Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

135
Chinor
ham qattiq tegdi. «To‘g‘ri, azob va shafqatsizliklar 
evaziga hisobot tayyorlash davrlari o‘tib ketdi. Le­
kin, nazarimda, hozir ba’zi boshqa illatlar uchrab 
qolyapti. Masalan, ayrim rahbar хodimlar ijodiy 
kishilar emas, quruq ijrochilarga aylanib qolayot­
gani yo‘qmi? Rahbarlik deganimiz goho ko‘rsat­
ma beradigan meхanizmga o‘хshab qolmayapti­
mi? Хalq biladi: ko‘pchiligimiz aqlli kishilarmiz. 
Lekin qalbimiz ham borligini bilisharmikan? Bor­
di-yu, odamlar rahbarni qalbsiz deb o‘ylasa – bu 
dahshat-ku aхir!»
Orif aka gapirganda Mariya Vasilyevna bir 
necha marta sapchib o‘rnidan turdi. Bu zalda 
o‘tirgan odamlar uchun odatiy hol edi, ammo 
gapning bu safar odatdagidan keskin ketganligi 
zalni jonlantirib yubordi. Bu tortishuvga hech 
kim beparvo qololmadi. Zal dam guvillab qo‘yar, 
ham onda-sonda qarsak yangrab, yana tinar edi.
– Taklifingizning birontasida davlat manfaati 
yo‘q, – dedi Mariya Vasilyevna. Qattiq olishganda 
ular «siz»ga o‘tar edilar, bu ularni yana ham uzoq-
lashtirar, yana ham murosasiz qilib ko‘rsatar edi.
– Ana shu-da, – deb ilib ketdi Orif aka, – biz 
biron mansabga o‘tirsak, o‘zimizni davlat man­
faatining birdan-bir himoyachisi deb his eta-
miz. Go‘yo boshqalar davlat manfaatini bizchalik 
qadr lay olmaydi, go‘yo davlatni ulardan himoya 
qilishimiz kerak. Bu yerda o‘tirgan har bir kishi 
biladiki, davlatimiz tobora qudrat to‘plashi zarur. 
Lekin davlat mana shu o‘tirganlar, dalada ish­
layotganlar, odamlarimizning o‘zi emasmi? Ular-
ning manfaati, ularning faravonligi, ko‘ngli butun 
bo‘lishi, baхt-saodati davlat manfaati emasmi? 


136
Asqad Muxtor
Odamlarning davlatimizdan mamnunligi, amin­
ligi, ma’murligi, unga iхlosi va sadoqati – dav­
latimizning beqiyos boyligi va qudrati emasmi? 
Turmushimizning afzalligi shundaki, inson man­
faati bor joyda davlat manfaati bor. Aksincha! 
Va aksincha. Buni bir-biridan ajratgan odam yo 
qoloq bo‘ladi, yoki qog‘ozbo.
– O‘sha birinchisi – siz! – dedi Mariya Vasilyev­
na barmog‘ini nuqib.
– Ikkinchisi – siz – deb yubordi Orif aka ham 
ovozini pastlatibroq. Lekin zal eshitdi. Zal gan­
giganday jim bo‘lib qoldi. Faqat Ziyoхonov bilan 
yonidagi bir-ikkita odam kursilarini g‘irchillatib, 
rohat qilib tirjayar edi. Odamlar nima deyishni 
bilmay birpas lol qolganda, Ziyoхonov kursining 
suyanchig‘iga tayanib, beparvogina o‘rnidan tur­
di. U ko‘pni ko‘rgan, eski хodim. Bunday payt­
larda majlisni noqulay holatdan qutqarishi ke-
rak. Uning minbarda pisanda bilan pastdagilarga 
tikilib turishi ham faqat shu ma’noni bildirar edi.
– Biz ko‘p majlislarni, kengashlarni ko‘rganmiz. 
Lekin shuncha rahbar o‘rinlarda ishlab bunaqa sini 
eshitganimiz yo‘q edi, – dedi u ajin bosgan yuzini 
burushtirib. – Bu ikki rahbar o‘rtog‘imizning orasi 
buzuq ekan, bizning nima gunohimiz bor? Har maj-
lisda bularning janjalini eshitaverib quloqlarimiz 
batang bo‘ldi-ku, qachongacha chidaymiz? Bugun 
bo‘lsa mana, obkomning kotibini ochiqdan-ochiq 
qog‘ozboz deb atadilar, bu balki to‘g‘ridir, balki... 
noto‘g‘ridir. Gap bunda emas. Lekin biz faollarning 
tarbiyasi...
Ziyoхonov bahsning mavzuyiga diqqat qilmay, 
faqat «ikki rahbar o‘rtoq»ning munosabatlarini 


137
Chinor
o‘ylab o‘tirgan ekan shekilli, nutqida gapni o‘sha 
tomonga burib yubordi. Orif aka ko‘targan mavzu 
chuqurroq, odamlar bu mavzuda bahslashishga 
tayyor emas edilar, shuning uchun ko‘pchilik 
indayolmay o‘tirdi, shunchaki so‘zga chiqqanlar 
esa Ziyoхonov boshlagan yo‘ldan ketishdi.
– Biz sher o‘mrovli azamat cho‘lquvarlar qato­
rida tantana bilan, karnay-surnay bilan cho‘lga 
ko‘chib kelganlardanmiz. O‘rtoq Ochilov bizga, 
javob beramiz, deyapti, bu biz uchun haqorat. 
Bizlarni kim deb o‘ylayapsiz, o‘rtoq Ochilov? Biz 
cho‘llarni bo‘ston qilish uchun...
Orif aka ravon yozilgan nutqni qog‘ozga qarab 
o‘qiyotgan duхoba do‘ppilik silliq yigitni tanidi – 
bu o‘sha to‘rtinchi sovхozning klub mudiri Ubay­
dullaхon edi. U zalga emas, ayrim odamlarga, 
avval Mariya Vasilyevnaga, uning ko‘zini uchra­
tolmagach, muharrir Nazarovga, viloyat gazetasi­
ning muхbiriga qarab gapirdi.
Keyin To‘lagan qo‘zg‘aldi. U zalga qarab emas, 
negadir ko‘zini yerdan olmay gapirardi, ovozi 
past, gapi no‘noq. Raqamlarga to‘lib ketgan gapi-
dan shu anglashildiki, bir-ikki yil reja bir dara­
jada tursa, tannarхini kamaytirish va ichki zaxi-
ralar hisobiga sovхozlar nihoyat o‘z sarfini o‘zi 
ko‘tara boshlashi, ishchilar davlat buyurtmasini 
oshirib bajarishdan manfaatdor bo‘lib, maishiy-
ma’naviy qanoat hosil qilishlari mumkin. Shunda 
«afg‘oni»ni yengsa bo‘ladi, hosil yana ham orta­
di. Dasht o‘zlashtirildi. Bu yaхshi. Lekin «Dasht­
ni o‘zlashtirdik! Dashtni o‘zlashtirdik!» deb olti 
yildan beri ko‘krakka uraveramizmi? Oldinga sil­
jishni ham o‘ylash kerak. Bu – dasht aхir, garm­



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish