Chirchiq davlat pedagogika instituti


Geosinklinal mintaqalar va geosinklinallar



Download 29,42 Mb.
bet114/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Geosinklinal mintaqalar va geosinklinallar.

Kaledon tog‘ burmalanish epoxasining natijasida Grampiana geosinklinali o‘z umrini tugatdi, Raledonitlar boshqa geosinklinallarning maydonini ham qisqartirib yubordi, geosinklinal mintaqalar bir-birlaridan ajralib ketdilar, vulqon jarayonlari faollashib, cho‘kindi jins qatlamlari bilan bir qatorda vulqon otqindi jinslar aralashgan qalin qatlamlar yuzaga keldi.

Masalan, o‘rol tizmasi geosinklinali Yangi Yer orolidan boshlab to mugodjar va Tyanshan tizmasi bo‘ylab ajraldi. Ikkinchi geosinklinal mintaqa bu markaziy Osiyo bilan, Sibir, Mangoliyaning shimoliy qismi hamda Xitoy platformasi birlashgan hududlardan iborat bo‘lgan. O‘rol geosinklinalining o‘rni devon davri yotqiziqlari yuzaga chiqib turgan joylarda ko‘zga tashlanadi. Xuddi shunday joylar O‘rol tog‘ tizmasining g‘arb va sharq etaklarida Pay-Xoy shimoldan, janubdan esa Mugodjar balandliklari hisoblanadi. O‘rol tog‘ining g‘arbiy etaklarida devon davri yotqiziqlarining ketma-ketligi quyidagicha; quyidan yuqori tomon zichlangan oxaktoshlar qatlami, orasida rif yotqiziqlari ham uchraydi. Yuqori devon davrida uzunligi bir qancha yuz kilometrlarga cho‘zilgan rif yotqiziqlari devonlari hosil bo‘ladi.

Bu jins yotqiziqlari O‘rol geosinklinali dengizlarining iqlimi tropik sharoitida bo‘lganligidan darak beradi. Keyingi yillarda dengiz qirg‘oq oldi yotqiziqlari va lagunalar sharoitida hosil bo‘lgan cho‘kindi jins qatlamlari aniqlandi.

Bu jinslar asosan qumtosh, gilmoyalar, rif oxaktoshlaridan tashkil topgan.

O‘rol tizmasining sharq qismi etaklarida eviosinklinal sharoitlarida asosan vulqon jnslari yotqiziqlari, cho‘kindi jinslardan esa gilli slaneslar, yashma aralashgan kremniyli slaneslar va oxaktoshlar qatlamlari to‘plangan.

Bu qatlamlarning umumiy qalinligi 7000-8000 m. atrofida. Qatlamlarning deyarli hammasi murakkab burmalanishlani tashkil etadi, burmalanishlar orasida chuqurlashib ketgan darzliklar hosil bo‘lib, darzliklar bo‘ylab har xil kimyoviy tarkiblarga ega bo‘lgan magmatik intruziv tanalar joylashib olgan, intruziv magmatik tanalarning atrofidagi jinslar kuchli metamarfizi jarayoniga duch kelgan – tosh metin jinslariga aylangan. Devon geologik davrining boshlarida Sibir platformasi hududida quruqlik sharoiti hukm surganligi ma’lum. Transgressiya hodisasi o‘rta devon davrida bo‘lib o‘tgan; toshtuz, gips, angidrit va sayoz suv xavzalariga xos bo‘lgan qizil tusdagi cho‘kindi yotqiziqlar iqlimning quruq va issiq bo‘lganligini bildiradi.

Devon davrida Sibir platformasida ham O‘rol tog‘ tizmasidagiga o‘xshash darzliklar hosil bo‘lgan, darzliklar bo‘ylab esa vulqon otqindilari – lavalar ko‘tarilib chiqa boshlagan, intruziv magmatik tanalar ham shu darzliklar orasida joylashib olgan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra Sibir o‘lkasidagi kimberlit mo‘rilarining yoshi devon davriga to‘g‘ri kelar ekan.




Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish