Buxoro Davlat Universiteti
Filologiya fakulteti
,,Filologiya va tillarni o’qitish: O’zbek tili’’ talim yo’nalishi
9-1 uzb s-20 guruhi tolibi
Hasanov Shoxnurning
,,Hozirgi adabiy jarayon va o’zbek adabiyoti” fanidan yozgan
MUSTAQIL ISHI
ABDUNABI BOYQO‘ZIYEV. TESHIKMOZOR HANGOMALARI (HAJVIY QISSA)
reja:
Qissa janri va uning o’ziga xos tomonlari. Hajiy qissalar
Teshikmozor loflari va lof san’atining uziga xosligi
Asar haqida qisqacha
Adabiyotimizdagi sifat oʻzgarishlar qissa janrida ham koʻzga tashlanadi. 2015 yilda eʼlon qilingan qissalar bilan tanishib, asosan “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallarida hamda nashriyotlarda chop etilgan asarlarni tahlilga tortdim. Havola etilayotgan qissalar mavzu mundarijasi turlicha. Qissalar tahlilidan: milliy qadriyatlar talqiniga eʼtibor berilayotgani; sobiq mafkura xizmatchilarining tazarrusi yoritilayotgani; ommaviy madaniyatning yoshlar maʼnaviyatiga taʼsiri ifodalanayotgani; sanʼatlar aloqadorligiga ahamiyat qaratilayotgani; ijtimoiy turmushdagi ziddiyatlarni kulgi, piching zamirida tasvirlanayotgani; asar hajmiga ahamiyatning susayishi kuzatildi.
Luqmon Boʻrixonning “Yigit iztirobi” (“Yoshlik”) nomli qissasida talaba yoshlar hayotiga nigoh tashlanadi. Ilk jumla Tolmasning universitetga qabul qilingani haqidagi xabardan boshlanadi. Syujet chizigʻida sodda, mehnatkash yigit bilan dangal, choʻrtkesar, bezori Bosit hayoti parallel beriladi. Kursdosh Nuqra bois yigitlar munosabati taranglashadi. Asarda ommaviy madaniyatning yoshlar tarbiyasiga taʼsiri koʻzga tashlanadi. Oʻzbek qizlarining jamiyatda oʻzlarini erkin tutishlari, hayo, ibo kabi fazilatlarning yoʻqolib borishi kuzatiladi. Yaʼni, Nuqra bir vaqtda ikki yigitni umidvor etsa, Oygul kinoteatrda Tolmasga suykalib erkalik qiladi, Gulya ilk uchrashuvdayoq Bositni kvartirasida tunashga chorlaydi. Togʻay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” qissasidagi Oymomo obrazini eslasak, bu ayoldagi iffat, ibo, hokisorlik yoshlarga ibrat boʻlarlik. Qimmat momo Oymomoga xiyonatni taklif qilganida birdan jazavaga tushib, momoga tashlanadi. Boisi, Oymomo haromdan hazar qiluvchi diyonatli ayol. Hozirgi yoshlar oʻrtasidagi erkin muloqot oddiygina meʼyor boʻlib qolayotgani va bu badiiy asarlarga ham kirib kelayotgani kishini tashvishlantiradi. Mazkur asarda oshiq yigit Tolmasning olijanobligi qizni davolash uchun moddiy yordam bergani orqali ifodalanadi. Oʻgʻirlik qoralanib, uning mudhish oqibati koʻrsatiladi. Qissada oshiq yigitning iztirobi ishonchli, taʼsirli ifodalansa, maqsadga muvofiq boʻlardi. Menimcha, qissada ziddiyatni kuchaytirish, obrazlarni teranroq yoritish lozim.
Yana Luqmon Boʻrixonning “Quyosh hali botmagan” (“Yoshlik”) qissasida or-nomus, gʻurur kabi oliy tuygʻular milliy kurash negizida yoritiladi. Qissaga tanlangan “Sahro soʻqmogʻida boshin egib jim, Bir kimsa ketmoqda, bilmasman u kim…” (A. Oripov) epigrafi ilk tugun, jumboq boʻlib, oʻquvchini oʻyga toldiradi. Ilk jumla, “Biz hali Absal polvonni tanimas edik”, deya boshlanar ekan, yana qiziqish ortadi. Muallif ikki doʻst – Davron hamda Norsoat portretini chizadi. Yoshligidan toʻqlikda oʻsgan, shoʻx, mard, aqlli, lekin biroz takabbur Davron feʼlida yetakchilik kuchli. Shoirtabiat, taʼsirchan Norsoat esa tobelikka moyil. Voqealar Kengsoy atrofida rivojlantiriladi. Absal polvonni vazmin, sodda, kamgap qilib tasvirlaydi. Koʻngli nozikligini sibizgʻaga boʻlgan ixlosi orqali asoslaydi. Kurash maktabini koʻrmagan, ammo tugʻma isteʼdod egasi boʻlgan bu inson ikki doʻstga kurash sirlarini oʻziga xos usulda oʻrgatadi. “Polvon odam uch narsaga hokim: nafs, shuhratparastlik, manmanlik, uch narsaning quli: haqiqat, or-nomus, sibizgʻa (muhabbat)”, degan aqidasi qissaning asosiy gʻoyasi sanaladi. Polvon yigitlarga yoʻlboshchi. Oʻz amallari bilan shogirdlarini hayotda toblanishga, halol yashashga oʻrgatadi. Ustoz kelajakka ishora qilib: “U sizlarni kuldiradi, kuydiradi, u sizlarni bor qiladi, yoʻq qiladi. Ana shunda juda-juda sibizgʻa chalgilaring kelib qoladi”, – deydi. Qissada tabiat tasviri, kishilar qiyofasi yaxshi tasvirlangan, sibizgʻa detali orqali muhabbat talqin qilingan. Avlodlar oʻrtasidagi vorisiylik, milliy oʻzlikni asrash gʻoyalari asarning konsepsiyasi sifatida koʻtarilgan. Lekin, nazarimizda, asarda dramatizmni yanada kuchaytirish, xarakter qirralarini yorqinroq ifodalash lozim. Asarda “Quyosh hali botmagan” jumlasi koʻp takrorlanadi, bu jumla qissaning leytmotivi, lekin qahramonlarning hayotini muhim oʻzanga solgan kishi Absal polvon haqida “Biz hali Absal polvonni tanimas edik” degan jumla asar boshida yoziladi-da, polvonning oʻzi haqidagi fikrlar keyinroq, yettinchi sahifadan oʻtgach beriladi.
Murodboy Nizanovning “Havo kemasidagi ikkovlon” (“Yoshlik”) qissasida sadoqat mavzusi koʻtariladi. Asarning tuzilishi dialog shaklida. Bir sanatoriyda dam olayotgan Shahzoda Nurjamolga opasi Bekzodaning baxtli turmushini tinmay maqtaydi. Pochchaning ustomon, ehtiyotkorligi turli epizodda anglab boriladi. Asar ikkiyuzlamachi, makkor tabiatli nopok kimsalarni fosh qilishga, ular qilmishini baholashga chorlaydi. Hozir urchiyotgan oilaviy ajrimning asosiy sababi – xiyonat qoralanadi. Muallif ayol muhabbatining josusi pochchaga ism berishga orlanib, uning muallimligini eslatib oʻtadi, xolos. Maʼnaviyatni targʻib etadigan kimsaning oʻzi muqaddas tuygʻuni toptashi ziddiyatni yuzaga chiqaradi. Bizningcha, asarda rus xalqi ijodidan rivoyatlar berish oʻrniga qoraqalpoq xalqining boy merosidan namuna kiritilsa maʼqul edi. Axir, asar boshida Gʻarib va Shohsanam eposi eslatilib, opa bilan pochcha muhabbati ularga mengzaldi-ku.
Maʼsuma Ahmedovaning “Mangu kuy” nomli qissasida hozirgi kun yoshlari hayoti yoritiladi. Asar boshlanishidan lirik kayfiyat sezilib, qishloq manzarasi tasvirida koʻtarinkilik kuchayadi. Bosh qahramon Jaʼfarning tugʻilgan qishlogʻi qoʻynida dam olishi, tabiat tovushlaridan ilhomlanib, yangi kuy yaratishidan bastakorligi maʼlum boʻladi. Yigit tabiat nafosatini nozik ilgʻaydi. Azizaning Choʻlpon, Rauf Parfi sheʼriyatiga oshuftaligi oʻqigan sheʼrlaridan anglashiladi. Yigit va qiz muloqotida zamonaviy texnologiya – internet, telefonga urgʻu beriladi. Makon oʻzgarib, konservatoriya, universitet, qishloq, qahvaxona hududida rivojlantiriladi. Yoshlar uchrashganda koʻpincha yomgʻir yogʻishi, tabiatning ularga joʻr boʻlib kuylashi epizodida oʻziga xos shivalagan, shitirlagan ohangni tinglaysiz. Adiba yoshlar orasidagi sof tuygʻularni sanʼatlar uygʻunligida ifodalaydi.
Goʻzaloy Solih qizining “Siz oʻshami?” (“Yoshlik”) qissasi ham muhabbat mavzusida. Sarlavha beixtiyor “Oʻtkan kunlar” asaridagi mashhur iborani yodga soladi. Ochigʻi, bu asarda muhabbatning yangicha talqinini uchratsam kerak, deb oʻylagandim. Afsuski, qissa yigit bilan telefon orqali tanishgan Munisaning bekorchi gaplaridan iborat boʻlib qolgan. Masalan: “Kimsiz, oʻzingiz kimsiz?” yoki “Ismingizni bilsam boʻladimi?” soʻroviga “Oʻzingizning ismingizni bilsam boʻladimi?” tarzidagi quruq, takror jumlalarni oʻqidim. Qizning dugonalarini yigit bilan tanishtirishi, ularning bemalol hazillashishlari bachkana tus oladi. Munisa yigit bilan koʻp tortishadi, voqea takrori kuzatiladi. Taassufki, qissada ortiqcha, maʼnisiz gaplar juda koʻp. Abdulla Qodiriyning soʻz qoʻllashda uzoq andisha kerakligi borasidagi hikmatlari barcha ijodkorga taalluqlidir. Ustoz ijodkorlar soʻzga hassos boʻlgani bois ular yaratgan puxta, mukammal matnlar hozirgacha mutaxassislar eʼtiborida. Shu sabab asar sifatiga masʼullikni yoddan chiqarmaslik darkor.
Badiiy adabiyotda sobiq mafkura posbonlarining fojiasi yoritilgan asarlar oʻz vaqtida munosib baholangan. Jumladan, Murod Muhammad Doʻstning “Galatepaga qaytish”, Togʻay Murodning “Momo yer qoʻshigʻi” Shoyim Boʻtayevning “Shoʻrodan qolgan odamlar” kabi qissalarda oʻzlikni boy bergan insonlar qismati yoritilgan. Birgina Nazoratchi obrazini yodga olsak, kasbiga sodiq manqurtni yaqqol tasavvur etamiz. Eʼtiqodi sarobga aylangan kimsaning hissiz, bemehrligi nafratni qoʻzgʻaydi. Abdunabi Hamroning “Yertoʻladagi umr” (“Sharq yulduzi”) qissasida Qurʼoni Karimdagi” Ollohning iznu irodasisiz hech bir jon moʻmin boʻla olmas” oyati epigraf qilib olingan. “Bu bedavo dard unga qayerdan yopisha qoldi oʻzi?” deya boshlangan ilk jumla kitobxonni sergaklantiradi. Qissada narkoz taʼsiridagi qahramonning xayolot olami bosqichma-bosqich yoritib boriladi. Vilor hush va hushsizlik holatida oʻtgan umrini tahlil qiladi. Yozuvchi jamiyat va inson, odamning zamonga moslashuvi, uning ijtimoiy-siyosiy jarayonda oʻz qiyofasini, insonligini saqlab qolishini mavzu qilib tanlagan. Turgʻunlikning biqiq muhitida yetakchilikka intilgan kimsalar bilan ularning atrofidagi jabrlanganlar qismati parallel tasvirlanadi. Asarda obrazni turli tomondan yoritish inson siyratini teranroq taftish etish imkonini orttirgan. Vilor oiladagi tarbiya bois, bobosi, otasiday eʼtiqodsiz boʻlib ulgʻayadi. Mansab pillapoyasidan koʻtarilish maqsadida ruslashgan general pinjiga kirib, uning qizi Galinaga uylanadi. Zero, ular jamiyatga xos xarakterli xususiyatni oʻzida jamlagan obrazlardir. Retrospektiv syujet voqeaning oʻtmish-bugun tarzida berilishini talab etadi. Vilor har safar oʻtmishga boqqanda, taqdiridagi eʼtiborga molik lavha, holat jonlanib, ongi prizmasidan tahlil qilib oʻtkaziladi. Xatoni anglash, undan qaytishga intilish zarur, shu oʻrinda Imom, Said kalon madadiga muhtojlik sezadi. Imomning: “Bu kunlar oʻtadi, hali millat uygʻonadi, odamlar Xudoni taniydilar. Senlar… Esingda boʻlsin: Xudosizning kelajagi yoʻq, unutma! Revolyusiyang ham, kommunizming ham gʻirt safsata!” degan qarashi asar oʻq ildizidan biri sanaladi. Qissada makon almashadi, davr oʻzgaradi. Davr taqozosi bilan qiyofa oʻzgarishi, tuslanishi Vilor, general, Galina orqali ochib boriladi. Eʼtiqodsizligi bois, hayoti sarobga aylangan osiy bandaning umr falsafasi, oʻtmish – bobo va ota oʻgiti, bugun – general va qizi aqidasi, kelajak – ona imoni tarzida namoyon boʻladi. Yoʻlsizlikdan qutulish uchun tavba qilish, tozarish lozimligini uqqan Vilor asar oxirida volidasi huzuriga oshiqib, halovat axtaradi, Muslim ismini tanlaydi. Qissada insonning oʻz oʻzini taftish qilish jarayoni badiiy gavdalantirilgan, imonsizlik fojiasi mantiqiy izchillikda ochib berilgan. Eʼtirozimiz, asarda xronologik chalkashlik mavjud: 1987 yil Vilorning ikkinchi kurs talabaligi (68-bet) eslatiladi-da, 1983 yil institutni bitirib, Volgogradga uch oyga borgan deyiladi (70-bet).
Shodiqul Hamroning “Qaqnus qanotidagi umr” (“Yoshlik”) qissasi oilada farzand tugʻilgan ondagi xushnudlik lavhasidan boshlanadi. Muallif ism qoʻyish masʼuliyati, uning farzand kelajagiga taʼsiri masalasini yoritishga urgʻu beradi. Bejiz Hadisi shariflarda ota-onaning farzandiga munosib ism qoʻyishda burchdor ekanligi taʼkidlanmagan. Ziyoli qahramon bu borada koʻp oʻylanar ekan, matn tarkibiga qorayimlar haqidagi qissa kiritiladi. Unda oʻtmish avlod ismni ulugʻlashi, haqiqiy ism voyaga yetib, turli sinovga bardosh bergan insonga nasib etishi, noloyiqlar esa qabiladan badargʻa qilinishi uqtirilgan edi. Tilanchi obrazi ham otaga ism oʻz ruhi hamda yuki bilan yaralishini taʼkidlab, uni tanlashda eʼtiborli boʻlishni eslatib, maʼlum vaqt syujet chizigʻidan chetlashadi. Nihoyat, goʻdakka Muayyad (quvvatlangan, madad berilgan) ismi beriladi. Biroq, koʻp oʻtmay bolada gʻayritabiiy holatlar kuzatiladi. Goʻdakning mungli nigohi, bezovtalanishi, dunyodan ne istayotganini anglamay xarxasha qilishi ota-onasini qattiq tashvishlantiradi. Ziyoli doʻsti Hayot xarakterida bolasiga xos telbalik holatini kuzatib, muqoyasa qiladi, kalavaning uchini axtaradi. Koʻp oʻtmay, hovlida paydo boʻlgan tilanchi goʻdakning dardini volidaga anglatib: “Haliyam gumrohlik qilib, bolaga koʻp azob beribsizlar. Ohu nolasi yetti osmonni tutib ketgan. U tugʻilganida kesilgan kindigi bor-ku, shuni izlayapti. Unga shuni topib beringlar”, – deydi. Qissada gʻayritabiiy siyratli Tilanchi, Hayot, Muayyad dardmand shaxslar, ular umr mohiyatini, yashash sinoatini oʻzgacha anglaydi. Pok qalbli insonlar muhitdagi nosozlik, nohaqlikni hazm qilolmay iztirob, figʻon chekadi, yoʻl axtarishga intiladi. Goʻdak taxmondagi koʻrpa, koʻrpachalar orasidan (oʻzbek xonadoniga xos jihoz) narsa izlaydi. Faqat beshikda yotib, alla tinglaganda biroz orom oladi. Bola kesilgan kindigi bezovta qilgani bois yerga, qon tomgan maskanga talpinadi. Ziyoli ota anglolmagan haqiqatni oʻqimagan, ammo uqqan donishmand Tilanchi tushunadi. Ota goʻdakni oʻzi tugʻilgan maskanga olib borib, norasida fitratiga sokinlik, xotirjamlik baxsh etishiga ishonadi. Qissada ona Vatan, tugʻilgan yurtga mehr, sadoqat mantiqan dalillanadi. Mumtoz adabiyotdagi Qaqnus qush obraziga murojaat etilib, oʻz dardi koʻyida oʻrtangan jonzotning majoz insonga koʻchishi, shiddatli hayotning oniy lahzasini aks ettirishga eʼtibor beriladi. Qissa boshlanishida bayonchilik kuzatiladi. Onaning Yaratganga iltijo paytida goʻdagidan ayrilsa oʻjarlik bilan taqdirini qargʻab oʻtishini aytishi xatoday, zero, inson bu holatda tavozeda boʻlishi maqsadga muvofiq.
Noʻmon Rahimjonovning “Jimjit jolalar” (“Sharq yulduzi”) qissasi kompozitsion jihatdan kichik boblarga ajratilgan boʻlib, nasriy asarda sahna epizodlari kiritilgani badiiy imkoniyatni kengaytirgan. Bir kunda ikki marhumni koʻmgan Toʻraqulning iztirobi qissaning kulminatsiya sari koʻtarilishini boshlab bergan. Bogʻbon ota oʻlimidan tabiatning faryod chekishi, daraxtlarning ketma-ket qurishi obrazli ifodalanadi. Yolgʻizlikka mubtalo qahramon yuk tashib, tilanchilik qilib bazoʻr kun kechirar ekan, uning asta ortga chekinayotgani seziladi. Hayotga loqayd boʻlib ulgurgan Toʻraqul Yaratganning neʼmatini his qilmay, oilada erkak masʼuliyatini boʻyniga olish, ayoliga madad boʻlib roʻzgʻorni birga tebratishga kuch topolmay, yanada tubanlashib, dangasalashib boradi. Oʻziga boʻlgan ishonchni yoʻqotgan qahramonning soyasi bilan dialogida asosiy sabab, oqibat anglashiladi. Soya: “Asli quvlik-shumlik qoningda bor. Necha yil sigir tutib, buzoq boqib, uyingdagilar sut-qatiqqa yolchimadi-da. Na ota-onangga, na jigarlaringga oqlikni ravo koʻrmading-ku. Oʻshanda seni qargʻish urgan, bilasanmi? Sening hech qachon qorang oʻchmaydi. Qorang koʻrinmaydi ham”, – deya oʻtmishiga nazar soladi. Qargʻish bois kimsa hech qachon oʻzini tutib oʻnglolmasligi qora omonimini oʻrinli qoʻllashda seziladi. Soyalar suhbati mozaika shaklida uyushtirilgan. Soya, tovushlar jonlantirilishi ohangni ham oʻzgartirib boradi. Goh shiddatli, goh sokin ohang ostida dialog kuchayib boradi. Muallif oʻzini topish, aslini tanish uchun soyasini quvlab yurgan Toʻraqulni kuchli piching ostiga olib, “Toʻraqul boshini yoʻqotib, qachongacha sir boy bermay yuradi. Boshsiz ham yashab boʻlarkanmi?” soʻrovi bilan asarni yakunlaydi. Aslida, soya insonga ergashadi, biroq oʻzligi, qiyofasidan ayrilgan kimsa hatto jonsiz narsaga mutelikdan or qilmaydi. Qissa mutolaasi davomida “Inson oʻzi tirik boʻla turib, koʻnglidagi orzulari oʻlik boʻlsa, haqiqiy fojia ana shudir” degan hikmatni yodga soladi.
Badiiy asarning sarlavhasi ochqich sanaladi. “V. B va boshqalar” degan sarlavha oʻyga toldiradi. Maʼlumki, hayotda hamma narsa vaqtincha, avval bolalik, oʻsmirlik, keksalik oʻrin almashadi. Mansab-martaba ham omonat ekanligi barchamizga ayon. Abduqayum Yoʻldoshning “V. B va boshqalar” (“Yoshlik”) grotesk qissasida kulgi, kesatiq vositasida mohiyat yoritiladi. Asosan, nuqta “v. b boʻlib kelgan edi, v. b boʻlib ketdi-ya” degan gap tegrasida voqealar uyushtirib boriladi. Asarda jamoadagi erkaklar rahbar, boʻysunuvchi, kuzatuvchi maqomida taqsimlanadi. Bezbet alamzada, muovin, birinchi, rahbar kabi ismsiz qahramonlarning funksiyasi aniq belgilanib, kichik detal yoxud biron jihat bilan obrazlar siyratiga baho beriladi. Oshkor va yashirin, tasdiq va inkor jihatlar inson tabiatidagi oʻzgaruvchanlik, moslashuvchanlikni fosh etib, niqob ortidagi asl qiyofani ochishga yoʻnaltiriladi. Xususan, bezbetning kasaba uyushma raisi boʻlishi bilan takabburlanib, har bir xodimga xoʻjayinlik qilishga urinishida piching ortadi. Ayollarga ism berishda ham fazilat yo nuqsonidan kelib chiqiladi. Chim-chimga pazanda Karis xola farzandsizligi bois ajrashgani, buyuk faylasuf ixlosmandi Nitsshe xolaning eri ketib qolgani, inkorni inkor qilib yashaydigan Nigilist xonimning fojiasi nozik yoritilgan. Shigʻirchi savdoyi oshiq mungli sheʼrlar oʻqiydi, qoʻli kaltaligidan qizini uzatolmay, ruhiy xastalikka chalinadi. Mish-mish, gʻiybat asnosida jamoadagi har bir xodim yurish-turishi koʻzdan kechiriladi. Ayollarga suyagi yoʻq Orzumandning jafokash Kotiba nayrangiga uchishida komik vaziyat kuchayadi. Mashriqparast Donishmand Boʻri ilmda ixtiro kashf qilishga intilib dunyo tamadduni boʻri avlodi bois tirikligi, Alyaska Ali askar, Meksika Maxsum aka atamasidan olinganini tasdiqlashida kulgi ortadi. “Birinchining oldida oʻzimizning naqadar mayda, kichik odamchalar ekanligimizni dil-dilimizdan his qilgani koʻyi ortga qaytdik” eʼtirofi zamirida achchiq haqiqat yashiringan. Qissada tragiklik va komiklik kabi kontrast holatlarning ketma-ket berilishi hayot ziddiyatga boyligidan dalolat beradi. Kichik odamlarning katta tashvishi hazil-mutoyibaga oʻrab beriladi. Xodimlarning boʻlgʻusi Birinchi ziyoratiga borib joyini saqlashga urinishi, kutilmaganda Birinchining vafot etishi, orzuning sarobga aylanishi tabiiy ifodalanadi. Asarda jafokash Kotiba haqidagi beparda tafsilot esa, nazarimda, ortiqcha.
Badiiy ijod jarayonida qissa poetikasida salmoqli oʻzgarishlar roʻy bergan, uning ichki boʻlinishlari janr imkoniyatini teran anglashni taqozo etadi. Qissaning bunday taqsimlanishi poetik usul va vositalarning oʻzgarishi, gʻoyaviy-mazmuniy xususiyatlarning yangilanishi bilan bogʻliq. Shu bois, tarixiy biografik, fantastik, xotira qissalar ham yaratilsa, adabiyot xazinasi yanada boyiydi.
Lof. Lof – o’zbеk xalq og’zaki ijodining o’ziga xos, alohida mustaqil janrlaridan biridir. Uning tabiatida epiklik va dramatiklik o’zaro uyg’unlashib kеtganligi tufayli lof epizodik og’zaki drama namunasi sifatida ko’zga tashlanadi. Loflar sahnaga mo’ljallangan, satira va yumorga asoslangan, tomoshabinlar guruhining mavjud bo’lishini taqozo etadigan asarlar bo’lib, ular o’ziga xos ijro usuliga ega. Loflar askiyalar kabi so’zga chеchanlik va hozirjavoblikni talab etadi. Harakatning kontrast asosida qurilganligi-yu, kuchli mubolag’aga asoslanishi bilan alohida ajralib turadi.
Loflar kishida bir lahzalik kulgu uyg’otib, unga chеksiz zavq-shavq bag’ishlashi bilan diqqatga sazovordir. Ularning syujеti dialog asosida quriladi. Lof aytish mubolag’ali savol(epizod)ga undan kuchliroq mubolag’aviy mantiqiy javob qaytarishdan iborat so’zga chеchanlik musobaqasi shaklida namoyon bo’ladi. Lofchilarning so’zamollik bobidagi tortiShuvi bеvosita lofni yuzaga kеltiradi. Loflar hеch qanday kirishlarsiz boshlanadi. Syujеt еchimi esa latifalarnikidеk favqulodda yuz bеradi.
Loflar odatda ikki qismdan tashkil topadi: Birinchi qismida biror voqеa yo hodisa boshlovchi tomonidan bo’rttirilgan holda bayon etilsa, ikkinchi qismida esa ikkinchi lofchining undan-da oshirib-topilgan javobi kеltiriladi. Shu tariqa loflar syujеti birikib, yaxlit kompozisiyali asarni tashkil etadi.
Loflarda badiiy shartlilik asar syujеtining epizodik shaklda bo’lishi, voqеalarning kеchish vaqti, pеrsonajlarning xatti-harakati, nuqtalarning yagona maqsadga yo’nalganligi, yagona g’oyani ifodalashga bo’ysundirilganligida namoyon bo’ladi.
Lof janri, asosan, qiziqchi va askiyabozlar, shuningdek, talantli, hayotiy tajribaga boy kishilar orasida shakllangan va ijro etilgan.
Loflarda ko’pincha notabiiy voqеalar, salbiy bеlgilar kulgi ostiga olinadi.
Lofchilik, lof urish, lof aytish, lofbozlik o’z sajiyasiga binoan xalq og’zaki san`atining askiya, qiziqchilik masxarabozlik, latifago’ylik turlariga juda yaqin turadi.
Lofchilar ustoz-shogirdlik munosabati orqali maxsus tayyorgarlikdan kеyin еtishib chiqqan. Hozir so’zga chеchan kishilar tomonidan u kеng ijro etilavеradi. Lof kishilarning o’zaro suhbatida ham tеz-tеz ishlatiladi. Bu esa loflarning kеlib chiqish tarixi ijtimoiy zaruriyat bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Masalan, sovchilar nutqida lof ko’p uchraydi. Ular kеlin va kuyovning maqtovini kеltirishda lofdan obdon foydalanishadi.
Loflarning mavzu ko’lami kеng qamrovlidir. Ular mazmunan ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Loflarda insonlarga xos go’zal fazilatlar ulug’lansa, ayrim shaxslarga xos yaramas xatti-harakatlar hajv ostiga olinadi. Jamiyatda uchraydigan illatlar ham loflarda satira tig’i bilan fosh etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |