Chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 29,42 Mb.
bet108/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

Kaledon burmalanishi

Kaledon epoxasi burmalanishlari grampiana geosinklinalini chegaralab yopib qo‘ydi. Kaledonidlar shimoliy Amerika va Sharqiy Ovrupo platformalarini birlashtirdi, natijada juda katta maydonlarni egallagan Shimoliy Atlantika platformasini yuzaga keltirdi, bu katta platforma Lavrensiya deb ataladi.

Kaledon burmalanishi davomida markaziy Osiyo qismidagi O‘rol-mongol geosinklinal mintaqasini vujudga keltirdi.

Bu geosinklinallar qatoriga Oltoy-Sayan burmalanish viloyati, Shimoliy Mongoliya va Boyqal orti (Zabaykal) ning janubiy-g‘arb taraflari kiradi.

Oltoy-Sayan burmalanish viloyati tog‘li Oltoydan boshlanib, to sharqiy Sayangacha cho‘zilib borgan bo‘lib, Tog‘li Oltoyni, Kuznets-Olatog‘, tog‘li Shoriya g‘arbiy Sayanni, Tuva hamda Mirusinsk botiqligini qamrab oladi.

Kaledonlarning keyingi mintaqasi Qozog‘iston hududida va O‘rta Osiyoda joylashgan.

Tektonik xaritasida bu kaledonidlar yarim dumaloq do‘g‘a-yoysimon o‘rama shaklda ko‘rinadi.

Shimoliy Tyanshan, oratog‘ tizmasi, Chu-iliy tog‘lari, Qozog‘istonning g‘arb tarafidagi pastliklar o‘lkasi, Tarbag‘atoy va Chingiztog‘ tizmalari ham kaledonidlar mintaqalariga kiradi.

O‘rol-Tyanshan mintaqasiga Yangi Yer, Pay-Xoy, Qutb, O‘rol tog‘ining Shimol, O‘rta va Janubiy tarmoqlari, Mugodjaralar, Qizil-Qum, Janubiy Tyanshan hamda G‘arbiy Sibir pasttekisligining g‘arb o‘lkalari, Taymir yarim oroli, shimoliy Yer va boshqalar kiradi.

Kaledon burmalanish izlari g‘arbiy Tinch okeani geosinklinal viloyatlaridan ham topilgan: Xitoyning janubiy-sharqi (Kataziya), Gondvananing Avstraliya qismi shular jumlasidandir.

Kaledon burmalanish epoxasida magmatizm jarayonlari avj olgan bo‘lib, Effuziv va intduziv magmatik tanalar keng maydonlarni egallagan va ular bilan genetik bog‘liq bo‘lgan xilma xil foydali qazilma boyliklari hosil bo‘lgan.

Platformalar

Gondvana. Gondvananing janubiy Amerika qismida ordovik davrining oxirlari va silur davrining boshlarida poleogeografik sharoitda qayta tuzilish yuzaga kelgan, bunga sabab albatta Kaledon burmalanish jarayonlaridir.

Silur davrida bu mintaqada dengizlarning ishg‘ol qilib turgan maydoni ancha kengayadi. Meridional cho‘zilgan holatdagi botiqliklar yuzaga kelib, qalinligi 800-1200 m. keladigan yotqiziqlar hosil bo‘lgan, ular Karbonat jinslardan tashkil topgan va chaqiq jinslar aralashmalaridan iborat bo‘lgan.

Amazonka bukilmalarida dengiz ostida hosil bo‘lgan qumtosh-gilli cho‘kindilar yotqiziqlari yuzaga kelib, ularning qalinligi 100 m. gacha borib yetgan.

Gondvana materigining Afrika qismida qumtosh qatlamlaridan so‘ng silur davrida qoramtir rangdagi gilmoyalar hosil bo‘lgan, tarkibida grantolitlar faunasi tez-tez uchrab turadi.

Arabiston yarim orolida ham qumtosh-chilmoya qatlamlari yuzaga kelgan.

Silur davrining oxirlarida Afrika hududlarida regressiya jarayoni sodir bo‘ladi, bu jarayon Arabistonda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Gondvananing Avstraliya qismida Silur davrida quruqlik sharoiti hukm surgan.


Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish