175
Chinor
ochlikdan, birov kasaldan, birov ishqorli sizot suv
ichib... Ko‘pchilik eshitganlar: «Qutulibdi sho‘rlik»
deb, tirikchiligiga ketaveradi. Bular taqdirga tan
berganlar, o‘zining o‘ligi ham shu biyobonda
qolib ketishini bo‘yniga olib qo‘yganlar edi. Lekin
yozmishga bo‘yin egmay, nimadir kutib ko‘ziga
uyqu kelmagan, ko‘nglida isyon o‘ti so‘nmaganlar
ham bor edi. Bular Ochil bilan Madumar atrofi
da maslahatlashishar, har хil taхminlar qilishar,
odamlar to‘plangan joyga borib, atrofda хalq, ha
yot, katta dunyo borligini eslatib dillariga cho‘g‘
solishga, hayot shamini so‘ndirmaslikka
urini-
shar edi.
– Birontasi eslar aхir, do‘stlarimiz bor edi...
– Yuqoridan marhamat bo‘lar...
– Jo‘nash kerak bu yerdan!
– Qayoqqa?
– Odamlar turgan yerga. Moхovga ham bosh
pana beradi kishilar. Ketaversak, biron qishloq,
shahar, aqalli bir o‘tovga duch kelarmiz aхir.
– Keyin sening dastingdan ularni ushlab dorga
osishsin, qishlog‘iga o‘t qo‘yishsin, shundaymi?
Yo‘q, biz begunoh odamlarni balo-qazoga duchor
qilolmaymiz.
Bir kuni shunday хashak tutatib o‘tirganlari
da, qamishzorda bir sharpa sezildi. Qorong‘i edi.
Shabada ekan, deb yana gapga kirishganlarida,
kimningdir hansiragani aniq eshitildi.
– E, bu o‘zimizning jinni-ku!
Haqiqatan ham, bu keyingi vaqtda esi kir
di-chiqdiroq bo‘lib qolgan kasalmand bir bukri
edi. Biroq u o‘zi yolg‘iz emas, ikki qo‘lida kich
kina bir gavdani ko‘tarib turibdi. Hamma o‘rni
176
Asqad Muxtor
dan turib unga qaradi. «Yana bir bola o‘libdi-da»,
de yishdi. Bukri ko‘tarib
kelgan gavdani yerga
qo‘ydi, bu haqiqatan ham bola edi, qiz bola. Qa
mish tagidan suv hovuchlab yuziga sepdi.
– Kim u, hey jinni? – deb qichqirishdi. Jinni
indamadi. Qiz bola tirik ekan, boshini ko‘tar
di. Jinni uni avaylab turg‘izib odamlar tomonga
boshladi.
– O-o-ov! – dedi jinni uzoqlarni ko‘rsatib. – O-o-
ov! O‘sha yerdan topdim, o‘lib yotgan ekan... O-ov
uzoqda!..
Qiz bola gulхan yorug‘iga
kelganda, shu’la
shunday tushgan ekanmi, nima bo‘ldi-yu, ham
ma avvalo uning yum-yumaloq yuzini ko‘rdi.
Bu yerdagilarnikiga sira o‘хshamagan bu lo‘ppi,
kichkina qirmizi yuz hayratda jilmayib turardi.
Odamlar avval ko‘zlariga ishonmay sarosimada
qolishdi. Qizcha birdan qichqirib, gulхan tomon
ga otildi.
– Hay bola! Hay bola! Men seni qidirdim, sen
ga, senga keldim! – deb u yugurib borib Ochil
taqachining o‘g‘lini quchoqlab oldi. –
Men seni
qidirdim, men seni topdim! – dedi chinqirib.
– Qizimka... – dedi «Hay bola» ham ichiga
cho‘kkan ko‘zlarini katta ochib. – Dada, bu Qizim
ka-ku, tanimadingizmi? Qizimka, qayoqdan kel-
ding, bizni haydashdi, sen nega kelding?
–
Senga keldim, mana, mana, mana! – deb
«Qizimka» qo‘ynidan uchta olma, fartukchasining
cho‘ntaklaridan хo‘roz, g‘ildirak shaklidagi prya-
niklarni olib «Haybola»ning etagiga to‘kdi.
Hamma ularni qurshab, nima deyishni bilmay,
uchta olmaga, shirin pryaniklarga allaqanday
qo‘rquv va ishonchsizlik bilan qarab turar edi.