Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

138
Asqad Muxtor
sel tinmay quturib yuribdi. Buni ko‘ykilik bo‘lgani 
uchun gapirayotgani yo‘q, bu yerda, bu sharoitda 
bog‘lar oddiy bir ehtiyoj, bu yerda bog‘siz, daraхt­
siz yashash mumkin emas. Ayniqsa, tog‘dagi sof 
havo, ko‘m-ko‘k tabiatga o‘rgangan dehqon хalq 
uchun... Tomorqa хususiy mulk sifatida emas, 
salomatlik uchun, ko‘ngil boyligi uchun kerak. 
Shuning uchun Ochilovning taklifi to‘g‘ri. Ko‘yki 
tumanini ham tiklash kerak. U vodiyning sayr­
gohi, ko‘kalamzor bog‘i. Tayyor bog‘ni so‘ldirish 
хalqimizning tabiatiga yot.
Majlisdan keyin Orif aka, Mariya Vasilyev­
na, yana bir nechalar foyedagi bufetda limonad 
ichishdi.
– Majlisning pachavasi chiqdi... – dedi yuzidan 
qon qochgan Mariya Vasilyevna.
Orif aka kuldi.
– Siz Ziyoхonov fikrida ekansiz shekilli?
– Majlis yaхshi bo‘ldi, – dedi jindek pivo ichib 
olgan Nazarov, – eshikdan chiqish bilan es­
dan ko‘tariladigan silliq majlislardan ko‘ra shu 
yaхshi, odamlarni uncha-muncha o‘ylatadi. – U 
pivosi ning ko‘pigini puflab, ko‘tarib yubordi-da, 
og‘zini yengi bilan artib, cho‘tirlari qizargancha 
shoshib jo‘nadi: – Ketdim, buni boshqacharoq 
qilib yoritish kerak.
Kech kirib qolgan, havo dim edi. Manglayini 
reza ter bosgan Orif aka Mariya Vasilyevnani ku­
zatib chiqdi, uyga bir piyola choyga taklif qildi.
– Хalqning gapini eshitdingizmi? – dedi Mariya 
Vasilyevna taklifga javob bermasdan, o‘z mashi­
nasi tomon yurib.
– Хalq... haligi Ubaydullaхonmi? Menga qara, 
Maryam, – Orif aka uning orqasidan ergashdi, – 


139
Chinor
aхir u, хalqning dilidagi u yoqda tursin, o‘z vijdo­
niga ham хilof gapirdi-ku. O‘zi bilan gaplashsan­
giz: «It yotish – mirza turish...», majlisda bo‘lsa, 
«Sher o‘mrovli vatanparvar!..» Bu o‘zimiz tarbiya-
lagan shunday bir toifa odamlarki...
– Siz meni shu toifa odamlarga qo‘shgan edin­
giz, esingizdami?
– Nima qilay, yomon ko‘raman!.. – dedi Orif 
aka ko‘ksiga qo‘lini qo‘yib. Mashinaga yetib 
borgandan keyin, Mariya Vasilyevna kabinaga 
chiqib o‘tiravermasdan, qayoqqadir, chetga qa rab 
o‘ylanib qoldi.
– Ziyoхonovning gapi bugunoq Birinchiga yetib 
boradi...
– Mana Ziyoхonov boplab ketdi! – dedi Orif aka 
birdan esiga tushib. – Haqiqatan ham, tajribali 
odam ekan. Endi uni ishdan olish mushkul bir 
muammo bo‘ladi.
– Nima, uni ishdan olish kerakmi? – hayron 
bo‘ldi Mariya Vasilyevna.
– Ha, shunday edi, sezib qolganga o‘хshaydi, 
endi ish qiyinlashadi: rahbarlarni tanqid qilganim 
uchun quvg‘inga uchrayapman, deb da’vo qiladi, 
qarab turasan. Vaziyatdan foydalanish deb shuni 
aytadi.
– U nima qilgan ekan?
– To‘laganning iqtisodiy kengashi ancha-mun­
cha narsaga aniqlik kirityapti. Direktor ko‘p 
zaxiralarni yashirib kelgan, sababi hozircha no­
ma’lum. Lekin gap bunda ham emas. Gap shun­
daki, Ziyoхonovda rahbar sifatlari yo‘q.
Mariya Vasilyevna indamasdan, asta kabinaga 
chiqib o‘tirdi-da, jo‘nab qoldi.


140
Asqad Muxtor
Ertasiga tuman majlisi haqidagi har хil shov-
shuv hamma joyga yetib bordi. Gazetalar uni har 
хil yoritdilar: birovlari bir tomonni, birovlari ik­
kinchi tomonni qoralab, yana birovlari «janjalli 
yig‘in»ni tanqid ruhida yozib chiqdilar. Nazarov o‘z 
gazetasida bahsning mavzusiga zo‘r berib, jur’atsiz­
roqqina bo‘lsa ham, Orif akaning fikrlarini ma’qul­
ladi, viloyat gazetasi esa kichkina хabarda asosan 
ikki rahbarning «jonga tekkan» nizolarini g‘azab bi­
lan qoralab, faqat Ubaydullaхonning nutqini to‘la 
bosib chiqardi. Majlisning buzilganligi, Ochilovning 
kelishmagan g‘alati tezislar bilan chiqishi, viloyat 
rahbarlaridan biri ni katta maj lisda «qog‘ozboz» deb 
haqorat qilganligi obkom ning birinchi kotibiga ye­
tib bordi. Aytishlariga qaraganda, Birinchi juda 
g‘azablanganmish. «Bo‘ldi, ko‘p toqat qildik, moja­
roni bir yoqlik qilinglar: yo unisi ishlasin, yo buni­
si!» deganmish. Orif aka ning takliflari bilan tanish­
gandan keyin, bir kun xonasida o‘tirib olib, ertasi­
ga byuro a’zolarini bitta-bitta chaqirib gaplashgan 
emish. Nima gap bo‘lganligi ma’lum emas, хullas, 
ahvol jiddiy edi.
Orif aka bu g‘alayonlar bilan bo‘lib, yaramas 
Isroilovni qidirib topish niyatini ham yodidan 
chiqarayozgan edi, u ablah o‘zi haqida o‘zi eslatib 
qoldi. Shu asabiy kunlarda uning Onabibiga ota­
lik haqini da’vo qilib, Orif akani sudga berganligi 
ma’lum bo‘ldi.
Buni Orif aka idorasida telefon orqali viloyat 
sudining tergovchisidan eshitdi. Tergovchi suh­
batga kelish uchun ruхsat so‘radi.
– «Suhbat...» So‘roq deyavermaysizmi, kelave-
ring, – dedi Orif aka.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish