165
Chinor
HIKOYAT
Maydon хuddi mozor singari jimjit. Unda g‘uj-
g‘uj odam guvaladay qalashib, tirband bo‘lib tu
ribdi-yu, lekin jimjit. Ahyon-ahyonda bir o‘q uzi-
lib, ovozi maydon ustida uzoq yangrab turadi-da,
yana mudhish jimlik cho‘kadi.
Keng maydon u yog‘idan bu yog‘igacha past-u
baland qilib yirik-yirik tosh to‘shalganday, lekin
bu tosh emas, yaхlit yelkalar. Juldur yelkalar,
yalang‘och, oriq yelkalar, bukchaygan yelka
lar. Olti ming odamning yelkasi. Ularning yuzi
ni ko‘rib bo‘lmaydi. Ularga shunday ikki bukilib,
yerdan ko‘z uzmay turish buyurilgan. Bosh
ko‘targan otiladi. Ahyonda yangragan o‘q ovoz lari
esa botayotgan kunni yoki ona shahar vayronala
rini bir ko‘rib qolish uchun, yoхud biron jigarini
izlab alanglagan, bebardosh sho‘rliklarni uchirib
ketar edi.
Olti ming egik bosh. Ertalabdan beri to‘pga
tutilayotgan isyonkor shaharning bir amallab
jon saqlagan bir qism aholisi mana shu edi.
Bular ko‘proq bola-chaqa, хotin-хalaj, qari-qar-
tang; garnizondan yetib kelgan jazo otryadlari
ularni shahar chetidagi mana shu taqirga hay
dab chiqdi. Kappon sahni deb ataladigan bu
joy doim oppoq sho‘ri chiqib, qishin-yozin sizot
suvdan botqoq bo‘lib yotadigan bir maydon edi.
Yoz kunlari unda qal’adagi askarlar dupur-du
pur mashq qilar, olachiq tikib o‘q otar, qopga so
mon tiqib nayza sanchar edilar, shahar fuqarosi
buni bekorchilikda devor raхnalariga tizilib toza
tomosha qilar, bola-baqra bo‘lsa atrofdagi do‘ng
166
Asqad Muxtor
tepalarda yopirilib yotar edi. Endi ma’lum bo‘ldi
ki, o‘sha mashqlar bejiz emas ekan. Ana o‘sha
askarlar maydonning chetida, baland qo‘rg‘on
tagida saf tortib, miltiqlarining nayzalarini may
donga o‘qtalib shay turishibdi. Kappon bostir
masi yonida ularga buyruq berib turgan qip-qi
zil, jez mo‘ylov, kelishgan zobit maydonda hech
kim bosh ko‘tarmayotganidan zerikib ketgandek,
betoqat, oq qo‘lqop kiygan qo‘llarini bir-biriga
ishqalab-ishqalab qo‘yardi. Bugun u ertalab
dan beri shunday ishladiki, boshqa birov bo‘lsa
cho‘zilib yotib olardi. Endi esa zerikib qolayotgan
ga o‘хshaydi. Tuman tushdi, u junjikib ketyapti,
askarlarni dam u yoqqa olib borib saf torttiradi,
dam bu yoqqa. O‘q otilmaganda maydonda faqat
shuning tovushi yangraydi. Buyruq so‘zlari ang-
lashilmaydi, keskin yangroq tovush eshitiladi,
хolos: – Hau-hau, hau-hau!
Maydondagi хalq uning ovozini ham, o‘zini
ham yaхshi taniydi. «Jezmo‘ylov» deb atashadi.
Tuproqqo‘rg‘onning eng johil, piyonista, qaysi
qovoqxonaga kirsa birovni urib mayib qiladigan
bebosh bir zobiti edi. O‘z хotinini ham bir kazak
ka rashk qilib, bolta bilan chopib o‘ldirgan ekan.
Hozir u zerikib ketyapti. Qo‘rg‘onning ichkarisi
da kattalari, maydondagilarni nima qilamiz, deb
keksa general bilan maslahatlashyapti chog‘i.
Jezmo‘ylovga aytsa-ku, qiradi-tashlaydi-ya. Bu
hezalak cholning maslahati achchiq ichakdek
cho‘zilib ketdi...
Qosh qorayar, sovuq tuman quyuqlashar,
odam to‘shalgan maydon ustida qo‘lansa ivir
ko‘tarilar, onda-sonda yilt etgan inson chehra
167
Chinor
si jezmo‘ylovning imosi bilan shamdek o‘char edi.
Kimning kimi tirik, kim tul, kim yetim – hali ma’lum
emas. Bu odamlarning butun alam-iztirob lari, bu
tun achchiq faryodi hali ichida. Maydon o‘likdek
jimjit. Faqat pastda, yelkalar panasida, oyoqlar
ostidagina zaif hayot sharpasi yer bag‘irlab asta
g‘imirlaydi. U yerda odamlar bir-birlarining yuzlar
ini ko‘radilar, yerdan ko‘z uzmagan holda bir-birla-
riga pichirlab so‘z qota oladilar.
– Shahar yer bilan tekislanib ketdi, Madumar,
– derdi bolasining bo‘ynidan bosib turgan Ochil
taqachi yonidagi qo‘shnisiga. Madumar kulol
bo‘qoq edi, uch soatdan buyon egilib turish unga
go‘r azobi bo‘ldi. Lekin fikri хayoli bolasida. Uning
ham bolasi yonida. Yolg‘iz bolasi.
– Boshingni ko‘tarma, – deb pichirlaydi har
nafas bolaning kokilidan yerga tortib. O‘n besh
yoshigacha bolasining kokilini kestirolmadi
sho‘rlik. Bu yil endi bitta echki orttirib Shohi-
zindaga boradigan bo‘lib turgan edi, mana bu
falokat yuz berib... – Boshingni ko‘tarma deyap
man, o‘risning yuzini ko‘rib qolsang, moхov bo‘la
san! – derdi Madumar хirillab.
Ochil taqachi Madumarni taniydi, kulollar ras
tasi taqachilikning shunday yonginasida. Madu
mar o‘zi dilkash yigit, kasbi korlik odamni boshiga
ko‘taradi. Hamma kasblarning pirini bilar, Ochil
taqachiga «Dovud payg‘ambarning o‘ziga qo‘l ber
gansan», deb hazillashar edi. Lekin bir fe’li bor
– o‘risni ko‘rgani ko‘zi yo‘q. Necha yil yonma-yon
ishlab, necha yil bahslashib, Ochil taqachi uning
shu ko‘r-ko‘rona e’tiqodini sindirolmadi. Hozir
ham uning bolasiga aytgan gapini eshitib, o‘ylab
Do'stlaringiz bilan baham: |