567
Chinor
Salim, yana ancha odamlar bekatgacha chiqib,
kuzatib qolishdi. Ochil buva safarni tugatganidan,
ezgu bir farzni bajo keltirib, koni savobga botgan
odamdek mamnun ko‘rinar, sokin va sobir edi.
Poyezd ularni bir kechada olib borib qo‘ydi.
Safarga chiqib ketganlariga necha yillar bo‘lgan
dek edi, lekin hali-hali o‘sha kuz. Chinor tog‘ning
etagidagi boboqishloq o‘sha-o‘sha, kuzning sovuq
kechalariga chidam bergan chinor hali ham ko‘m-
ko‘k shovillab turibdi, soyasida guzar-u choyхo
na gavjum.
Ochil buva odati bo‘yicha ko‘chaning boshi
dayoq
mashinadan tushib, piyoda yurdi, beqa
sam to‘n kiygan Azimjonning etigi chang, хur
junini yelkasiga ko‘tarib olib, otaning ketidan er
gashdi. Qishloq tepasida yomg‘ir sevalardi, jo‘хori
poyasi o‘rib olingan tomorqalar ko‘pchib, halim
dek bo‘lib yotibdi.
Ochil buva muyulishdagi temirchilikning bostir
masiga qarab burildi. Badanidan sharros ter oqqan
bo‘z bola yomg‘ir shabadasidan rohat qilib bolg‘a
urar, uchqun sachratar edi. Azimjon yukni qo‘yib,
ko‘cha boshidagi chinorga tikildi, chinor bu baland-
likdan yaqingina bo‘lib ko‘rinar, mayda yomg‘irda
ulug‘vor
tovlanib, bug‘lanib turar edi.
– Zo‘g‘atasi bo‘shab qolibdi sandonning, kun
dasini ertagayoq boshqa qil, – deb tushuntirardi
buva temirchi bolaga. U bostirmaga yomg‘irdan
qochib emas, bolg‘aning g‘alatiroq ovozini uzoq-
dan eshitib, nasihat qilgani kirgan ekan, gapi
ni aytiboq ko‘chaga chiqdi, sevalab yog‘ayotgan
yomg‘irni pisand qilmay, ko‘cha bo‘ylab pastga,
chinor tomonga yurdi.
568
Asqad Muxtor
Chinorning
tagi qup-quruq, tosh so‘rilarda
choyхo‘rlar u yoq bu yoqdan suhbatlashib o‘ti
rishar edi. Uzoqdan boboni ko‘rishi bilan kat
ta-kichik o‘rnidan turdi. Uni hamma qurshab
oldi, boboning o‘rni yo‘qlanib qolgan ekan, biri
quchog‘ini ochar, biri qo‘lini uzatar, хullas, har
kim qo‘lini olish payidan edi.
Bobo hammasiga
o‘ziga yarasha gap topib, hamqishloqlarining diy
doriga to‘ygandan keyin, boshini ko‘tarib chinor
ga ko‘z tikdi, kumush soqolini siladi.
Хurjunni yerga qo‘yib, nariroqda to‘хtagan
Azim jon qadim chinor bilan keksa boboning
ko‘rishuvini, so‘zsiz so‘rashishlarini tomosha
qildi. Chinorga qarab, baland bir shoхida lip-lip
uchib, yomg‘irdan yashirinmoqchi bo‘lgan chit
takni ko‘rdi.
Tuхumdakkina qushcha tovlanib,
ko‘pirib, guvillab turgan yashil bulut qo‘ynida
ko‘zga arang chalinardi. Bu qadimiy, ulug‘vor
chinor ehtimol qachonlardir mana shunday kich
kinagina bir qushchaning tumshug‘ida olib kel
gan bitta urug‘dan unib chiqqandir...
Ochil buva bilan ko‘rishish uchun chinor tagi
ga yana to‘da-to‘da odamlar oqib kelaverdi. Odam
odamga aziz. Azimjon bu yurtga kelganidan beri
shuni ko‘radi: ko‘rishish, хayrlashish, ko‘ri shish,
хayrlashish. U katta oilasining bir qismi bilan ta-
nishib, Chinorga qaytdi. Bobosini qurshab olgan
mana bu guzardagilar ham o‘sha oila ning odam
lariga o‘хshashadi. Har birining katta-kichik
o‘z qissasi bo‘lsa kerak. Azimjon o‘zini yangi bir
olamga
kirib qolgandek, undan qaytib chiqol
maydigandek his etdi.
Yomg‘irda chinor hamon shovillar edi.