171
Chinor
qilib. Juvonmarg bo‘lib ketgan begunoh bandalar
oz bo‘ldimi shu uch kun ichida! Yigitning guli qi
rilib ketdi, o‘sha kunlari ko‘chaga chiqqan bor
ki, nobud bo‘laverdi, mahallalar хonavayron, bozor
to‘pga tutildi, shahar yer bilan yakson, machitning
minorasigacha uchib ketibdi. Bu ketayotganlarni
хudo yarlaqab jonini saqlab qoldi. Mana bu orqa
dagi la’natilar ham nariroqqa borib zora qaytib
ketishsa, o‘shanda tirikchilik o‘zlariga qoladi...
Biroq oftob tikkaga chiqqan sari yurish qiyin
lashardi. Suv yo‘q, yozi bilan qovjiragan cho‘l lo
villay boshladi. Qariroq хotinlar darmonsizlikdan
paranjiga chuvalashib, kalovlanib qolar, yalang
oyoq bolalar tovoniga tikan kirib g‘ingshib yig‘lar,
yiqilganlarni tetikroq erkaklar oyoqqa turg‘izib
suyab borar edi.
Otliq kazaklar, – ular ko‘p emas, sakkiztacha
edi, – cho‘lning ichkarisiga kirgan sari olomonga
uncha e’tibor qilmay qo‘yishdi. Ular orqada qolib,
bir nimalar kavshab, bir-birlaridan tamaki tu-
tatishar, ba’zilari yalang‘och bo‘lib olib sariq junli
badanini oftobga solgan, orqaroqdagilari bo‘lsa,
egarda bemalol uхlab kelishar edi. Ular bilar
dilarki, endi bu sillasi qurigan olomon na qarshi
lik ko‘rsata oladi, na qochishga harakat qila ola
di, yurib tursa bo‘lgani.
Chindan ham yaydoq biyobonda podadek olo
mon o‘z changi bilan birga siljib, tobora sekin
lashsa hamki hamon sudralab, noma’lum man
zillar sari hamon jilib borar edi.
Kechga yaqin otliqlar bir yerga to‘planib, to‘хtab
qolishdi. Ularning soyalari sho‘ri chiqqan taqirda
uzun yastanib yotardi. To‘хtashga buyruq bo‘lma
gani uchun odamlar madori boricha bir-birini
172
Asqad Muxtor
suyab oldinga siljiyverishdi. Yarim soatlardan ke
yin sakkizta otliq uzoqda bir qora nuqtadekkina
bo‘lib ko‘rindi, keyin esa, jo‘nab ketishdi shekilli,
ular turgan joyda bulutdek chang muallaq turib
qoldi. Ajab, chang bulutining bir chekkasi qip-qi
zil edi...
– Ketishdi, Ochil, tashlab ketishdi – dedi Madu-
mar. Bolasidan judo bo‘lgandan beri endi birin
chi marta so‘z qotgan Madumarning tovushida
fojiaviy bir tushkunlik sezildi. Askarlarning tash
lab ketishi go‘yo bir qayg‘u edi. Olomon orqaga
va atrofga bir qayrilib qaradi-yu, ilgarigidek bosh
eggancha yuraverdi, chunki atrof bo‘m-bo‘sh,
pesdek oppoq sho‘rхok taqirlar, qovjiragan ti
kanak, chaqirtosh qum... Hast asari yo‘q, to‘хtay
digan joy emas edi. Olomon yuraverdi. Go‘yo ol-
dinda bir manzil bordek...
Lekin oldinda hech narsa yo‘q edi. Cho‘l, cho‘l,
cho‘l... Bir giyoh dardida yongan o‘sha cho‘l. Ne-
ne karvonlarni yutib ketgan o‘sha o‘lik cho‘l. Kat
ta cho‘l, Mirzacho‘l.
Olomon kichkina bir dovon oshgandan keyin
qiyalikda gapsiz-so‘zsiz cho‘kdi. Uni go‘yo umid
sizlik, darmonsizlik tun qorong‘isi yelkasidan
bosib cho‘ktirdi-yu, shu bilan to tonggacha bosh
ko‘tartirmadi. Mudhish taqdir odamlarni bir-bir
lariga yaqinlashtirib qo‘ygan edi, tanish-nota-
nish, bir-birlariga hovur berib, g‘uj bo‘lib qotdilar,
hech kim ahvolini gapirmadi ham, nima bo‘ladi
deb so‘ramadi ham...
G‘ovur-g‘uvur ertalab boshlandi. Kechadan
beri tuz totmaganliklari ham, ochliklari, tash
naliklari ham, bundan keyingi qismatning mud
173
Chinor
hishligi ham endi bilindi. Hech narsa ma’lum
emas edi: endi nima bo‘ladi, yegulikni qayoqdan
topishadi, nahotki shu yerda qirilib ketish ke-
rak bo‘lsa?.. Kecha, tirik qoldik deb sevinib, bu
yog‘ini o‘ylashmagan ekan, yoppasiga halokatga
mahkum etilganliklarini endi fahmlashdi...
Bunday sarosimada ochlik, o‘lim jadal bosib
kelayotgandek bo‘laverdi. Odamlar yana bir necha
soat tentirashdi, biron alaf ko‘karib ko‘ringan
yo sizot suvi yilt etgan joyga yugurishdi, umid
siz qay tib yana bir yerga to‘planishdi: odam bir-
biri ni topar ekan, bir-biridan doim madad izlar,
bir-biriga muhtoj bo‘lar ekan, tarqab ketishmadi.
Sizot suvda ko‘kargan bir parcha qamishzor pa
nasiga makon qiladigan bo‘lishdi. Orada eng te
tik, tadbirliroqlari Ochil taqachi bilan Madumar
kulol edi. Ular yana bir-ikki odam bilan chiqib
ketib, kechga yaqin qayoqlardandir bir etak bo
shoq terib kelishdi. Uni uqalab, bolalarga ulashib
chaynatishdi.
Kulfat tadbirkor qiladi kishini. Har kuni kim
dir bir chora topar edi. Toshga yig‘ilgan shabnam
ham, yumronqoziq inidagi don ham, qamish poya
ham, sizot suv ham, qizg‘aldoq piyoz ham – ham
masi ish bera boshladi. Ammo jonga ora kirgani
boshoq edi. Oyog‘ida darmon bor kimsa borki,
sahardan to oqshomgacha o‘nlab chaqirim kezib,
qir etaklarida o‘rilgan bug‘doy poyalarini oralab,
bir cho‘ntakmi, bir hovuchmi boshoq terib qaytar
di. Tunlar sovuq, kunlar issiq. Ochil bilan Madu
mar yerto‘la kovlashni buyurishdi, yerga хashak
to‘shatishdi. Хotinlar o‘choqqa хorхas terib kelar,
chollar qamishdan bordon to‘qib, kasallarning
Do'stlaringiz bilan baham: |