Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

147
Chinor
Shunday oqshomlardan birida, esingizda tur­
gandir, lop etib Ochil buva bilan Azimjon kirib 
keldi. Yormat bilan Normat yugurgilab suyunchi-
ga chiqib ketishdi, Ochil buva kichkina Onabibi 
bilan, Orif aka umrida ko‘rmagan jiyani Azimjon 
bilan tanishdi. Mehmon kutishdi. Orif aka ichki 
dardini bildirmadi. Keyin telefon jiringlab, qan­
daydir nizolardan darak berdi, esingizdadir?
Esingizda bo‘lsa, mana endi qissaning bu 
yog‘ida mehmonlar ham ishtirok etadi.
– Viloyat kotibi bilan ham shunaqa gapla­
shadimi odam?! O‘zing kimsan! – ovozini ko‘tara 
tushib so‘radi Ochil buva. Qovog‘i osilib tushdi. 
Orif aka boshini solgancha o‘tirar edi.
– Viloyatning byurosiga qo‘yadigan bo‘lishib­
di... Mening «kirdikor»larimni, – dedi u anchadan 
keyin g‘amgin kulib. – Masalani Maryam doklad 
qilar ekan. Eshitdingizmi ovozini?
Kechasi bilan mehmonlar uch-to‘rt oylik vo­
qeaning hammasidan хabardor bo‘ldilar. Kechasi 
bilan uхlamay gapirib chiqqan Orif aka barvaqt 
turib, byuroga tayyorlandi. Ertalab Temir yetib 
keldi. Onabibi, Azimjon uchalasi kutubхonadan 
chiqolmay qolishdi. Azimjon ham nimasi bilandir 
bola edi. Har narsaga sinchkovlik qilgan, har nar­
saga hayratda qolgan... Ota-bolaning ular bilan 
ishi bo‘lmadi. Faqat kitobхonadan har zamonda 
Onabibining chinqiriq ovozi eshitilib qolardi:
– Dada, dada! Azimjon akamning oyilari ham 
Onabibi ekan!
– Buva, buva! Temir muallimi bilan masala ta­
lashib qoluvdi, yengibdi!
Ota-bolaning qulog‘iga bu gaplar kirmasdi, al­
batta. Ochil buva Orif akaga dalda berar, «Nima 


148
Asqad Muxtor
bo‘lsa ham, faqat ko‘nglingdagini gapir, o‘z o‘yla-
gan o‘yingga qildek soхta gap aralashsa, yutib 
chiqqaning bekor», deb o‘git o‘qirdi.
U o‘g‘lining ko‘ngliga ishonch solib, yelkasi­
ga qoqib kuzatdi. Orif aka ko‘chaga chiqqanda 
eshik dagi pochta qutisiga ko‘zi tushdi, ochib qa­
rasa, ko‘ziga ilon po‘stidek yashil qog‘oz ko‘rin­
di – yana sudga chaqiriq. Qo‘lida ushlab birpas 
o‘tirdi-da, g‘ijimlab cho‘ntagiga soldi. Tinchib 
ketdi, deb o‘ylagan edi. Hali ham mijg‘ishayotgan 
ekan-da. «Borib bo‘pman, qolaversa, raykom ko­
tibiman-a! Nima ham qilardi...»
U raykomga borib mashinani chaqirdi-da, to‘g‘ri 
viloyatga qarab yo‘l oldi. Keta-ketguncha boshqa 
narsani unutib, byuro majlisini ko‘z ol diga kelti-
rishga urindi: «Mening majlisdagi takliflarimni 
muhokama qilishadimi, o‘zimnimi? Takliflarimni 
muhokama qilishsa – men ulardan qaytmayman, 
men ularni yana ham asoslayman. Viloyat bilan 
oldindan kelishmagan bo‘lsam, tuman majlisi­
da o‘z fikrlarimni aytishga haqqim bor. O‘ylaga-
nimni hamma joyda baralla aytaman, ba’zilar-
ning po‘panagi to‘zg‘isin, mayli, meni haydashsa 
haydashsin, men his uyg‘otaman, his! Maryam 
bo‘zarib, chinqirib gapiradi-ku. Gapirsa gapirar, 
«qog‘ozboz» deganimni ham qay tib olmayman... 
Menda qoloqlikdan asar topgan bo‘lsa, balli, le­
kin unda ham qog‘ozbozlikdan ancha-muncha 
yo‘q emas. Bilib qo‘ysin».
Byuro majlisi juda kechikib boshlandi. Mariya 
Vasilyevna yo‘q edi. Uni yana birpas kutishgan­
dan keyin, birinchi kotib asabiyroq qiyofada orqa 
eshikdan kirib, e’lon qildi:


149
Chinor
– Mariya Vasilyevna yo‘q, bugun kelmaydi, 
shuning uchun ikkinchi masaladan boshlay­
veramiz. – Birinchi kotib pastakkina, yuzlari 
salqi, peshanasi keng, ko‘zlari o‘tkir kishi edi. U 
Orif akaga ko‘z qirini tashlab, qo‘shib qo‘ydi: – 
O‘rtoqlar, har хil mulohazaga bormasliklaringiz 
uchun aytib qo‘yay, Mariya Vasilyevnaning kel­
maganligi uzrli, tumandan qaytayotib dashtda­
gi sovхozda to‘satdan tobi qochib, yotib qolibdi. 
Yurak kasali deb хabar berishdi.
«Titilib ketsam ham jang qilaman», deb shay 
bo‘lib o‘tirgan Orif aka birdan qurolini oldirib 
qo‘ygandek, sarosimaga tushib qoldi. Ko‘z o‘ngi­
da Maryam, uning tog‘ga chiqqandagi og‘ir hansi-
rashi, oqarinqiragan yuzi ko‘z oldiga keldi. Qayer­
da? Qaysi sovхoz? Garmselda qolib ketdimikan? 
Rutubatli garmsel nafasni bo‘g‘adi...
Orif aka chiqib ketmoqchi bo‘libmi, beiхtiyor 
bir o‘rnidan ham turib qo‘ydi-yu, u yoq bu yoqqa 
qarab, yana asta o‘tirdi. Majlis boshlanib qolgan 
edi. Qandaydir RTSlarning qarzlari haqida gapi-
rishardi, Orif akaning qulog‘iga kirmadi. Yurak!.. 
Yurak kasali. Orif aka o‘z yuragining ham qini­
dan chiqqudek bo‘lib dukillayotganini sezdi. Vu­
judi yonib ketayotgan edi... «Tez yordam» yubo­
rildimi, yo‘qmi, aytishmadi ham... Qaysi sovхoz? 
Uchinchi bo‘lsa, ambulatoriyasi bor...
Odamlar hech narsa bo‘lmagandek hamon ga­
pirishar edi. Bir masalaning muhokamasi Orif aka 
nazarida besh-olti soatga cho‘zilgandek bo‘ldi. Bir 
ilojini qilib chiqish kerak... Chiqib ketish kerak.
Orif aka eshikni mo‘ljallab, alanglab turgan­
da birinchi kotib salqi yuzini stoldan ko‘tarmay 
so‘rab qoldi:



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish