Gersin tog‘ burmanalish epoxasi.
Gersin so‘zi Germaniyaning qadimiy Gersiniya tog‘liq xududi nomidan olingan.
Gersin burmalanish epoxasi toshko‘mir va perm geologik davrlarida eng avj olib, teknotik harakatlar va magmatizm, vulqon jarayonlari faollashgan vaqti bo‘lgan.
Qozog‘iston, O‘rta Osiyo jummladan O‘zbekistondagi hozirda ham mavjud bo‘lgan tog‘ tizmalari Qurama, Chotqol, Pekom, Zirabuloq-Ziyovuddin, Nur ota, Qoramozor, Xisor va boshqa tog‘ tizmalari gersin burmalanish epoxasida batamom shakllanib bo‘ldi.
Hozirda ham saqlanib qolgan katta-katta va chuqur darzliklar, tektanik yoriqliklar, bukilma va botiqliklar gersinidlar hamda magmatizm xosilalari va ular bilan genetik ravishda bog‘liq bo‘lgan nometall va metalli foydali qazilma boyliklar gersin tektono-magmatik epoxasi bilan bog‘liq.
36-rasmda avvaliga gorizontal va subgorizontal holatda joylashgan oxaktoshlar effuziv magmatik tananing yorib kirib o‘rnashishi munosabati bilan burmalanishlar va darzliklar paydo bo‘lganligini anglatuvchi karbon-perm davrlari burmalanishlari ifodalangan. Bu geologik kesim Qirog‘il soyidagi (Xumson qishlog‘ining sharqiy balandliklarida joylashgan) flyuorit kichik konidan olingan.
Gersin orogenik-tektonik burmalanish epoxasi Yerning rivojlanish tarixidagi eng muhim va olamshumul voqeadir, chunki bu epoxada yer yuzida yirik va har xil o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Katta-katta maydonlarni o‘z ichiga olgan burmalanish viloyatlari-gersinidlar yuzaga keldi. Gersinidlarni yer yuzining deyarli barcha mintaqalarida uchratishimiz mumkin.
Hozirgi vaqtda gersinidlarning yer yuzasiga chiqib turgan joylari Angliyada, Irlandiyada, Fransiyadagi Armorikan va Markaziy Fransiya massivlarida, Pireney yarim orolida (Pireney va Andaluziya tog‘lari kirmaydi) Korsika, Sardiniya, Vogeziyada, Shvarsvalda, Ardenn, Reyn slanula tog‘larida, Gars va Bogeysk (Chexiya) massivida, Sudet tog‘larida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
O‘rta Osiyodagi jumladan O‘zbekiston Respublikasidagi tog‘ tizmalarining zaminlari asosan Kaledonid va gersinidlardan tashkil topgan. Foydali qazilma boyliklarning ham asosiy zahiralari shu gersindlar viloyatlarida mujassamlangan.
Bulardan tashqari gersindlarning zamini hozirgi vaqtda mezozoy va kaynazoy yoqiziqlarining ostida joylashgan. Hozircha ularning ko‘pchiligi xali yer yuzasiga chiqqanicha yo‘q.. Bunday viloyatlar qatoriga Angliya-Parij, Dunay daryosining quyi xududlari, Skif-Turon plitalari, cho‘lli Krim, Donesk xavzasi, Kavkaz oldi tog‘ tizmalari, Magishlok, Ustyurt va Qizil-Qumning ayrim xududlari, Angren xavzasi, Farg‘ona vodiysi, Nurota tizmasining Oqtou va Qoratou etaklari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘larining Janubiy va sharqiy xududlari, Xisor tizmasining shimoliy va janubiy mintaqalari, Pskom, Chimyon tog‘ oldi etaklari va boshqalar kiradi.
Angarida yoki Lavraziya superplatformasining zamini ham gersinidlardan tashkil topgan.
Gondvana.
Karbon davrining oxirlari Gondvana supermaterigining deyarlik keng maydonlarini egallagan holda muzlik davrini boshlab berdi.
Masalan, muzliklardan qolib ketgan tillit jinslari Afrikada, Madagaskar orolida, Hindiston Yarim orolida, Avstraliyada, Janubiy Amerikada va Antarktidada topildi. Tillitlar Gondvananing Kontinental yotqiziqlari bilan aralashgan holda uchraydi.
Janubiy va Markaziy Afrika xududlarida va Madagaskarda tillitlarning qalinligi 400 m gacha boradi, tillitlar tarkibida yaxshi saralanmagan shag‘al toshlar, kattaligi-diametri 2 m keladigan xarsang toshlar, uchraydi, bu keyingi aytilgan jinslar tokembriy davri jinslari bo‘lib chiqdi. O‘sha shag‘al va dag‘al jinslar qum va gillar bilan sementlangan bo‘lib, gillar orasida baliq skeletlari, mollyuskalar va krinoideyalar uchrab turadi, demak dengiz suv xavzalari qisqa muddatda bo‘lsa ham vaqti-vaqti bilan quruqlik tomon kirib turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |