Geosinklinal
Geosinklinal (geo... va sinklinal),
geosinklinal mintaqa — Yer poʻstining
uzun (oʻn, yuzlab km), nisbatan tor va
chuqur choʻkmasi. Dengiz havzalari
tubida vujudga keladi va odatda, yer
yoriqpari bilan chegaralangan, choʻkindi
va vulkan jinslarining qalin qatlami bilan
toʻlgan boʻladi. Uzoq davom etgan
shiddatli tektonik deformatsiyalar
natijasida G. murakkab burmali struktura
— togʻ tizimlariga aylanadi. Odatda,
okeandan qitaga oʻtish zonasida yoki
qitʼalar oraligʻida joylashadi. G. okean
tubi Yer poʻstining qitʼa Yer poʻstiga
aylanishi deb tushuniladi. Hoz. zamon G.
analogiga chekka va ichki dengizlarning
(chuqur suv osti novlari bilan birga)
orollar yoyi misol boʻla oladi. Shu
maʼnoda G. — geosinklinal mintaqa
sinonimi.
10-asrda Abu Rayhon Beruniy oʻz davri
fan yutuqlarini umumlashtirib togʻlarning
paydo boʻlishi va yoʻq boʻlib ketishi tabiiy
omillar asosida yuz berishini talqin
etuvchi nazariyani olga surgan edi. G.
tushunchasini fanga kiritishni 1873 y.da
amerikalik olim J. Dana taklif etgan.
Uning fikricha, burmalanish jarayoni va
choʻkindi jinslarning koʻplab toʻplanishi
bilan togʻ hosil boʻlish jarayoni oʻrtasida
genetik birlik bor. 20-asr boshlarida bu
taʼlimotni yevropalik olimlardan E. Og
(fransuz), G. Shtille va E. Kraus (nemis),
E. Argon va P. Arbenslar (shveysariyalik)
yanada rivojlantirib, uning davriy
qonuniyati, joylanishi va tuzilishi ustida
ilmiy ishlar olib bordilar. G. xiyla
murakkab, uning turli xillari maʼlum. Yer
poʻstining eng yirik G. strukturalari
birlashib G. mintaqasini tashkil etadi (H.
M. Abdullayev, Yu. M. Sheynman, V. Ye.
Xain). Yevrosiyo materigida toʻrtga: Oʻrta
dengiz, Ural-Mongoliya, Tinch okean va
Atlantika G. mintaqalari bor. Bularga
tuzilishi bir xil boʻlgan turli yoshdagi
burmalangan togʻliklar mansub, ular qad.
platformalar bilan chegaralangan. G.
mintaqalar oʻz navbatida G. obla-stlarga
boʻlinadi. G. oblastlar umumiy
yoʻnalishdagi har xil tarkibga, tuzilishga
ega boʻlgan bir qancha G.lardan va
oʻrtalik massivlardan tashkil topgan.
G.larning uz. 2000 km gacha, eni 50 dan
150 km ga yetadi. G. burmalanish fazasi
bilan farqlanadi, mas, gersin burmalanish
fazasi, kaledon burmalanish fazasi. G.
dastlab tez choʻkadi va oxirgi davrida,
aksincha, koʻtariladi, burmalanadi va,
nihoyat, togʻliklar hosil qiladi. Uning
vujudga kelishi va rivojlanishi chuqur
darzlar paydo boʻlishi bilan bogʻliq. G.
oblasti r-nlarida kuchli burmalanish,
shiddatli vulkan, intruziv paydo boʻlish
jarayonlari va kuchli zilzilalar boʻladi.
G.lar choʻkindi jinslarning qalinligiga
qarab sinklinoriy va antikli-noriy
strukturalari ga, tuzilishiga qarab
evgeosinklinal va miogeosinklinalga
boʻlinadi. G.ning rivojlanishi davriy
qonuniyat asosida boradi va bir tektonik
sikl davomida boʻladigan va bir-biriga
qarama-qarshi ikki boshlangʻich hamda
yetuk bosqichlarni oʻz ichiga oladi.
Birinchi bosqichda G. tez choʻkadi,
natijada V shakldagi darzlar bilan
chegaralangan chuqur dengiz havzalari
vujudga kelib, choʻkindi jinslar koʻp
toʻplanadi. Bunda asosli va oʻta asosli
magmatik jarayonlar boʻladi. Ikkinchi
bosqich koʻtarilish davrida G. sistemaga
aylanadi, togʻliklar qad koʻtaradi.
Choʻkindi jinslar burmalanadi, deyarli oʻrta
tarkibli lavalar oqib chiqadi, intruzivlar
hosil boʻladi, metamorfizm (togʻ
jinslarining oʻzgarishi) kuchayadi. Zilzila
oʻchoqlari doim harakatda boʻladi. G.
choʻkish va koʻtarilish davrida atrofdagi
strukturalar ham ancha oʻzgaradi.
Choʻkish davrida G. atrofida havzalar
vujudga keladi, koʻtarilish davrida esa togʻ
oldi chuqurliklari hosil boʻlib, ularda
choʻkindi, molass formatsiyalari
toʻplanadi. G.ning davriy rivojlanish
qonuniyatiga asoslanib, paleozoy erasida
kaledon, gersin, mezokaynozoy erasida
alp G. burmalanish sikllari boʻlganligi
aniqlangan. Qozogʻiston hududidagi
Talas, Qirgʻiziston tizma togʻlari kaledon
burmalanish fazasida, Oʻzbekistan va
Qirgʻiziston hududidagi Olay, Zarafshon,
Turkiston, Chatqol, Ugom, Piskom togʻlari
gersin burmalanish fazasida paydo
boʻlgan G.lar hisoblanadi. G.da temir, mis,
qoʻrgʻoshin, qalay, volfram konlari boʻladi.
G. maʼlum hududning geologik rivojlanish
tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga
ega.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Last edited 2 years ago by EdgarsBot
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Geosinklinal&oldid=1999590
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |