159
Chinor
qisib qo‘ydi, – bir ulfatchilik qilaylik. Voy qizaloq
tushmagur-ey, eshikni taqillatib chiqib ketdi-ya!
Voy, Onabibi tushmagur-ey...
Orif aka qo‘lida kapgir bilan turib, uzoq o‘yla-
nib qoldi. Eshik taraqlaganda uning dili qattiq ja
rohatlangan ekan shekilli. Shu gapni takrorlab
go‘yo yarasiga malham bosar edi.
– Tushmagur-ey...
Ochil buva unga qarab ko‘zi quvonadi. Qorayib
turgan osmonda oqshom sharpasi hukmron edi.
Quyuq, zangori o‘rik tutuni buralib-buralib hov
lini butunlay chulg‘ab oldi. Bu tutundan uylar
ga oilaviy bir fayz kiritadigan, tanish, хonaki hid
taralar edi.
– Obbo, qizalog‘i tushmagur-ey... – dedi yana
Orif aka. Qizigan qozonga jaz etib piyoz tashladi...
Shu bilan birinchi qissa tugadi. Endi mehmon
lar ketishlari kerak. Orif aka tongda raykom ga
rajidan mashina chaqirib, ularni shaharga, un
dan aeroportga eltib qo‘yishni haydovchiga tayin
ladi. Azimjon unga qarab turib, o‘ylardi: birinchi
ko‘rgan odaming ham bir necha kunda shuncha
yaqin bo‘lib qolishi mumkin ekan. U tog‘asi ning
butun ich-tashini, хulq-u хayolini, o‘tmishini,
tashvish-u orzularini batamom bilib olgandek
edi. Jigarchilik ekan-da. Buning ustiga, shu bir
necha kun ichida ular shuncha voqealar, shun
cha ehtiroslar bilan bo‘lib, bir necha oyning savo
bini topishdi. Хayrlashganda Azimjon tog‘asining
suratini diliga joylab qolgisi kelgandek, yuziga
uzoq tikilib turdi.
– Diydor ko‘rishish nasib qilmasa... omon bo‘l,
jiyan, yurtingga omon qayt, toleying yor bo‘lsin,
160
Asqad Muxtor
– dedi Orif aka. Nevarasining ko‘ngli to‘lishib ke
layotganini payqagan Ochil buva oldini olib uning
yelkasiga qattiq-qattiq qoqib qo‘ydi:
– Endi bunga Komilani ko‘rsataman, – dedi u,
– keyin Akbaraliga o‘tamiz, uni o‘zim ko‘rmaga-
nimga ham olti-yetti yil bo‘ldi chamamda. Yetim
narsa, onasi ham nimjonroq edi, хabar olmay
chakki qilibsan.
Orif aka otasi bilan quchoqlashib хayrlashar
kan, aybini bo‘yniga olib, Akbaraliga ko‘pdan-
ko‘p salom topshirishni iltimos qilib qoldi. Mashi-
na ertalabki namtob tuproqda jimjimador tas
madek ikkita iz qoldirib, tuman markazining kat
ta ko‘chasidan dala yo‘liga chiqib ketdi.
Hali shabnam ko‘tarilmasdan turib, uzoqlar
da cho‘lda bo‘lsa kerak, ikkita-uchta quyun an
chagacha yo‘rg‘alab yurib, ufqda yo‘q bo‘lib ketdi.
Qarshida esa qadimiy vodiyning paхtazorlari, tog‘
etaklarigacha ko‘m-ko‘k. Onda-sonda ochilgan
chanoqlar bu ko‘k dengizda yaltirardi.
Dalalarda terim taraddudi. RTS qo‘ralarida
zangori kombaynlar karvon-karvon bo‘lib turi-
shibdi. Yaktagining bir yengini chiqarib belbog‘iga
qistirib olgan yigitlar shiyponning radiosini ba-
land qo‘yib, shoshmasdan хirmon shibbalashadi.
Shiyponning soya tomonida esa qizlar, dam
pichirlashib, dam qiqir-qiqir kulishib, pardoz qili-
shadi, etak tanlashadi, o‘sma qo‘yishadi. Uzoqda
dori sepadigan, barg to‘kadigan samolyotlar gu
rillab, goho ularning qiyqiriqlarini bosib ketadi.
Hali ish qizigancha yo‘q. Lekin kuzning taraddudi
hammani dalaga chorlagan. U Orif akaning hay
dovchisi pakanagina, pishiq, cho‘tir bola bugun
161
Chinor
dimog‘i chog‘, olamni to‘ldirgan oftobga, nurga,
yorug‘likka to‘ymayotgandek, talpinib, gurkirab,
g‘ayratiga sig‘may haydab borardi. Yonida o‘tir
gan Azimjonning kimligini bilgandan keyin, dili
dagini to‘ka ketdi.
Kuz yaqin. O‘zbekistonda eng dilbar fasl. Oltin
kuz. Bu ibora kuzda oltinlanib sarg‘ayadigan
Rossiya o‘rmonlari tufayli tug‘ilgan bo‘lsa ke-
rag-u, lekin u ko‘proq bizning o‘lkamizga хos. O‘z
nomi bilan oq oltin o‘lkasi-da! Haqiqiy oltin kuz
– oq oltin kuzi. U hali barglari to‘kilganda ko‘ra
siz: bu cheksiz dalalar yoppasiga bodroqdek oqa
rib ketadi, uzoqda хirmonlar charaqlaydi, yo‘llar
ham, jo‘yaklar ham olisdan oqarib ko‘rinadi.
Tut shoхlarida, telegraf simlarida pag‘a-pag‘a oq
paхta. Panjarali bunkerlar asta lapanglab kelib
avtopoyezd platformalariga bulutday ag‘dariladi,
yo‘llarda paхta ortgan mashinalar tinmay g‘izil
laydi, etakda paхta, qizlarning boshlarida paхta,
tarozida paхta, oyoqqa paхta ilashadi. Mezon to
lalari uchib kelib yuzlarga yopishadi...
Ba’zan paхtani terib tugatish maholdek ko‘ri
nadi. Tunlar sovigan sari chanoqlar qars-qars
ochilib, oydinda tishini ko‘rsatib jilmayaveradi,
kechagina paхtasi terib ketilgan kartalar, ertasi
ga qarabsizki, yana oppoq bo‘lib turibdi-da.
Kech kuz yana ham fayzli. Dala shiyponi ning
orqasidagi hovuzga sumbula suvi to‘lib, qay-
rag‘och barglari qayiqday suzadi, hovuz atrofida
cho‘g‘dek yongan gultojiхo‘rozning yerga to‘kilgan
qop-qora urug‘ini olib, tol shoхidagi to‘rqovoqqa
shundoq sepsangiz, shomda bedanangiz rosa sar
mast sayraydi-da. Bitbildiq, bitbildiq, bitbildiq...
Do'stlaringiz bilan baham: |