O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi” fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Berilliy .
Guruh: 1D-19Met
Bajardi: Raxmatillayev R.
Qabul qildi: Karshiboyev Sh
Olmaliq 2021
Reja:
1.Berilliyning kimyoviy xossasi.
2. Berilliy oksidini olish usullari.
3. BeCI2 elektrolizi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Berilliyning kimyoviy xossasi va ishlatilishi
Berilliy (Beryllium) Be, A = 9,0122. Berilliy nodir elementlardan bo'lib, u yer qobig'ining 4 — 10 4 foizini tashkil etadi. 1798- yilda berilliyning oksidi topilgan va tekshirilgan. 0 ‘zi esa sof holda 1828- yilda olingan. Tabiatda uning bitta barqaror
izotopi m a’lum; sun’iy yo‘l bilan esa Be7, Be8, Be10 izotoplari olingan. Berilliy erkin holda uchramaydi, balki minerallar tarkibiga kiradi. Bu minerallardan ko'proq uchraydigani berilliy alyumosilikat (Be3Al2 (Si03)6) dir. U berill deb ataladi. Qo‘shimchalariga qarab, berillning rangi xira oq, havo rang, yashil, tillarang yoki
pushti bo‘ladi. Ba’zan uning tiniq, go‘zal kristallari uchraydi va ular javohirlar qatoriga kiradi. Tarkibida Fe++ bo'lgan berill havorang bo‘lib, akvamarin deb ataladi. Xrom oksidi qo'shilgan berill yashil tusli bo'lib, zumrad deb ataladi. Agar berillda Fe+++ qo‘shimchasi bo‘lsa, u tillarang tusli bo‘ladi va geliodor deb ataladi. Vorobevit deb ataladigan berillda esa Cs", Rb", Mn" qo‘- shimchalari bo‘ladi; ularning ham tiniq kristallari qimmatbaho toshlardir. Berill m ineralidan dastaw al berilliy xlorid yoki berilliy oksiftorid olinadi so‘ngra ular elektroliz qilinib, berilliy metallic ajratib olinadi. Berilliy och kulrang tusli qattiq metall bo'lib, oynani chiza
oladi. Odatdagi haroratda m o‘rt bo'ladi, qizdirilganda esa yassilanuvchan holatga o ‘tadi. Berilliy yengil metalldir, uning solishtirma og‘irligi (s. o.) 1,9 ga teng; tc =1284°C,C tqay = 2970°C. Yaxlit berilliy suv va havo ta ’siriga chidamli, chunki uning sirtida zich oksid parda hosil bo'ladi va bu parda uni oksidlanishdan saqlab turadi. Ammo qizdirilganda, ayniqsa, kukun holida kislorod, xlor, azot va ko‘pgina metallmaslar bilan oson birikadi. Berilliy kislotalarda oson erib, vodorodni siqib chiqaradi, natijada berilliy (Be") tuzlari hosil bo'ladi. Berilliy ishqorlarda ham erib, berillatlar hosil qiladi. Demak, berilliyda amfoterlik xossalar bor. Berilliy
sanoatda atom va raketa texnikasida hamda har xil qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi. Berilliy atom massasining kichikligi, undan yadro reaktorlaridagi neytronlar tezligini kamaytiruvchi materiallar tayyorlashda juda katta samara berishi aniqlangan. Bu materiallar neytronlarning tezligini kamaytirishda vodorod, deyteriy, grafit va kislorodlardan ham yuqori turishi mumkin ekan. Bundan tashqari, berilliy neytronlami qaytaruvchi hamdir, shuning uchun undan yadro reaktorlarining yoqilg‘i zonalarida hosil bo'ladigan nurlanishning oldini oluvchi ekranlar uchun
materiallar hamda konstruksion materiallari sifatida foydalanish mumkin.
Berilliyning neytronlami kamaytiruvchi va qaytaruvchi hamda konstruksion materiallar sifatida ishlatilishi neytronlar bilan nurlanishdan saqlaydi va radioaktivlikning yo'qolishiga olib keladi. Berilliy yengil metall bo’lgani uchun undan ayrim transportlarning yadro reaktorlarini tayyorlash katta qulayliklarga olib keladi, masalan, kemalar, samolyotlar va suv osti kemalari uchun.
Berilliy yadro yoqilg’isida issiqlik chiqaruvchi sifatida qollash, uning haroratini 500—600°C ga ko'tarishga imkon beradi. Berilliyni alfa zarrachalar bilan nurlanish xususiyatidan foydalanib, ularni radio-berilliyli va poloniy-berilliyli neytronlar manbayi sifatida qo’llash mumkin. Geyger hisoblagichlarining oynalari (tirqishlari)ni yasashda berilliy falgalar ishlatiladi. Metall berilliydan tashqari uning oksid va karbidlari ancha arzon material sifatida atom texnikasida ko‘p qo’llaniladi.
Berill 600—700°C haroratda ham yaxshi solishtirma modul egiluvchanlik xossaga ega bo’lganligi uchun, reaktiv samolyotlarning qo‘zg‘aluvchan qismlarini ulashda, raketalarni va o ‘zi boshqariluvchi snaryadlarning burun (old) qismlarini yasashda
ishlatiladi. Berilliyni yuqori issiqliklarga chidamli bo'lganligi sababli, undan qattiq reaktiv yoqilg'ilar tarkibiga qo'shib ishlatiladi. Masalan, bor va berilliy birikmalari ichida borgidrat berilliy Be(BH4)2 ning issiqlik o‘tkazuvchanligi eng yuqori bo‘lib, 16100 kkal/kg ni tashkil qiladi. Metall holidagi berilliy esa 15000 kkal/ kg issiqlik o'tkazishga ega. Uning asosiy qotishmasi mis bilan qo'shib yasalgan berill bronzasidir (0,5—5,0 Be%). Berilliy qotishmalari o‘zining qattiqligi va tashqi zarbaga chidamliligi bilan ajralib turadi hamda berilliy ko'pchilik metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Berilliyga mis qo'shilganda hosil bo‘lgan qotishmalar o'zining mexanik xususiyatlari bilan ajralib turadi: qattiqligi 400 kg/mm2, uzilish qarshiligi 120—130 kg/mm2, egilish bo‘yicha charchash qarshiligi 30—32 kg/mm2 ni tashkil qiladi. Berilliy bronzalarining yuqori mexanik xususiyatlari, keng
miqyosda mashinalarning asosiy qismlarini yasash va ishlatish imkonini beradi. Masalan: mashina prujinalari, klapanlari, podshipniklar, har xil uskunalaming qismlarini, soat mexanizmlarini, telefon va telegrafapparatlarining qismlarini tayyorlashda ishlatiladi. Berilliy bronzalari tashqi zarba berilganda, urilganda hosil bo'ladigan uchqunlarni hosil qilmaydi. Shuning uchun berilliy bronza qotishmalaridan yasalgan zubila, bolg‘alar va boshqa
asboblar asosan ayrim yengil metallar, yonuvchan materiallar bilan ishlashda, shaxta sharoitida va yong‘in chiquvchi sexlarda ishlatiladigan asboblarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |