Platformalar. Angarida (Lavraziya)
Angarida platformasining perm geologik davriga tegishli tog‘ jinslari yoqiziqlari O‘rol tog‘ining g‘arbiy yon bag‘ri etaklarida va o‘rol oldi viloyatlarida aniqlangan.
Bu yotqiziqlar quyidagi jinslardan tashkil topgan: oxaktoshlar qatlami, mergellar va tarkibida foraminiferalarga juda boy bo‘lgan dolomitlardir.
O‘rol oldi viloyatlarida rif yotqiziqlaridan tashkil topgan dovonsimon tuzilishiga ega bo‘lgan massivlar hosil bo‘lgan.
Bunday massivlarni gidroidli poliplar, mshankalar, marjon poliplari va dengiz nilufarlari vujudga keltirganlar. Rif massivlari atrofida ularning yemirilishidan hosil bo‘lgan har xil katta-kichik bo‘laklari sochilib yotibdi. Demak, qandaydir bir qisqa vaqtda bo‘lsa ham bu viloyatlarda fizik-geografik sharoit o‘zgarib rif massiflari nurash jarayoniga yo‘liqqan bo‘lsa kerak. Rif massivlarining balandligi bir qancha metrdan boshlab to bir qancha yuz metrgacha ko‘tarilib turgan. Rif massivlarining ayrimlari balandligi 600-800 m. va xatto 1000 m gacha borib yetgan.Kongdalang kesimlarning qalinligi 2-3 km keladi. Rif massivlarida kovaklarida neft paydo bulgan. Bu zahiralarning ustki kismlarni korbanantli va chilli jinslar koplamalari yepib koygan. Ana shu tarika neft konlari saklanib kolgan. Peri geologik davrining boshlarida Ural tog tizmasining garbiy taraflarida Gerun tog burmalanish harakatlari uz tasir kuchini kursatib shu hududlarda yangi yesh toglik ulkalari vujudga kelgan. Tatariston hududida ham perim geologik davriga talukli bulgan jins yetkiziklari aniklangan. Bu yotqiziqlar qizil tusdagi va ola-bula rangdagi qumtoshlardan, alevrolit va gilmoyalardan iborat. Jinslar tarkibida fauna va floralar qoldiqlari kamdan-kam uchraydi; demak bu jinslar qatlamlari kontinental dengiz sharoitida hosil bo‘lganligidan darak berib turibdi. Tatariston xududining g‘arb tarafida yuqori perm yotqiziqlari ta’rifi nisbatan murakkabroq tuzilgan. Hozirgina yuqorida qayd etilgan jinslarning ustida ya’ni Ufa yarusining yuqorida qozon yarusi deb nomlangan karbonat-gilli qatlamlar joylashgan, faunasining xillari kam bo‘lsa ham asosan bir hil zotli faunalarning qoldiqlari juda ko‘p. Yotqiziqlarni vujudga keltirgan paleodengizning sho‘rligi normal holatda emas ekan. Faunalari asosan braxiapoda (chig‘anoqli) jonzotlardan iborat bo‘lgan, dengiz ostida va uning laguna xavzalarida tuz konlari hosil bo‘lgan. Sol-ilesk koni shular jumlasidandir.
Akademik D.V. Nalivkinning fikriga ko‘ra, yuqorida aytib o‘tilgan yotqiziqlar o‘rnida dengiz xavzasi bo‘lgan ekan; bu dengizni Qozon dengizi deb atab uning maydonini hozirgi Kaspiy dengizi maydoni bilan tenglashtiradi. Lekin bu qozon dengizi uzoq vaqt davomida saqlanib qolmay chekinadi, uning o‘rnida Sharqiy Ovrupo xududlarida xuddi Qizilqum yoki Saxara gullariga o‘xshash qum saxrosi yuzaga kelgan.
Gondvana.
Perm geologik davrida Gondvana materigining umumiy maydoni kengaydi, chunki Janubiy Afrikadagi va Sharqiy Avstraliyadagi gersinidlar qo‘shilib ketdi.
Hozirgi Janubiy Amerika qit’asi, Afrika va Arabiston Yarim oroli, Hindiston Yarim oroli va Avstraliya qit’asi yuzalarida quruqlik sharoitlari hukmron qilgan.
Toshko‘mir geologik davridagi muz qoplamlari erib ketgandan so‘ng dengiz tutashgan mintaqalarda bo‘g‘ozlar, qo‘ltiqlar, dengizdan uzoqdagi viloyatlarda laguna va ko‘l-botqoqliklar yuzaga kela boshladi. Aynan shu mintaqalarda perm davri paleogeografik xaritasida ko‘rsatilganidek o‘simlik olami rivoj topib, ko‘mir kon xavzalarining hosil bo‘lishiga sharoit tug‘ildi ko‘mir konlari paydo bo‘ldi ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |