169
Chinor
Madumar kulol hadeb tipirchilagan bolasining
kokilidan yerga tortardi.
Tun ayoz, oydin. Chor
atrofda askarlar gulхan yoqib isinishar, qo‘rg‘on
tagidagilar hamon saf tortib, maydonga miltiq
o‘qtalgancha turishar, Jezmo‘ylov bo‘lsa
yonida
qilichini salanglatgancha saf bo‘ylab do‘q-do‘q yu
rar edi. Odamlar bir-birlarini suyab, diydirashar,
loyga yiqilib qolgan paranjili kampir ustida kimdir
bukilgancha yosin o‘qir edi. Yarim tundan o‘tgan
da Madumarning bolasini axiyri o‘q uchirib ket
di. Otasining shuncha xavotiri bejiz emas ekan,
qaysarlik bilan bosh ko‘tarib, askarlarga qarab
di bola boyaqish. Ochil taqachi iztirobda qaddini
rostlab, nimanidir jon-jahdi bilan baqirmoqchi
bo‘lgan Madumarni yelkasidan zo‘rg‘a bosib qol
di. Shundan keyin Madumar bolasining o‘ligi us
tida egilgancha azongacha g‘iq etmadi.
Azonda ichkaridan o‘ntacha zar pogonli zobit
chiqib, o‘ntasi barobar osmonga o‘q uzib, nog‘ora
chalgandan keyin, bitta ko‘zoynakli
tepalikka
chiqib farmon o‘qidi. General janoblari oq pod
sho hazrati oliylari nomidan marhamat ko‘rsa tib,
fitnachi shahar aholisining og‘ir jinoyatiga qara
masdan, fuqaroning hayotini saqlab qolishga qa
ror qildi. Oq podsho hazrati oliylarining irodasiga
qarshi bunday fitnalarning oldini olish maqsa
didaga bu shaharning aholisi shu soatdan bosh
lab Mirzoning cho‘liga badarg‘a qilinadi hamda
ulardan birontasiga bironta shahar yo qishloqda
panoh berganlar oliy jazoga tortiladi.
Maydon birdan qo‘zg‘aldi. Boshiga qon quyil
gan, ko‘zlari qip-qizil odamlarning qad ko‘tarol
ganlari gandiraklab ketdi, belini yozolmaganlari
170
Asqad Muxtor
qichqirib yubordi: Biri og‘riqdan, biri o‘limdan qol
ganiga, biri «badarg‘a» degan so‘zning dahshatidan,
biri хudo ni tilga olib; biri jigarining murdasini o‘z
qo‘li bilan yerlolmay tashlab ketayotganiga...
O‘liklarni oldirmadilar. Madumar ko‘zida yoshi
qurigan, qo‘llari
qaltiragan holda, bolasining
kokilini kesib, qo‘yniga soldi-da, askarlar oyog‘i
ostida qolgan murdadan zo‘rg‘a ko‘z uzib, olo
mon ichida kimlargadir suyanib, odimlab ketdi.
Atrofida otliq askarlar podachilardek hay-haylab
baqirishib, qamchilab
olomonni avval bir joyga
g‘uj qilishdi, keyin tong otmasdan cho‘lga qarab
haydab ketishdi.
Tong otganda Ochil taqachi atrofida hech kim
ni tanimadi. Olomon to‘zon buluti ichida asta
sudralib hamon yurib borar,
orqadan baqirib-
cha qirgan otliq kazaklarning so‘kinishlari eshiti-
lar edi. Ochil taqachi o‘g‘lining qo‘lidan mahkam
ushlagancha alanglab odimlar, «Madumar ama-
king qani? Ko‘rmadingmi?» deb so‘rar edi. Bola
eshitmadi. Uning quloq-burniga tuproq to‘lib,
bitib ketgan edi.
Tong qorong‘isida bo‘lib o‘tgan to‘polonda kim-
lardir qochib ulgurdi, kimlardir otilib ketdi, cho‘l-
da olomonni ikkiga bo‘lib ham yuborishdi she-
killi, хullas, hozir, odam kecha kechqurungidan
ko‘ra ancha kam edi. Kun chiqib, yo‘lsiz, kimsa
siz cho‘lning keng ufqi ko‘ringandan keyin, quv-
g‘indilarning yelkalariga oftob tegib,
olomonga
sal jon kirdi. Nima bo‘lsa ham oyoq ostida yer,
tepada osmon, tirik qolishdi,
biron joyda rizqlari
sochilib yotgandir aхir, terib yeyishar, bundan yo
mon kun lar ham o‘tganki, bosh omon bo‘lsin ish