Silur davrining qazilma boyliklari
AQSh hududidagi neft zaxiralarining ba’zi birlari silur davrida hosil bo‘lgan.
AQSh da topilgan Klinton oolitli temir konlari va Afrikadagi bir qancha katta bo‘lmagan temir konlari ham Silur davrida yuzaga kelgan.
Kaledon orogenik-tektonik jarayonlari vaqtida yuzaga kelgan nordon magmatik intruziyalar bilan genetik ravishda oltin konlari shimoliy Qozog‘istonda, Kuznetsk Olatog‘da, tog‘li shoiya o‘lkasida topilgan. Ultra asosli tarkibga ega bo‘lgan magmatik jinslar bilan uzviy bog‘liq xromit koni (O‘rol tog‘ida), asbes koni nyufaundlend orolida, Kanadadagi Kvebek asbes konlarining yoshi Silur davriga to‘g‘ri keladi.
AQSh dagi Michigan xavzasi tuz konlari ham Silur davrida yuzaga kelgan degan xulosa tasdiqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |