Iqlim sharoiti va ordovik, silur davrining polebiografik geografiyasi.
Silur geologik davrining fizik-geografik sharoitlarini, shuning bilan bir qatorda paleoiqlim vaziyatlarini hayvonot va o‘simlik dunyosining geografik tarqalishi, uning fizik-geografik sharoiti hamda ular tufayli hosil bo‘lgan cho‘kindi junslar va foydali qazilma boyliklarini taxlil qilish orqali tiklash (hamma davrlar va mintaqalar uchun ham) juda oson. Yuqorida qayd etilgan boblarda va uning sarlavhalarida aytib o‘tilganidek, har bir cho‘kindi jinslar va ular orasidagi toshqotgan qazilma qoldiqlar iqlim sharoitlarini, fizik-geografik vaziyatlarini tiklash borasida to‘g‘ridan to‘g‘ri indikator sifatida ko‘rsatma bera oladi.
Masalan, dengiz suv xavzalari ostida cho‘kindi jinslar bilan birgalikda oolitli (qumaloq-qumaloq) teksturaga ega bo‘lgan temir va marganes ma’adanlari hosil bo‘lgan bo‘lsa, demak iqlim sharoiti nam (gumidiqlim) bo‘lgan ekan, chunki temir va marganes elementlari suvda eritma holatida dengiz suv xavzalariga quyiladi. Iqlim sharoitlari issiq va quruq bo‘lib o‘tkan bo‘lsa, o‘sha landshaftlarda dalomit, har xil tuz komplekslari, gips, angidrit, barit hamda qiziql tusdagi gips aralashgan tuproqsimon gilsimon cho‘kindilar hosil bo‘ladi.
Iqlim sharoiti sovuq bo‘lib o‘tkan bo‘lsa, agar, shu joyda muz qoldiqlari-morena va tillitlar hosil bo‘ladi.
Qadimiy dengizlarning hududi iliq bo‘lib o‘tkan bo‘lsa, marjon yotqiziqlari, marjin poliplarning qoldig‘i, chig‘anoqlari qalin va oxak moddasidan tuzilgan molyuskalar va ularning hayot faoliyati natijasida hosil bo‘lgan oxaktoshlar qatlami hosil bo‘ladi.
Ordovik va silur davrlarida iqlim sharoiti quruq va issiq, iliq va nam bo‘lganligidan darak beruvchi olimlar aniqlangan.
Silur davrining oxirlarida iqlim arid sharoitiga o‘tgan, shuning uchun ham shu joylarda qizil tusdagi cho‘kindilar va tuz konlari yuzaga kelgan. AQShning Michigan xavzasidan suyuqliklarni taxlil qilish natijalari shuni ko‘rsatdiki, Lagunalar sharoitida havo harorati 32-480 C atrofida bo‘lib o‘tgan ekan.
Shimoliy Amerikada, Kanada, Sharqiy Ovrupo va Sibir o‘lkasida esa iqlim juda issiq va quruq bo‘lib o‘tgan ekan.
Appalag mintaqasida va Nyufaundlend orolida hamda uning atroflarida iqlim va nam holatida bo‘lgan.
Afrikaning g‘arbida, And mintaqalarida va Boliviya hududlarida tallit qatlamalari topilganligi uchun iqlim sharoiti sovuq bo‘lgan degan taxminlar bor.
Paleobiogeografik sharoitlaridan so‘z ochadigan bo‘lsak, Silur davrining boshlarida 2 ta biogeografik viloyatlar bo‘lganligi ma’lum:
Birinchisi shimoliy materiklarda va Avstraliyada, ikkinchi Janubiy Amerika va Afrika materiklarida. Birinchi viloyatda issiq iqlim sharoitiga moslashib yashaydigan fauna olami keng tarqalgan va avlodlari xilma-xil bo‘lgan. Ikkinchi viloyatda esa hayvonot olami nisbatan juda kam, avlodlari ham ozchilikni tashkil qilgan, demak bu viloyatda iqlim sharoiti sovuqroq bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |