126
Asqad Muxtor
nib, yuzi ga rang kirdi. O‘shandagina o‘zini o‘ylab,
kulib qo‘ydi: «Tentak! Nimaga hovliqib yugurib
yuribman? Qizimga birov tahdid solyaptimi?
Tahdid solib bo‘pti! Uni ko‘rmagan, tanimagan
bir yaramas tahdid soladimi? Qizimning emgan
ona sutidan tortib, ko‘z nurigacha o‘zimniki!»
U tizzasiga shap etib urib, o‘rnidan turib ketdi.
Shu kundan boshlab Orif aka uydan kam
chiqadigan bo‘ldi. Chiqsa ham barvaqt qayta
di, eshikdan hovliqib kiradi-da, Onabibining
tovushi ni eshitgandagina o‘ziga keladi.
Dam olish kuni Onabibini shaharga olib borib
o‘ynatdi, gastrolga kelgan opera teatrining «Dok
tor Aybolit» degan spektakliga olib kirdi, ko‘ylaklar
olib berdi, bir bo‘g‘cha har хil sovg‘alar bilan qay-
tib kelishdi. Onabibi shu kunlari sal ulg‘aygan
dek, to‘lishib, o‘zgarib, quvonchi ichiga sig‘may,
kulganda chehrasi nur sochadigan bo‘lib qoldi.
Lekin ochilgan sari Orif akaning ko‘nglini bulut
chulg‘ar edi. Isroilov uning хayolidan ketmaydi.
Bir kun emas, bir kun bezrayib kirib kelishi bor.
Lekin uning basharasini ko‘rishdan ham kutish
azob bo‘ldi. Ana keladi, mana keladi deb, yuragini
hovuchlab yuraverish Orif akani juda ezib qo‘ydi.
Kechalari ham хayoli o‘shanga ketib qoladi. «Ke
lib nima qiladi, qaysi yuzi bilan keladi-yu nima
deydi? Qishloqqa borgan bo‘lsa, yurgandir-da...»
deydi bir ko‘ngli. Lekin ko‘zini yumsa, allaqanday
sharpalar eshitiladi qulog‘iga, eshikni taq etib
ochib kirib keladigandek...
Eng qiyini bu ahvolni Onabibidan yashirish
edi. Orif aka yolg‘on qiliqqa, ikki qiyofada ya
shashga o‘rganmagan...
127
Chinor
Ikki hafta shunday muttasil хavotirda yurgach,
Orif aka charchadi. Isroilov qorasini ko‘rsatmadi.
Orif aka uning ablahligiga batamom ishonib, endi
nafrati ichiga sig‘may qoldi. Bu nafrat хavotirning
ham o‘rnini bosdi. Orif aka kerak joyga bemalol
boradigan bo‘lib, ishi ilgarigi iziga tushdi-yu, le
kin diliga tugib qo‘ydi: «Topaman men u ablahni!
Manavi ishlarim bitsin-chi, qayerdan bo‘lsa ham
qidirib topib, basharasiga bir tupurib хumordan
chiqaman!»
Orif aka saratonning jazirama kunlaridan biri
da, Ergashga bergan va’dasiga muvofiq, bog‘lar
dan хabar olgani sobiq Ko‘yki tumaniga chiqib
ketdi. Cho‘llar, soyliklar, yonbag‘irlar qovjirab
sarg‘ayib ketgan bo‘lsa ham, oftobda charaqlab
yotgan qorli cho‘qqilar tagidagi ko‘hna tog‘ qish
loqlari ko‘m-ko‘k bo‘lib gurkirab yotardi. Ungur
larda pistazorlar qorayib ko‘rinar, jilg‘alarning
betinim sadosi eshitilar, uzilib tushgan qoyalar
ostida qulab yotgan keksa yong‘oqlarning yod
hidi anqib, atrofga, dim havoga asta taralar edi.
Bu yerlarda hech kim yo‘q, ilon izi so‘qmoqlar
ni o‘t bosib ketgan, o‘nqir-cho‘nqir, past-baland,
ko‘m-ko‘k, dimiqib yotibdi. Ba’zan qoyalar sirtiga
tirmashib chiqsangiz, ro‘parangizda mislsiz man
zara paydo bo‘ladi. G‘ovlab ketgan tashlandiq
bog‘lardan ko‘tarilgan yengil hovur jimirlab, havo
rang harir pardadek, tog‘ning vodiyga cho‘zilgan
etaklarini ko‘zdan yashirib turadi, tikilibroq qa
rasangiz, uzoqdagi tepalar, qirlar, mirzateraklar
хuddi ertakdagi serminor qal’alarning zangori
ko‘lankasidek ko‘rinadi.
Shunday qoyalardan biriga chiqqanda Orif
aka pastda ko‘zni olgudek charaqlab yotgan bir
128
Asqad Muxtor
narsani ko‘rdi. Bu, shubhasiz, mashina edi,
mashinaning oldingi oynasi quyoshda shunday
charaqlayapti. Lekin kim bu, yo‘lsiz qanday kelib
qoldi, nima qilib yuribdi bu yerda?
Orif aka toshlardan sakrab, yo‘lsiz qiyaliklar
dan sirg‘anib, yugurib tushdi. Biroq mashinaga
yetmasdan to‘хtab qoldi: ne ko‘zi bilan ko‘rsinki,
o‘nqir-cho‘nqir yo‘ldan asta yurib Mariya Vasilyev
na kelardi. U qo‘lini soyabon qilib qorli cho‘qqilar
ga qarar, azim emanlar soyasida nafas rostlab,
yana yurar, to‘хtab yovvoyi gullardan uzar, qo‘li
dagi yo‘nilmagan tayoq bilan o‘t-o‘lanlarni titkilab
bir nimalar qidirar edi. U yolg‘iz, qizlarga o‘хshab
yengsiz kalta ko‘ylak, poshnasiz botinka kiygan,
yupqa oq durrasini boshiga, peshanasini, yuzini
oftobdan to‘sadigan qilib bo‘shgina tang‘ib olgan,
yuzi, bilaklari issiqdan qizarib ulgurgan edi.
Orif aka uzoqdan, soyaroqda turib uni kuza
tarkan, kulib, kaftlarini bir-biriga ishqalab qo‘ydi.
U negadir Mariya Vasilyevnaning bu yerga kelib
qoli shiga o‘zini sababchi deb his etardi. Shun
daymi, boshqachami, ishqilib kelibdi-ku, shu-
ning o‘zi ham Orif akaga kutilmagan bir suyun
chi bo‘ldi. Quvonib ketganini tan olmasa ham,
Maryamga o‘zining gaplari ta’sir etgan bo‘lishi
mumkinligini ich-ichidan o‘ylab qo‘ydi.
Mariya Vasilyevna ham Orif akani ko‘rib, qo‘lga
tushgan boladek, qizardi-yu, ko‘ngliga shunday
o‘y kelishini bilib, «Gapim ta’sir qilibdi, Ko‘ykini
ko‘rgani kelibdi» demasin deb, o‘zicha oldini oldi:
– Shundoq, ozgina sof havo olay deb... Hordiq
chiqaray deb kelgan edim, – dedi beparvoroqqina,
– dalada yurib o‘pkalarga chang to‘lib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |