OT SIFAT SON OLMOSH
1. Qaysi gapda asoslari tub+yasama shaklda bo’lgan qo’shma ot qo’llangan ?
A) Somonsuvoq qilingan tekis tomning ustiga o’rikning bir shoxi egilib turibdi
B) Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko’nglidagi gina-adovatga barham berdi
C) Ko’rpa-to’shaklarni ot aravaga yukladim
D) To’rt tomoni teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak kvadrat deyiladi
2. Qaysi qo’shma ot tarkibida yuz bergan fonetik hodisa ko’makchi morfema(qo’shimcha) ta’sirida sodir bo’lmagan ?
A)achchiqtosh B)bilaguzuk C)boyo’g’li D) oshpichoq
3. Ma’lumki , ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli ot asoslari qo’shib yoziladi . Qaysi javobda ushbu qoidaga muvofiq yozilgan otlar berilgan ?
A) Beshariq , Qashqadaryo
B) qorbo’ron , ko’ksulton
C)Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq
D)Xalqobod, Yangiyer
4. Qaysi javobda otlarning imlosi bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan ?
A) Madaniyat va Sport Ishlari Vazirligi
B) Toshkent agrar universiteti
C) O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
D) Xotira va qadrlash kuni
5. Shaxs oti yasovchi –lik qo’shimchasi haqida aytilgan to’g’ri fikrlarni aniqlang.
1) –lik qo’shimchasi o’rin-joy bildiruvchi turdosh otlarga qo’shilib , shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi
2) –lik qo’shimchasi o’rin-joy bildiruvchi atoqli otlarga qo’shilib , shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi
3) –lik qo’shimchasi o’z shakldoshiga ega
4) –lik qo’shimchasi bilan yasalgan shaxs otlari kichik
harf bilan yoziladi
A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4
6. Quyidagilarning nechtasi narsa oti sanaladi ?
chuchvara , Arslon , arra , Rayhon , yulduz , lola , cho’mich , do’ppi , Zumrad, sharq A) 5 tasi B) 7 tasi C) 6 tasi D) 8 tasi
7. Cho’pon otaning katta hovlisi , otlar bog’langan bostirmasi , sigirlar boqiladigan molxonasi va qo’ylar turadigan ikkita katta qo’rasi bor edi . Yuqoridagi gapda nechta yasama o’rin-joy oti qo’llangan ?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta
8. Qaysi gapda shaxslarning qarindoshligiga ko’ra nomlab kelgan shaxs oti qo’llangan ?
A) Bolaning g’alati orzusi bor edi
B) Kampir uning boshini silab , peshonasini yuziga bosdi
C)
Juvon boshini quyi solib , uzoq yig’ladi
D) Shavkat eng oldin enasi bilan xayr-xo’shlashdi
9. Vujudimga hokimlik qilayotgan o’sha tuyg’ular o’rnini shafqat , odamiylik , hamdardlik egalladi .
Yuqoridagi gapda nechta yasama so’z qo’llangan ?
A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta
10. Murod asli yilqichining bolasi , dehqonchilikni xushlamaydi . Gapdagi yasama so’zlar qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) aniqlovchi , to’ldiruvchi B) to’ldiruvchi , kesim
C)aniqlovchi, to’ldiruvchi, kesim D) aniqlovchi , kesim
11.Asosda ifodalangan tushunchaning hamisha me’yoridan ortiqligini ifodalovchi sifat yasovchi qo’shimcha qaysi ? A) –li B) ser- C) bo- D) –dor
12. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasidagi yasama sifat yasama otga bog’langan ?
A) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g’oyalar bilan uyg’unlashib ketgan
B) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlari bilan hammani kuldirayotgan qiziqchilar ketmaydi
C) Osmon tip-tiniq , oyning kumushsimon tumanli nuriga cho’mgan ; uylduzlar siyrak edi
D) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko’kni savalay ketdi
13.Qaysi gapda hol vazifasidagi yasama sifat yasama fe’lga bog’langan?
A) Balandparvoz gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o’xshaydi
B) Markaziy Osiyoning erksevar xalqi dushmanga
qarshi mardonavor kurashdi
C) O’z onamni elas-elas xotirlayman
D) Onamning ismi Enaxon , nihoyatda ko’ngilchan , zahmatkash ayol
14. Behi atirguldoshlar oilasiga mansub , bo’yi o’n ikki metrga boradigan sershox daraxt . Barglari tukli , tuxumsimon yoki keng ellipssimon ; bandi kalta , shoxlarda ketma-ket joylashgan . Mevasi tukli , sariq yoki tillarang ; ko’rinishi yumaloq yoki biroz cho’zinchoq bo’lishi mumkin . Mevasi yetilib pishganda sershira bo’ladi . Yuqoridagi parchada nechta so’z yasovchi qo’shimcha qo’llangan ?
A) 6 ta B) 8 ta C) 10 ta D) 12 ta
15. Qaysi gapda ot asosli yasama sifat qo’llangan ?
A) Pastdagi bog’dan yumshoq xazon hidi ko’tarilib , uning xayollarini to’lin oy sehrlagan tog’ , vodiy , daralarga olib ketardi
B) Bu o’lkada iqlim o’rtacha , suv mo’l , yer unumdor ,
quyosh nuri yetarli
C) Ariqlarda suv emas , o’ynoqi nur oqadi
D) Rostgo’ylik adabning ustuni , insoniylikning asosidir
16. Qaysi gapda uyushiq aniqlovchi vazifasida qo’llangan qo’shma yasama sifatlar vositali to’ldiruvchiga tobelangan ?
A) Shirinsuxan , oqko’ngil odamlar mevali daraxtga o’xshaydi
B) Sofdil va jonkuyar odamlar bilan bu dunyo oboddir
C) Mehnatsevar , zahmatkash insonlar odamlarning ko’rkidir
D) Nodon va kaltafahmlar odamga yaxshi gap aytmas
17. Qaysi javobda belgini to’g’ridan-to’g’ri ifodalaydigan sifatlar berilgan ?
A) sekin , ko’p B) mazali , serg’ayrat
C) tonggi , g’ishtin D) bolali , devoriy
18. Bobur temuriy sulolasining so’nggi yirik vakili edi . U tadbirkor va jasur lashkarboshi , dono va adolatli hokim , fozil va o’qimishli inson ,
ajoyib lirik
shoir , ilmning turli sohalaridan yaxshigina xabardor bo’lgan yetuk olim edi .
Uning “Boburnoma” asari voqeot janrining beqiyos
namunasi bo’lib kelmoqda .
Mazkur parchada nechta yasama sifat qo’llangan ?
A) 9 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 6 ta
19. Birinchi bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan sifatning qaysi darajasi hosil qilinadi ?
A) qiyosiy daraja B) orttirma daraja
C) ozaytirma daraja D) oddiy daraja
20. Qaysi javobda yuklama vositasida sifatning orttirma darajasi hosil qilingan ?
A)juda qizil B)eng katta C)sal sovuq D)biram yoqimli
21.Shakldoshiga ega bo’lgan rang-tus sifatlarini aniqlang .
A) qizil , sariq B) ko’k , oq
C) qora , yashil D) binafsha , alvon
22. Qaysi qo’shimchalar vositasida sifat yasalganda , fonetik hodisa yuz berishi kuzatiladi ?
1) –a 2) –aki 3) –q 4) –iq 5) –k 6) –qi 7) –i 8) –bon
A) 1,3,6,7 B) 1,2,3,4,6,8 C) 2,3,4,5,6,8 D) 2,3,4,6,8
23. Qaysi javobda ot va sifat yasovchi shakldosh qo’shimchalar berilmagan ?
A) –qich , -g’ich , -gi , -ki B) –k , -q , -ik , -in
C) –gir , -kash , -oq , -qoq D) –zor , -loq , -soz , -im
24. Qaysi gapda otlashgan yasama sifat(lar) qo’llangan ?
A) Azizbekni qulatmoq uchun avom jonlandi
B) Eskini yamaguncha esing ketar
C) Bu kengliklarda odam o’zini ozod qushdek his qiladi
D) Sotqinga shafqat yo’q, qo’rqoqqa hurmat yo’q.
25. Sonning qaysi ma’no turlarini so’z yoki qo’shimcha vositasida yuzaga keladi?
1)dona son 2)jamlovchi son 3)chama son 4)tartib son
A) 1,2,3,4 B) 2,4 C) 1,3 D) 1,2,3
26. Sonning qaysi ma’no turini hosil qiluvchi shakllar o’z shakldoshiga ega ?
A)jamlovchi son B)chama son C)tartib son D)taqsim son
27. Qaysi gapda o’lchov so’z qo’llanmagan ?
A) “Har biringiz yuz ketmondan yer chopsangiz , katta yordam bo’lardi” ,—dedi Yoqub bobo
B) Bir etak bola tug’gandan keyin ularni
tarbiyalash ham kerak
C) Akbarali mingboshi ikki og’iz gapni eplab aytolmadi
D) Shiftga osilgan oltita chiroq xonani yop-yorug’ qilib turibdi
28. Qaysi javobda tartib sonlarning imlosi bilan bog’liq xatoga yo’l qo’yilgan ?
A) 9-sinf , 30-dekabr B) X-sessiya , IV-chorak
C) XI-XIV asr , II-III bob D) 123-xona , 72-xonadon
29.Qaysi javobda otlarning kichraytirish shaklini hosil qiluvchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar shakldoshligiga misollar berilgan?
A) bolaginam – Karimgina
B) Olimaxon - she’rxon
C) toychoq-o‘yinchoq
D) o‘yinchoq – ovunchoq
30.Qaysi gapda teng bog‘langan so‘zlar faqat sanash ohangi yordamida birikkan?
A) Insonning qalbi va aqlida xuddi nutqidagi
kabi u tug‘ilib o‘sgan yurtning muhri bo‘ladi.
B) Ahmoqlar hamda tentaklarga butun dunyo
o‘z tentakliklari nurida ko‘rinadi.
C) Dunyoni taqdir va nayrang boshqaradi.
D) Bugun ma’naviyat, mafkura davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi.
31. Mendan rozi bo‘linglar, men ham sizlardan roziman. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan? A) belgilash olmoshi C) so‘roq olmoshi B) kishilik olmoshi D) gumon olmoshi
32. Olmoshlar qaysi so‘z turkumlarining o‘rnida kela oladi? A) ot, fe’l B) sifat, ravish C) ot, sifat, son, ravish D) barcha mustaqil so‘z turkumlari o‘rnida
33.
Husnbonuning oy desa, yuzi, kun desa, ko‘zi bor ekan, bilimdonu aqlli ekan. Ushbu gapda qanday yordamchi so‘z ishtirok etgan? A) yuklama C) teng bog‘lovchi B) ko‘makchi D) ergashtiruvchi bog‘lovchi
34. Buni eshitgan Sherzod: – Nima gap? – deb so‘radi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi ishtirok etgan? A) gumon olmoshi C) belgilash olmoshi B) kishilik olmoshi D) ko‘rsatish va so‘roq olmoshi
35. E o‘g‘lim, nega sen mening maslahatimga quloq solmading? Ushbu gapda qanday tovush o‘zgarishi mavjud? A) tovush orttirilishi C) tovush almashishi B) tovush tushishi D) tovush tushishi va almashishi
36. Yigit oddiy kiyingan, o‘rtabo‘y, kelishgan va chiroyli ekan. Ushbu gapdagi sifatlarni belgilang. A) oddiy, kiyingan, chiroyli C) oddiy, o‘rtabo‘y, chiroyli B) oddiy, chiroyli, kelishgan D) oddiy, o‘rta, chiroyli
37. U goh kulib, goh jiddiylashib voqeani so‘zlab berar edi. Ushbu gapda bog‘lovchining qaysi turi qo‘llangan? A) ayiruv bog‘lovchisi C) ergashtiruvchi bog‘lovchi B) shart bog‘lovchisi D) sabab bog‘lovchisi
38. Kimdir, allakim, allaqaysi, allanima so‘zlari qaysi so‘z turkumiga oid? A) ot C) ravish B) olmosh D) sifatdosh
39. Biz o‘z Vatanimizni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylaymiz. Ushbu gapdagi o‘z olmoshi qaysi kelishikda turibdi? A) bosh kelishikda C) o‘rin-payt kelishigida B) qaratqich kelishigida D)
chiqish kelishigida
40. Hamma, barcha, bari, butun olmoshlariga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan? A) gumon ma’nosini ifodalayd B) shaxs, narsa, belgini jamlab keladi C) narsalarning so‘rog‘ini ifodalaydi D) narsalarni ko‘rsatib keladi
41. Har kim ekkanini o‘radi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turi qo‘llangan? A) so‘roq olmoshi C) belgilash olmoshi B) kishilik olmoshi D) o‘zlik olmoshi
42. Qo‘shma olmoshlar to‘liq berilgan qatorni toping. A) kimdir, nimadir, qaysidir B) har qanday, mana shu, hech bir C) har nima, qayergadir, o‘z D) biz, hamma, barcha
43. Kishilik olmoshlariga odatda qaysi qo‘shimchalar qo‘shilib kelmaydi?
A) so‘z yasovchi qo‘shimcha B) -lar qo‘shimchasi C) egalik qo‘shimchasi D) kelishik qo‘shimchasi
44. Olmoshlarning qaysi turi turlanganda tovush orttirilishi yoki tushishini kuzatish mumkin?
A) o‘zlik olmoshida B) kishilik olmoshida
C) ko‘rsatish olmoshida D) belgilash olmoshida
45. Uning (Xaliljonning) nechun shu holga tushib qolganligiga hamma hayron, o‘zi esa qo‘l siltaydi. Ushbu gapda olmoshning ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra qaysi turlari bor?
A) belgilash, o‘zlik,
kishilik, ko‘rsatish olmoshi B) ko‘rsatish, kishilik, so‘roq, belgilash olmoshi C) so‘roq, ko‘rsatish, belgilash, o‘zlik, kishilik olmoshi D) belgilash, ko‘rsatish, o‘zlik olmoshi, kishilik olmoshi
46. U ko‘rsatish olmoshi qo‘llangan gapni belgilang.
A) U ko‘pchilikning fikrini allaqachon sezgan edi. B) Muattar uning shodlikdan uchqun sochib turgan ko‘zlariga qaradi.C) U uchun atagan qo‘shiqlarim bor. D) U kishi siz haqingizda juda yaxshi fikrlar aytdilar.
47. Qaysi gapdagi birov so‘zi allakim ma’nodoshi bilan almashtirish mumkin?
A) Bolalardan birovi ko‘zlarini chirt yumdi.B) Bu gaplarni birov eshitmasin.C) Uzoqdan birovning qorasi ko‘rindi.
D) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin-sekin qadam bosishdi.
48. Bo‘lishsizlik olmoshi tarkibidagi hech so‘zi yakka holda qo‘llanganda ko‘pincha qaysi so‘zlar oldida keladi?
A) otlar oldida B) sifatlar oldida
C) fe’llar oldida D) ravishlar oldida
49. O‘zlik olmoshi bog‘lanib kelgan ot tarkibida, asosan, qanday qo‘shimcha bo‘ladi?
A) kelishik qo‘shimchasi B) ko‘plik qo‘shimchasi C) egalik qo‘shimchasi D) egalik va kelishik qo‘shimchasi
50. 2-shaxs qaratqichli birikma o‘rnida olmosh qatnashgan gapni aniqlang.
A) Kaminaning ham sizga aytolmagan gaplari bor edi. B) Biz mana shunday muvaffaqiyatlarga erishdik. C) Sening irodang mustahkam emas. D) O‘zlarining ham fikrlarini eshitsak yomon bo‘lmasdi.