114
Asqad Muxtor
Shivilg‘onda hatto ashula ham bor.
Simyog‘ochning bog‘lari marjon uzum,
Marjon qilib taqa qol, shahlo ko‘zim...
Sentyabr oylari ishkomlarda barg ko‘rinmas,
shig‘il husayni, har boshi naq bir savat bo‘lar
di. Har donasi kahrabodek sap-sariq, beg‘ubor,
quyosh botganda ichida cho‘g‘ yonib turganday
ko‘rinar edi.
– Nima qilib yuribsiz, S... sim... Ergash?
– Shundoq... – dedi otasi kabi sodda Ergash
qo‘lga tushib qolgan boladek, belidagi, yelkasida
gi asboblarni qayoqqa qo‘yishini bilmay. – Ray
kom bo‘psiz, aka, eshitib хursand bo‘ldik.
– Gapni chalg‘itmang, siz cho‘lga, sovхozga
ko‘chib tushmaganmidingiz?
– Ko‘chib tushgan edik, aka.
– Bo‘lmadimi?
– Bo‘lmadi...
– Sovхozdan qochib, shaharda eshikma-eshik
хomtok qilib yuribman deng?
Ergashning soqol bosgan yuzi bo‘zarib ketdi,
tipirchilab, atrofga qaradi.
– Kasal, aka, qaysi hovliga kirmang tok kasal.
Tog‘dan kul tushyapti, – dedi Ergash o‘zining
kasal bolasi haqida gapirgandek mung‘ayib.
– «Хo‘jayka binagrat chkanka»mish. Paхta
ekish o‘zi bo‘lmaydi. Chidamapsizda-a?
– Men chidayman, aka. Har narsaga chiday
man... – Ergash barg shirasi singib ketgan qadoq
kaftiga boqdi, kattiq prujinali bog‘ qaychisining
dastasini g‘irchillatib qisdi. – Bu yerda ham pulni
so‘qayotganim yo‘q... Bog‘ bering menga, qaytib
boraman, raykom aka!
115
Chinor
Orif aka yigitning tovushida yig‘lamsirash
ohangini eshitgandek bo‘ldi. Shu zumdayoq o‘zi-
ning ko‘ngliga ham bir nima soya soldi. Bu unga
tanish g‘ashlik edi.
– Qochgan bo‘lsangiz yuravering! – dedi Orif
aka jahl bilan va jadal qayrilib jo‘nab qoldi.
Jo‘nadi-yu, Ergashga juda achindi. Bir vaqt
kimsan mirishkor bog‘bon, hamma bog‘dor tu
manlarga dong‘i ketgan, o‘z o‘rnini topgan, ha
yotdan mamnun, qo‘li gul yigit edi. Hozir bo‘lsa
ko‘chama-ko‘cha... Uning ustiga, jerkib tashladi.
Birovning hovlisidagi tokning kasalini yig‘lagudek
bo‘lib gapiryapti. Uning aybi nimada? O‘z qutlug‘
kasbiga shu qadar ko‘ngil qo‘yganidami?
Orif aka birpas toptanib turdi-da, haligi joy
ga qaytdi. Qarasa, Ergash narigi muyulishda bir
yelkasi bilan devorga suyanib, bosh egib turardi.
Orif aka uni chaqirmadi, oldiga bordi. Yo‘taldi.
Ergash cho‘chib bosh ko‘tardi.
– Esimga tushdi, nos chekardingiz shekilli, Er
gashvoy, bormi?
– Ha... ha-ha, bor, – deb yigit qat-qat qiyiqlari
ni tita ketdi. Jez qoplagan nos qovoqning popukli
tiqinigacha kul tushgan uzum novdasining zaх
hidi singgan edi.
– Ha, kul tushib yomon bo‘libdi-da, – dedi Orif
aka bir chimdim nos otib. – Yo‘qotish qiyinmi?
– Yo‘qotish mumkin. Ammo lekin butun vodiy
ga tarqasa yomon bo‘ladi.
– Ha... undoq deng. – Orif aka kamaridan
qalpoqni olib, qoqib boshiga kiydi. Oftob qizita
boshlagan edi. – Menga qarang, Ergash, siz...
Shivilg‘onga qaytib boring.
116
Asqad Muxtor
Ergash ko‘zini pirpiratib, tushunmagandek,
savol nazari bilan qaradi.
– Qayting, ha. Butunlay.
– Hazillashmang, Orif aka.
– U yerda ba’zi keksa bog‘bonlar bor. Man sur
otani ham qaytaramiz. Kuchlaring yetgancha
bog‘larni tiklanglar. Sumbultomchiliklarni ham
asta-sekin qaytaramiz.
– Orif aka! Raykom aka! Chiningizmi?
– Aytganday, bola-chaqa qalay, sog‘-salomatmi
hammasi?
– Ha.
– Olib keting barini. Uylarni, chaylalarni tuza
tib olinglar. Keyinroq bog‘larni borib ko‘raman.
Pul-mul qalay?
– E-e, pul kerakmas menga! Kunimiz o‘tar.
Baхtimizga o‘zingiz kelib qolibsiz, aka, rahmat!
Shivilg‘onni yana gullatmasam, rahmatlik otam
mendan rizo bo‘lmasin.
U soqollari o‘siq bo‘lsa ham, allaqanday
ko‘rkam bo‘lib ketdi. Hovliqib qolganidan Orif
akani quchoqlab ham olmoqchi edi shekilli, o‘zi
ni bosib, qo‘pol qo‘llarini uzatib qo‘ya qoldi. Orif
akaning ham ko‘ngli o‘sib ketdi.
– Simyog‘och! – dedi хayrlasharkan, yelkasiga
qoqib.
Orif aka ishdan qaytib kelganida hovli to‘la
bola edi. Shovqin-suron bilan mashinani qurshab
olishdi, biri kabinaga kirib, biri kuzovning orqasiga
osilib, biri tepasiga chiqib, rosa yayrab qichqirish
di. Onabibi otasining bag‘ridan qutulgandan keyin,
bitta-bitta quvib yurib hammasini har yoqqa tirqi
ratib yubordi. Hovli jimjit bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |