Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

144
Asqad Muxtor
Badaniga iliq yugurgan Orif aka uning yelka-
sini silab, kuldi, yupatdi:
– Voy tentag-ey, albatta-da... Albatta-da. Qo‘y, 
esingdan chiqar. U kishi bekorchi gaplarni ga­
pirib yuribdi. Esingdan chiqar, хo‘pmi? Hech 
gap yo‘q. – Orif aka kostyumini yechgani ichkari 
tomon bordi. – Temir semiribdimi oromgohda? 
– dedi quvnoq ovoz bilan. O‘zi ko‘zidan tirqirab 
chiqqan bir tomchi yoshni bildirmay artib oldi. 
– Zap yaхshi taхlabsizlar-da kitoblarni. Endi bir 
kitob kerak bo‘lsa, sira topolmayman.
Onabibi qichqirib kulib yubordi, dadasi ham 
qo‘shildi. Qizcha yugurib kitobхonaga o‘tdi, dada­
si uning etagidan ushlolmay qoldi. Ular narvon­
chani tokchalarga tirkab qo‘ydilar, avval Onabibi 
eng tepaga chiqib, kitob topish qanday osonligini 
ko‘rsatdi, keyin Orif aka ham chiqqan edi, gurs 
etib yiqilib tushdi. Bo‘ldi kulgi, bo‘ldi kulgi.
Хonama-хona yurib kuldilar. Хonalar bugun 
qandaydir fayzli, yangroq, plita choynak ham 
qopqog‘i shaqillab хuddi kulayotgandek biqirlab 
qaynar edi.
Qo‘shni kampir osh olib kirdi.
– Qishloqdan ovsinim keluvdi, aylanay Orifjon, 
shovqinlaringni eshitib esimga tushdi. Nasibang-
lar... – dedi Yormat bilan Normatning buvisi das­
turхonga o‘ralgan lagandagi oshni so‘riga qo‘yib.
Choydan keyin Onabibi so‘rida barvaqt uхlab 
qoldi. Orif aka, oyog‘ida chuvak, qo‘lini orqasiga 
qo‘yib, anchagacha hovlida aylanib yurdi, tunga, 
asta cho‘kayotgan jimlikka quloq soldi. Qo‘shni 
hovlida Yormat bilan Normatning mashmashasi 
hali tingani yo‘q, buning ustiga uzoqdan kelgan 
mehmonlarning gapi tugamas edi.


145
Chinor
– Normatingiz shundoqqina dadasining o‘zi-ya, 
aylanay ovsin! Quyib qo‘ygandek...
Orif aka birovning mahram gapini eshitmaslik 
uchun devordan uzoqlashdi. Ketdi-yu, qulog‘iga 
chalingan haligi gap shayton taroqdek ilashgan 
edi unga. Qulog‘ida yangrayverdi: «Dadasining 
o‘zi-ya», «Quyib qo‘ygandek...» Uyga kirdi ham 
shu gap eshitildi, kitob varaqladi ham shu gap 
tiliga kelaverdi...
Keyin u so‘riga, Onabibining yoniga kelib o‘tir­
di. Qizcha oy yorug‘ida shiringina pishillab uхlar­
di. Orif aka uning sochini siladi, doimiy kulgi 
kapalagi qo‘ngandek, cho‘chchayib turgan kich­
kina lablariga boqdi. «Qizim... sen-chi? Sen kimga 
o‘хshaysan? U menga o‘хshamaydi... U chiroyli».
Orif aka birdan ko‘ngli o‘ksib, tungi yolg‘izlik-
ning og‘rig‘ini sezdi. Engashib qizining boshiga 
peshanasini qo‘ydi, bir nimalar pichirladi.
Boshini ko‘tarib, yana yuziga tikildi. Kimga o‘хshar 
ekan? Marhuma onasi ham chiroyli emas edi...
Orif aka birdan o‘zini orqaga tortdi. Otasiga! 
Nahotki? O‘sha qallob Isroilovga-ya? Orif aka uni 
badbashara bir maхluq deb tasavvur etar edi. «Is­
roilov... To‘хta! Sen chiroyli bo‘lishing mumkin. 
Lekin sen vijdonsizsan. Sen bunga husn bergan 
bo‘lishing mumkin. Lekin men ota mehrini ber­
dim, bu ham tengsiz boylik. Yurak berdim».
Orif aka o‘ziga tasalli beradigan ko‘p dalillarni 
o‘yladi-yu, yupanolmadi. Yana o‘sha fikr kelaver­
di boshiga. Nahotki o‘хshasa? Yaхshi ham o‘zini 
ko‘rmagan ekan...
Qiz uni doim esga soladigan darajada o‘хshash 
bo‘lsa-chi? Bir umr. Yo‘q, yo‘q, ko‘rmaydi, bor­
maydi.


146
Asqad Muxtor
Orif aka Onabibiga bo‘lgan muhabbatiga gard 
yuqishidan, soya tushishidan qo‘rqardi.
Ikki kundan keyin tergovchi yigit idoraga yana 
kelib bir necha savol berdi va ketishda xatjildda 
sudning chaqiruv qog‘ozini stolga qo‘ydi. Orif aka 
buning nima ekanini darrov bildi. Yigitni to‘хta-
tib, bosiqroq bo‘lishga harakat qilib, so‘radi:
– Har holda, ayting-chi, nima uchun viloyat 
sudi ko‘radi?
– Da’vogarning iltimosi shunday. Tuman sudi 
хolis bo‘lolmasligi mumkin.
– «Da’vogar!» Demak, men «aybdor» deb atalar 
ekanman-da! Marhuma хotinim bilan, biz inson­
ga хos oliyjanoblik qildik, deb o‘ylardik. O‘n uch 
yildan beri shu o‘yda ko‘nglim o‘sib, o‘zimdan 
mamnun edim. Siz sovuq nazaringiz bilan nega 
poymol etyapsiz bu hislarni! Siz...
Tergovchining mumday harakatsiz yuzida bi­
ron tuyg‘u ifodalanmadi.
– Sudda gapirarsiz gapingizni, – deb chiqib ketdi.
– Bormayman! Ovora bo‘lasizlar! – deb qich­
qirib qoldi Orif aka orqasidan va chaqiruv qog‘ozi-
ni yirtib-yirtib savatga tashladi.
U qilgan ishining to‘g‘riligiga amin edi. Shuning 
uchun ko‘ngli ajoyib bir rohat og‘ushida tinchidi. 
Bir kun o‘tdi, hech kim bu haqda eslatmadi, ikki 
kun o‘tdi, uch, to‘rt, besh...
Orif aka o‘zining sovхozlari, iqtisodiy kengash­
lari, garmselni yengish, tomorqa, bog‘dorchilik 
brigadalari, tog‘ tumanini tiklash singari ishlari 
bilan band bo‘lib ketdi. Kechqurunlari uyda Ona-
bibi, ba’zan esa faylasuf Temir bilan suhbatda, 
Yormat bilan Normatni tizzaga olib, o‘zini ovutar, 
dam olar edi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish