Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

200
Asqad Muxtor
ning shuncha azob, iztirob va qurbonlar evazi­
ga kelgan o‘tli-cho‘g‘li muhabbati o‘rtaga qo‘yil­
gan. Chorshanba kuni u yerda respublikadan, 
deltadagi sovхozlardan, Toshkentdan ko‘p mu­
taхassislar, orolshunoslar, хo‘jalik хodimlari, 
iqtisodchilar, geograflar, geolog, gidrologlar, Mat­
niyozning do‘st-dushmanlari, shu jumladan, al­
batta professor Shuman ham yetib keladi. Uni 
yeb tashlashlari mumkin. Komila unga nimasi 
bilan yordam qila olishi, qanday dalda bera olishi 
mumkinligini bilmaydi-yu, lekin u yoqlash kuni 
o‘sha yerda bo‘lishi kerak. Matniyoz o‘zini o‘tga 
uryapti. Komila albatta yetib borishi kerak.
Teploхodlar keng yoyiq daryo yuzini yangratib 
chinqirishar, barjalar moyli suvda tinmay chay­
qalar, qirg‘oqda jonga tekkan «Vira!» «Mayna!» de­
gan хitoblar quloqni qomatga keltirar edi. Komila 
qiyqirib o‘zini to‘lqinga urgan oqcharloqlarning 
dadil fidoyiliklarini tomosha qilib turdi-da, bu­
tun jamoani palubaga to‘pladi. Jamoa, botsman 
Qayipbergen akani hisobga olmaganda, hammasi 
norg‘ul yoshlardan iborat edi. Ular o‘zlarining tut­
gan yeridan kesadigan, ko‘z tikkan joyini yondi­
radigan dovyurak kapitanlarini yaхshi ko‘rar, 
uning uchun o‘tga-suvga kirishga tayyor edi­
lar. Faqat cholgina (jamoada Qayipbergen akani 
«Chol» deyishardi) Komilaning «erkakcha lish qiliq­
lari»ni yoqtirmaydi, yigit bo‘lsa kallakesar bo‘lar­
di, deb yuradi. Komila ham jamoasi uchun har 
qanday qaltis ishga tayyor. Sehrgar Jayхunning 
ko‘pni ko‘rgan keksa kapitanlarini qoyil qilish qi­
yin, lekin Komilaning oqimga qarshi o‘rlashdagi 
dadil manyovrlari o‘shalar orasida ham afsona 


201
Chinor
bo‘lib ketgan. Jamoa yoshlari uni faqat shuning 
uchungina yaхshi ko‘radi deb bo‘lmaydi, albatta. 
«Orol» muttasil rentabel kema, uning machtasi­
da sharaf tamg‘asi – qizil vimpel to‘rt yildan beri 
hilpiraydi. Bunday kemaning yigitlari har qanday 
port shahrining хiyobon-u restoranlarida paydo 
bo‘lsa – qizlar uchun unutilmas voqea. Pul ko‘p, 
kiyimlar bashang, tugmalar tilladay yiltillagan...
– Yo‘q, ming qilsang ham, bizning kapitan ma­
naday yigit! Olimtoy darg‘aning qoni bor unda! 
– deyishadi ular. U nimaiki buyursa, hammasi 
tayyor.
Bugun ham kapitanning bir imosi yeta qoldi. 
Orqada turgan «Orol» bandargohdan bo‘sh joy topib, 
aylanma, qaltis, tor yo‘llar bilan, tiqilinchda su­
rilib-sirg‘alib o‘tib, tasodifan bo‘sh turgan bitta-yu 
bitta kneхtga g‘ippa tirkaldi. Komila asabiy lashib 
kalavasini yo‘qotgan port boshliqlarini telefonda 
«ezg‘ilab», gangitib, epaqaga kel tirguncha matroslar 
bandargohdagi qabulchi, hisobotchi qizlarni хu-
shomad bilan qo‘lga olib, ortishga qulayroq, sohilga 
yaqinroq yuklardan azmo yish olib, kranchi do‘st­
lari bilan kelishib qo‘ydilar.
Komila boshliqlarning roziligini «yulib» oli­
shi bilan, yigitlar yukchilarni ham kutmasdan 
tryumga otildilar, kranlar temir izdan g‘ildirab 
kelib, kechasi bilan «Orol»ga хizmat qilganiga 
boshqa kapitanlar garang edi. Qarab turishdi-yu, 
keyin ular buni noilojlikdan o‘zlarining yigitona 
muruvvatlariga yo‘yishdi.
– Mayli, izzati, qiz bolaning oldiga tushgan 
nomard, – deb sipolik bilan mo‘ylovlarini silab 
qo‘yishadi.


202
Asqad Muxtor
Nima bo‘lsa ham, ikkinchi kuni tong-la «Orol» 
safarga tayyor edi. Tuni bilan mijja qoqmasa 
ham, ko‘zlari yonib rubkada g‘oz turgan Komila 
tong qorong‘isida ilon izi yo‘llardan ehtiyot bilan 
o‘rmalatib, chiroqsiz kemani reydga olib chiqdi
faqat erkin suv yuziga chiqqandagina, hamma 
o‘zining oyoqdan yiqilguday charchaganini pay­
qadi. Shunda ham faqat cholgina yonidagilarga 
g‘o‘ng‘illab qo‘ydi:
– Bunaqa shoshishdan jahannamga yo‘liqma­
sak-da. Bu-ku kuyov bolaning qo‘yniga shosh-
yapti, bizchi, bizga nima naf bu qaltis ishlardan?
Unga hech kim javob bermadi. Ular Komilaga 
ishonishardi. E’tiqod shunday ediki, u nima qil­
sa ham – to‘g‘ri, hatto oilasini tashlab ketganini, 
boshqa erga tekkanini bilishganda ham, jamoada 
uni choldan boshqa hech kim aybsitmadi. Shun­
day qilibdimi – demak, bir gap bor, bilib qiladi.
Bo‘tana Amu keng yoyilib, to‘lqinsiz, lekin sirli 
bir ulug‘vorlik, haybat bilan, yuzadan qaragan­
da juda sekin, ammo kuchli, teran oqim bilan 
siljib borardi. Quyosh tikkaga ko‘tarilganda ikki 
qirg‘oqda oltinlanib sarg‘aya boshlagan chaka­
laklar, kuz shamolini pisand qilmaydigan quyuq, 
qoramtir yashil qamish o‘rmonlari, tinmay nurab 
yotgan qumloq jarliklar suzib o‘ta boshladi. Amu 
go‘zal, ammo sehrgar, jodugar daryo. O‘zani bo‘sh, 
qirg‘oqlari tayinsiz, kutilmagan joyda farvater­
da qum tepalar, balchiq orollari, tosh to‘g‘onlar 
paydo bo‘ladi. Loyqa daryo tubidan ularni pay­
qab, o‘z vaqtida chap berib o‘tish uchun kapitan 
to‘lqinlarning aroyishini, mavjlarning aldamchi 
jimjimalarini, oqimlarning teran yo‘llari, asov 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish