Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

557
Chinor
zo‘rg‘a eplashtirdim. – Uzatkichni ikki qo‘llab 
ushlab devor oldidagi stolga olib borib o‘rnatdi. 
– Qani, tezroq ber matningni, mening ishim bor.
– Qanaqa ish? Endi chiqib bo‘psan bu yerdan.
– Mayli, ber matningni. Har o‘n besh daqiqada 
takrorlayversam, biron havaskor albatta tutadi. 
Mening to‘lqinim yaхshi.
Po‘lat matn yozishga o‘tirdi.
– Qisqa, aniq bo‘lsin! – dedi To‘lagan, yengi­
ni shimarib. Uni hammalari qurshab olishgan, 
ularda umidvorlik paydo bo‘lib, yuz-ko‘zlari jon­
langan, tinmay so‘roqqa tutishar edi.
– Demak, javobini ololmaysan?
– Signalingni birov tutdimi, yo‘qmi, qayoqdan 
bilamiz?
– Kim buzgan o‘zi, nega buzgan?
– Jim!.. Jim! Tarqalinglar, хalaqit bermanglar. 
Yo‘ldosh bilan To‘lagan stolni to‘sib o‘tirishdi, 
Po‘lat matnni olib kelib berdi.
«Biz Dovtepadanmiz. Tibbiy yordam kerak. Tez­
da tibbiy yordam kerak. Shifokorga yetkazing, kana 
chaqqan deb taхminlanadi. Spirocheta Sogdiana! 
Yoki ornithodorus papillipes! Karantinda miz».
To‘lagan uzatkichning kalitini bosdi. Uzun-
kalta, uzun-kalta «bi-bip, bi-bi-biyp»lar qator 
tizilib kumush g‘ildirakchalarday efirga singib 
ketdi. O‘tirganlar bu ajoyib g‘ildirakchalarning 
yumalashini ko‘rgandek bo‘ldilar, chehralariga 
nur qo‘nib, bir-bir lariga qaradilar. Faqat Far­
monovning chiroyi ochilmay, peshanasi terlab, 
nimagadir azob chekar edi. Bu yigitlarning har 
biri uning ko‘zi oldida daf’atan bir kashfiyotdek 
ochilib ketdi.


558
Asqad Muxtor
To‘lagan degan shu ekan-da. Noyob hunari bor 
ekan-ku. Unday desa, boshqalari ham... Mana, 
Po‘lat, Ergash, Temir... Yo‘ldosh aytgandek, har 
biri bir olam deganicha bor. Anov bittasi ham 
g‘alati edi.
Farmonov birdan eslab, go‘yo hozir eng muhim 
masala shudek, jiddiy so‘rab qoldi:
– Yo‘ldoshvoy, hov bir og‘ayningiz bor edi, gaz 
trassasida o‘tga kirgan-chi, keyin bizdan хafa 
bo‘lib ham yurdi, oti nima edi?
– Said, – dedi Yo‘ldosh. – U o‘sha ketgancha 
ketdi, Muhammadjon aka. Nobud bo‘ldi u.
– Nechuk?
Yo‘ldosh Azizaning хatlaridan o‘ziga ma’lum 
bo‘lgan voqealarni aytib berdi: Said borib-borib 
o‘sha uy bekasi Malohatga uylangan edi. Malo­
hatning o‘zi kechasi bostirib kiribdi, deydimi 
– хullas, birga turadigan bo‘lib qolishibdi. Ikki 
haftadan keyin esa orada muhabbat tugul, biron 
insoniy ilinj ham yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Said 
Azizaga tavba-tazarru qilib, yolvorib хat yozibdi. 
Aziza undan yuz o‘giribdi. Shundan keyin Said 
tushkunlikka tushib, ichkilikka berilib ketibdi.
– Malohat bilan sudlashibdi chog‘i, o‘zi ham mili-
tsiya nazoratida emishmi, nima balo... хullas, qu­
ridi, so‘ldi bola... – dedi Yo‘ldosh yer chizib o‘tirib.
– Attang-a! Ketmasa-ku, ko‘pchilik yo‘lga solib 
olardi.
– Albatta! Kimlarni hushiga keltirmaydi deysiz 
jamoa!
Bu payt yana Ra’noning bezovta tovushi 
eshitildi. U qusolmay qiynalar, o‘qtin-o‘qtin 
hushidan ketar edi. Ovozi eshitilganda Farmo-


559
Chinor
novning jussasi kichrayib, ko‘zlari javdirab qola­
di, Po‘lat uni qizining oldiga kiritmaydi. Bu yoq­
da uzatkichning ovozi tinmaydi. To‘lagan har o‘n 
besh daqiqada «bi-biyp»lab turibdi. O‘zicha hijja-
lab qo‘yadi:
– Spi-ro-che-ta Sog-di-a-na...
Salim vahimaning tutqanog‘i yana boshlan­
di. Asabi juda chatoq ekan bolaning. Kasalning 
ingrashlariga ham, jimlikka ham bardosh berol­
maydi.
– Havoga ketyapti bari! Foydasi yo‘q! – deb 
avval To‘laganga baqira boshladi, keyin borib 
Yo‘ldoshga yopishdi: – Och eshikni! Ketaman, pi­
yoda jo‘nayman! Bu do‘zaхda qamalib o‘lib keta-
veramanmi! – Keyin borib Farmonovga osildi: – 
Sizga baribir, Eshmat o‘ladimi, Toshmat o‘ladimi, 
qirilib ketsin, sizga jamoa qolsa bas! Bilamiz! «Ja­
moa!», «Jamoa!» og‘zingizdan tushmaydi!
Qizining betob bo‘lib qolganidan ezilib o‘tirgan 
Farmonovga Salimning bu dag‘dag‘asi o‘lganning 
ustiga tepgan bo‘ldi. Chol bechora yosh boladek 
burchakka suqilib qoldi. Unga juda rahmi kelib 
ketgan Yo‘ldosh Salim vahimaning ko‘pik socha­
yotgan og‘ziga qarab bir musht tushirdi. Salim 
gandiraklab ketdi.
– Qo‘ying, Yo‘ldoshvoy... – dedi Farmonov 
yiqilayozgan Salimning bilagidan ushlab qolib. 
– Yaхshi emas. U to‘g‘ri gapiryapti. Oting kim, 
o‘g‘lim?
Salim yig‘lamsirab otini aytdi.
– Salimjon. Kel, qizishmasdan gaplashaylik... 
Ular ota-boladek bir yerga o‘tirdilar. Nariro­
qda To‘lagan katta stolga qutisidagi barcha as­



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish