Gondvana
Gondvana supermaterigining deyarli ko‘p qismi devon davriga ko‘tarilgan yoki balandlashgan holatda bo‘lganligi uchun kuchli denudatsiya jarayoniga yo‘liqqan. Terrigen mahsulotlar – quruqlikning yemirilishidan paydo bo‘lgan xosillar – sayoz dengiz xavzalarida yog‘ila boshlagan, Janubiy Amerika bundan mustasno.
Silur davridagi Afrikaning shimoliy mintaqalarida mavjud bo‘lgan dengiz xavzalari devon davri davomida ham saqlanib turgan. Dengizlar Saxaraning markaziy va g‘arb qismlarida bo‘lgan, shimol tarafdan esa O‘rtaer dengizi geosinklinal suv xavzalari bilan tutashib turgan, janub tarafda hozirgi Gvineya qo‘ltig‘i bilan tutashib turgan.
Gvineya qo‘ltig‘i hududlarida hosil bo‘lgan devon tog‘ jinslari burg‘alash quduqlari namunalari orqali aniqlandi.
Shimoliy Afrika dengizining cho‘kindilari qumlardan va gilmoyalardan iborat bo‘lgan, hozirgi vaqtda bu jinslar qumtosh va gilli slaneslarga aylanib kolgan, faqat shimoliy tarafdagina o‘rta devon davrida oxaktoshlar, xatto rif yotqiziqlari paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, Saxara hududlarida yuzaga kelgan devon yotqiziqlarining qalinligi 500-1000 m., ayrim chuqurroq joylarda, ularning qalinligi 2000 m. gacha borib yetadi.
Devon davrining boshlarida dengiz suv xavzalari Afrikaning eng janubiy mintaqalarida ham mavjud bo‘lgan. Chunki bu mintaqalarda qumtosh va gilli slaneslar topilgan, qalinligi 300 m. gacha. Gondvananing janubiy Amerika qismida geologik rivojlanish tarixida birinchi marotaba keng maydonlarni egallagan holatda devon davrining boshlarida transgressiya hodisasi bo‘lib o‘tgan. Bu vaqtda Gviana pas tog‘liklari, Janubiy Patagoniya, Braziliyaning shariqy va markaziy qismidan tashqari janubiy Amerikaning asosiy mintaqalari dengiz suv ostida g‘arq bo‘lib turgan.
Lekin o‘rta devon davridayoq dengiz suv xavzalari chekina boshlagan, devon davrining oxiriga kelganda dengiz suv ostidagi hududlar dengiz suv xavzalaridan xalos bo‘ldilar.
Dengiz suv xavzalari o‘rnida qum qatlamlari, nisbatan kamroq gilmoya qatlamlari paydo bo‘lganligi ma’lum. Bu qatlamlarning ustki qismida esa, ya’ni devon davrining oxirlarida bo‘lsa kerak, yaxshi saralanmagan chaqiq jinslar, shag‘al toshlar hamda muzliklarning tirnab qoldirgan izlari bor xarsang toshlar yotqizilgan.
Bu jinslar devon davrining oxirlarida iqlim sovib muzliklarning geologik faoliyati natijasi degan xulosa bermaydi, balki haqiqatga to‘g‘rirog‘i bu yotqiziqlar mahsulotlari dengiz suv xavzalariga suzib yuruvchi muzliklar – aysberglar bilan birgalikda keltirlgan degan fikr haqiqatga to‘g‘ri keladi.
Devon davri dengiz suv xavzalari Avstraliyaning g‘arbiy taraflariga ham bostirib kirgan bo‘lsa ajab emas, chunki bu joylarda terrigen (quruqlik) yotqiziqlari ichida karbonat jinslari va rif qurilmalari paydo bo‘lgan.
Xuddi shu davrlarda Avstraliiyaning markaziy qismi bukilishda davom etaveradi, dengiz suvlari bostirib kirishni ham davom ettiraveradi, dengiz ostida kvars minerallaridan iborat qumlar va dalashpat (tog‘ shpati) laridan tashkil topgan arko qumlari to‘planavergan.
Devon davrining paleogeografik xaritasi, iqlim mintaqalari va h.k. 32-rasmda ko‘rsatilgan.
6 1-Rasm. Devon geologik davrining paleogeografik xaritasi. N.M.Straxov bo‘yicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |