Devon davriga umumiy tavsif
Devon geologik davrining paleazoy erasida o‘ziga xos o‘rni bor. Devon davrining birinchi yarmida Kaledon orogenik-tektonik epoxasi “o‘z majburiyatini bajarib” bo‘ldi. Devon davrining oxiridan boshlab endi butunlay yangi gersin orogenik-tektonik epoxasi boshlandi.
Quyi devon davrida o‘rta paleazoy regressiyasi keng tus ola boshlaydi, bu regressiya jarayoni aslida Silur davrining oxirlarida namoyon bo‘lgan edi.
Geosinklinal viloyatlarda dengiz xavzalari hukm surgan o‘rta devon davrida esa dunyoning aksariyat ko‘p hududlarida ko‘tarilma harakatlar paydo bo‘lib, pasaygan joylarda o‘rta paleazoy transgressiyasi yuz berdi. Dengizlar platforma viloyatlarini yana suv xavzalari ostiga g‘arq qildi.
Shunday qilib, dengiz xavzalari chekingan, suv bosgan mintaqalarda katta-katta laguna landshaftlari yuzaga keldi. Qaerlarda iqlim sharoiti juda issiq bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, shu joylarda tuz koni maydonlari hosil bo‘ldi.
Devon davrining keyingi xususiyatlaridan yana biri tog‘lar aro bukilmalar, botiqliklar paydo bo‘lib, bunday sharoitlarda kontinental chaqiq jinslar yuzaga keldi, bularning atroflarida qizil tusdagi gipe aralashgan yumshoq cho‘kindi jinslar qoplamlari hosil bo‘ldi. Shu joylarda vulqon jarayonlari ham faollashdi, bular hisobidan jinslarning qalinligi yanada qalinlashib, jami bir qancha ming metrlardan oshib ketdi. Tog‘lar aro hosil bo‘lgan jins yotqiziq va ular utsiga joylashgan vulqon otqindilari releflarni o‘zgartirdi, burmalanish strukturalari shakllandi, balandliklar va burchak ostida yaslangan qurilmalar paydo bo‘ldi.
Bukilma va botiqliklarning paydo bo‘lishiga asosiy sabab, tog‘ tizimlari aro vujudga kelgan chuqur darzliklardir, shu darzliklar orasidan magmatik intruziv tanalar yorib chiqa boshlaydi, natijada botiqliklar yanada faollasha borib, ham chuqurliklarda, ham yuzada katta-katta paxsasimon (bloklarga ajralgan) ajralish harakatlari vujudga keldi.
Yuqorida batafsil holatda tushuntirilgan barcha harakatlar natijasida haqiqiy orogenik (tog‘ tizmalarining yuzaga kelishi) – geosinklinal jarayonlar namoyon bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida geosinklinal rivojlanish bosqichining oxirgisi va shuning bilan bir qatorda Kaledon burmalanishlarining yakuniy damlari hisoblanadi.
Devon davrida O‘rol-Mongol, O‘rtaer va Tinch okeani geosinklinal mintaqalari, innutsk va Appalag geosinklinal viloyatlari hamda shimoliy-Atlantika (Lavrensiya), Sibir va Katta Xitoy platformalari, Gondvana supermaterik platformasi mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |