paydo bo‘ldi, to‘qayzorlar maydoni ham kengaya bordi.
Karbon davrining boshlariga kelib, grantolitlar va trilobitlar qurila boshladi. Yirik qisqichbaqasimonlar, o‘simliklardan esa psilofitlar butunlay qirilib yo‘q bo‘ldi.
Botqoqliklar va laguna mintaqalarida iqlimi issiq va iliq xududlarda daraxt o‘rmonlari rivojlandi va keng maydonlarga tarqala boshladi. Bu o‘rmon daraxtlari – “antrakofit” degpn nom oldi. Bu daraxtlarning nam ortuvchi tomirlari yaxshi rivojlangan ekan, bular qatoriga plaunlilar, qirqbo‘g‘inlilar, paparotniklar, lianasimon paparotniklar kirgan, yana shular qatoriga ilk paparotniksimon ochiq urug‘liklar paydo bo‘ldi-bular kordantlardir. 33-rasmga qarang. Toshko‘mir davri barcha o‘simliklarining chiqindilaridan, suv ostida
62-Rasm. Karbon davri kartasi.
hamda cho‘kindi jinslar ostida ko‘milib qolishidan, botqoqliklar o‘simliklaridan katta-katta ko‘mir koni xavzalari hosil bo‘lgan. 34-rasmga qarang.
Karbon davri dengiz suv xavzalarida foraminiferalar avlodlari juda ko‘payib ketgan.
Karbon geologik davrining paleogeografik xaritasi. N.M. Straxov bo‘yicha.
Shu jonzotlar hisobidan fuzulinali oxaktoshlar qatlamlari hosil bo‘lib, toshko‘mir davri stratigrafiyasini tiklashda katta ahamiyatga ega. Braxnapodalarning rivojlana borishi ham keng tus oldi. To‘rt nurli kolonial tarzda yashovchi marjon politlar ko‘paydi, ular mshankalar, tabulyatalar va suv osti o‘simliklari bilan birga katta-katta maydonlarni egallagan rif yotqiziqlarini yuzaga keltirgan.
Bu yotqiziqlar keyingi geologik davrlarda oxaktosh qatlamlaridan iborat bo‘lgan baland va uzun tog‘ tizmalariga aylanib ketgan.
Karbon davrining iqlim sharoitlari juda qulay bo‘lishi munosabati bilan (Gondvana bulermaterigining maydoni bundan mustasno) qalin o‘simlik olami rivojlangan mintaqalarda bo‘g‘imoyoqli jonzodlar nihoyatda ko‘paydi: o‘rgimchak va o‘rgimchaksimonlar, chayonlar, suvaraklar, ignachilar (qanotlarining yoyilishi 1 m va bundan ham kattaroq bo‘lganligi, ayrimlarinikining qanotlari 3 m gacha borgan) shular jumlasidandir.
Dengiz xavzalarida baliqlar soni va ularning zotlari ham juda ko‘paygan.
Timsohsimon hayvonlar-stegotsefallar asosan ko‘l va botqoqlik qirg‘oqlarida, chakalakzor va butazorlar ichida yashab ko‘payganliklari ma’lum bo‘ldi.
Toshko‘mir davrining oxirlarida stegotsefallar sinfining namoyondalari rivojlanishidan bo‘lsa kerak,
birlamchi sudralib yuruvchi hayvonlar-reptiliyalar yer yuzida paydo bo‘lib qoldi, keyinchalik ularning avlodlari quruqlik tomon tarqala boshlashib kontinentlarni zabt eta boshlaganlari ma’lum bo‘ldi. Bu fikrga asos qilib quruqliq xududlaridan topilgan toshqotgan tuxumlarining qoldiqlari misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |