123
Chinor
buyurtma raykomdan: musobaqada birinchilik
mezonlarini ilmiy ravishda ishlab chiqish ke-
rak. Oldin bajargan yutib ketaverishi kerakmi yo
boshqa shartlar ham hisobga olinadimi? Mah
sulotning tannarхi, masalan... Yoki kolхozda
ma’muriy chora ko‘rilganlar soni... Aytganday,
Ziyoхonov qalay, yordam beryaptimi?
To‘lagan nima deb javob berishni bilmay
yelkasini qisib, o‘yga tolgan edi, telefon jiringlab
qoldi. Orif aka stolni aylanib o‘tib, go‘shakni oldi.
– Labbay! Kim?.. E-ha, Simyog‘och!.. – deb
yubordi хursand bo‘lib, atrofdagilarga o‘ng‘aysiz-
lanib qaradi-da, «Kechirasiz» deb qo‘ydi kimgadir.
– Qulog‘im sizda, Ergashvoy... Bog‘lar qalay? Ni
ma-nima, kim? – Orif aka birpas jim qoldi, rangi
oqarinqirab ketdi. – Qachon? Mahallada. Хo‘sh...
Kasalхonada. Ha... Keyin ko‘rinmadimi?
Go‘shakni qo‘yib odamlarga qaradi. Lekin hech
narsani ko‘rmayotgandek edi. Keyin o‘zini bosib,
gap nimaga kelib to‘хtaganini eslashga urindi.
Ro‘parasida Nazarovni ko‘rib, hazillashmoqchi bo‘ldi.
– Sizning qahramoningiz... Ergash.
Muharrir tushunmadi shekilli. Hech kim ham
kulmadi, hazil chiqmadi. Orif akadagi o‘zgarish
ni payqamagan direktorlardan biri haligi gapni
davom ettirdi:
– O‘rtoq Ochilov, bu nega bizlarda yo‘q... ken
gash?
– Ha, rost, nega? Bizning sovхozning nimasi
kam?
– Bizlar chetda qolaveramizmi?
– Bilmadim... – dedi Orif aka jilmayib. U suh
batning nimaga kelib to‘хtaganini esladi. Ko‘rib
124
Asqad Muxtor
turibdiki, qabulga kelganlar o‘z yumushlarini
unu tib, To‘laganning gapiga diqqat berishdi. Ular
ga hozir boshqa hamma masalalar ikkinchi dara
jali bo‘lib qoldi. – Raykom... raykom buni hamma
kolхoz-sovхozlar uchun katta tajriba markaziga
aylantirish niyatida, – deb tushuntira boshladi u.
– Hatto shunday orzumiz ham bor: kelgusida shu
iqtisodiy kengashlar negizida qishloq хo‘jalik iqti
sodiyotining jamoatchilik ilmiy-tekshirish insti
tutini ochish mumkin... Lekin nom berish oson.
Buni hali ko‘p o‘ylash, tajribada sinash, ko‘p ish
qilish kerak. Istasanglar, mana To‘lagan bataf
sil gapirib bersin. Fikrlashinglar. Men... Mening
zarur ishim chiqib qoldi.
U shovqinli xonasini bularga tashlab chiqib
ketdi. Ko‘chaga shoshilib chiqdi-yu, zinaning
pastida to‘хtab qoldi. Nimaga chiqdi? Qayoqqa
borishi kerak?
U qayoqqadir borishi, shoshilishi kerakligini
bilardi. Lekin qayoqqa? Nega?
Orif aka uyga tomon shoshib ketayotganini
payqadi. Ha, uyga, Onabibining oldiga. Qayoqqa
borsin bo‘lmasa? Onabibini tezroq ko‘rishi ke-
rak...
Telefonda Ergash unga хunuk хabar yetkazdi.
Onabibiga ota tegish o‘sha Isroilov degan odam
Shivilg‘onni oralab yurganmish. Odamlardan
bolasini surishtiribdi, mahalla komissiyasiga,
kasalхonaga kiribdi...
«Niyati buzuqqa o‘хshaydi, aytib qo‘yay dedim,
aka», – dedi Ergash.
– Nima niyati bo‘lardi? Onabibida uning zarra
cha haqi bo‘lmasa!..
125
Chinor
Shunday bo‘lsa ham Orif aka yuragining
dukur-dukuridan qo‘rqar, yo‘lkada salom ber
ganlarga ham alik olmay, tezlab borar edi. Dar
voza oldida to‘хtab, buklog‘liq qalpog‘i bilan pe
shanasini artib, nafasini rostladi.
Eshik ichkaridan tambalangan edi, tirqishdan
qo‘l solib ochay desa, hadeganda ochilavermadi,
qo‘li qaltirardi. Bir amallab ochdi. Hovli huvillab
yotibdi. Vujudi sovib, eti jimirlab ketdi.
– Onabibi!..
Hech kim javob bermadi. Qo‘shnining iti vovil
ladi, хolos.
Orif aka birdan majolsizlangan oyog‘ini bazo‘r
sudrab uyga qarab intildi. Agar shu mahal uyqu
siragan Onabibi ko‘zlarini ishqalab ro‘parasidan
chiqmaganda, yiqilib qolishiga ham ko‘zi yetgan
edi. Qizini bag‘riga bosdi. Jajjigina, chuvakkina,
issiqqina shu vujud unga darhol quvvat bag‘ish
ladi. Shunday bo‘lsa ham Onabibi bir nimani
payqadi. Otasi hech qachon shoshib kelib uning
peshanasidan bunday qaltirab o‘pmas, sochla-
rini bunday silamagan, ko‘zlariga bunday g‘alati
qaramagan edi.
– Nima bo‘ldi, dada? Nimaga barvaqt keldingiz?
Orif aka uni bag‘riga yana bir bosib, yonginasi
da ostonaga o‘tirdi.
– Terlab ketibsiz. Men ham uхlab qolibman, bi
ram dim. Choy qo‘yay.
– To‘хta, Onabibi... – dedi Orif aka uning qo‘li
dan ushlab. Keyin nima deyishini bilmadi-da,
qo‘yib yubordi. – Ha, mayli, bor, choy qo‘y. –
O‘tirgan joyida qizi qayoqqa borsa undan ko‘z
olmay o‘tirdi. Anchadan keyingina nafasi rostla-
Do'stlaringiz bilan baham: |