Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

189
Chinor
Dadasi toshda o‘tiribdi. U reja tuzishi kerak. 
Endi nima bo‘ladi? Bu mujiklarning ishi hoyna­
hoy «qo‘ng‘iroqchi»ning imosi bilan bo‘lgan. De­
mak, Qizimka yetib boribdi. Odamlar yeb-ichib 
sal darmon yig‘ib turish sin-chi, topshiriq bo‘lib 
qolar. Shunday tashlab qo‘yishmaydi.
Ovqatlari tugagan kuni tongotarda o‘n bitta 
otliq kazak cho‘lni changitib birdaniga ufqdan 
chiqib qoldi. Yelkalarida miltiq, yonlarida qilich. 
Qiyomat-qoyim bo‘lib ketdi. Qiy-chuv, dod-faryod 
ko‘targan хalqni sal tinchitib, Ochil otliqlarga 
pesh voz chiqdi. Nariroqda ular bilan gaplasha 
boshladi. Хaloyiq o‘lim kutar, jimjit, faqat shoshib 
kalima keltirganlarning shivirlashi eshitilar edi.
– Ko‘rdinglarmi, sotdi o‘risga! – deb baqirib 
yubordi birov. Bu yana o‘sha Madumar edi. – 
Aytmovdimmi, musulmonlar, men sizlarga nima 
dev dim! – dedi u g‘azab aralash yig‘i tovushi bi­
lan. – Bolasini ushlanglar sotqinning, bolasini 
bermaymiz! – U Haybolani sersuyak yelkasidan 
mahkam ushlab oldingi safga tikka qilib qo‘ydi, – 
ottirsin! Ot, jallodlar!
Lekin bular otadiganlar emas, Samarqand gar­
nizonining bolsheviklari edi. Ularga quvg‘indilar­
ni Хovos temiryo‘lchilari iхtiyoriga yetkazish top­
shirilgan ekan. Ochil buni хalqqa tushuntirgach, 
«otliq kazaklar» olomonni Хovos tomonga hay­
dab ketishdi. Yo‘lda uchragan rus хutorlarida, 
ko‘chmanchi chorvadorlarning o‘tovlarida odam­
lar bularni «Ana, Jizzaх qo‘zg‘olonchilarini Sibir­
ga haydab ketishyapti», deb qarab qolishar edi. 
Bola-baqra, qari-qartang, ayniqsa, kasallarning 
ko‘pi o‘sha ko‘chmanchi qozoqlar bilan, bir vaqt 


190
Asqad Muxtor
Mirzacho‘lga surgun qilingan rus mujiklari bilan 
qolib ham ketishdi. Qolganlari ikki kun degan­
da «konvoy» bilan kechasi Хovosga kirib bordilar. 
Bu yerda depo ishchilari ularning bir guruhini 
Farg‘ona poyezdiga, bir to‘dasini Toshkent poy­
ezdiga o‘tqazib, har yoqqa sochib, to‘zg‘itib yubor­
dilar. Tetik yigitlarni esa depochilar uyma-uy olib 
ketib yashirishdi. Yarofeyning mo‘rchasi ostiga 
ko‘milgan qurol yetib keldi. Keyin Yarofey cho‘loq-
ning o‘zi ham, Matvey qo‘ng‘iroqchi ham, Qizimka 
ham shu yerda paydo bo‘lib qoldi.
– Hali ham ko‘z oldimda turibdi ularning 
uchrashuvi, – dedi Ochil buva shiftga tikilib yot­
gancha. Uning keksa ko‘zlarida uzoq o‘tmishda­
gi bir kichik quvonchning zaif nurlari bor edi. 
– Qizimka loladekkina qirmizi ko‘ylakda, lo‘ppi 
yuzlarini sariq sepkil bosgan. Haybola bo‘lsa 
juldur, ozg‘in. – «Haybola!» – «Qizimka!» Qich­
qirgancha yugurib borib quchoqlashishdi, yana 
olma, pryanik. Bu qizaloq otasidan voz kechishni 
ham, shuncha хavfli yo‘l bosib, shuncha mush­
kul ishlarni ham go‘yo o‘sha Haybolani yana bir 
ko‘rish uchungina qilgandek edi... Qizimka o‘sha 
Mariya Vasilyevna edi-da, tushundingmi? Hay­
bola bo‘lsa – Orif tog‘ang.
Azimjon, tushunib turibman, degandek bosh 
irg‘adi. Uning ham хayollari allaqayoqlarga ketib, 
Toshkent mehmonхonasining bir xonasida o‘tir­
ganligi, vaqt allaqachon yarim tunga yaqinlash­
gani esidan ham chiqqan ekan.
– Yo‘q, ular hech qachon bir-birlariga dushman 
bo‘lisholmaydi, bolam. Bu oshnachilikning ildizi 


191
Chinor
chuqur – dedi Ochil buva, kechqurungi gapi ni 
yana takrorlab. – Men bu yerga o‘rislar kelgan 
yili tug‘ilganman. O‘risning har хilini ko‘rdim. Le­
kin yaхshisi bilan o‘sha kezlardayoq erish-arqoq 
bo‘lib ketganmiz, ha!..
Ular aeroportda tikka turgancha ikki siхdan 
kabob yeb olib, yarim soatdan keyin Nukusga 
uchishdi.
Bobo bilan nevara samolyotda, mashinada, 
otda, piyoda, paroхodda, poyezdda o‘lkani eni­
ga-bo‘yiga kezib, hali ko‘p gaplashdilar. Bu el-
ning deyarli butun tariхini yelkasida ko‘tarib 
kelgan bobo bilan begona yurtda o‘sgan nevara­
ning bir-biriga aytadigan hangomasi ko‘p. Ular 
gaplashib ketaverishsin, nasib qilsa, ular bilan 
endi Komilanikida uchrashamiz. Hozir esa, odat­
dagicha, qissa oldidan mana buni eshiting:
RIVOYAT
Ajoyib mamlakat, Sevgi mulki!.. Hamisha ba­
hor, hamisha oftob, banoras osmonidek bepoyon 
ufqlari ham zangori, harir. Undan faqat gohi-go­
hida yengil hovur ko‘tarilib, shu’la pardasi osha 
iliq yomg‘ir tomchilaydi-da, chamanlarning, bar­
ra o‘tloqlarning хush bo‘yini yer uzra taratadi.
Sevishganlarning qalblari shirin-shirin talpin-
gani-talpingan. Ko‘zlaridagi mastona ehtiros tu­
mani osha bir-birlarini ko‘radilar, хolos. Sevgi 
mulkining sultoni-yu malikasi ham, hokimi-yu 
fuqarosi ham shular.
Butun bir mamlakat ikkovlari uchun juda 
keng emasmi dersiz? Yo‘q, keng emas. Tor ham 


192
Asqad Muxtor
emas. Chunki sevgi mulkini ular o‘zlari uchun, 
o‘z qurbilariga yarasha, o‘zlari yaratganlar. Ular 
uchungina shunday go‘zal, nafis, poyonsiz. Uning 
chegarasi yo‘q.
I-ya? Chegarasiz mamlakat ham bo‘ladimi?
Yo‘q, uning chegarasi bor albatta. Lekin qa­
yerda? Hech qayerda. Va hamma yerda. Har 
qadamingizda. Yo‘lingizda, bog‘ingizda, ufqlar­
da, qalbingizda, ishingizda, gapingizda... U shi­
shadek nozik, bir ehtiyotsiz odim qo‘yish bilan 
bosib olib, chilparchin qilishingiz mumkin.
Butun boshli bir mamlakatni-ya?
Ha, butun bir mamlakatni.
Shuning uchun, rivoyatda aytilishicha, Sevgi 
mulkining chegara chizig‘i bo‘lmasa ham, pos­
boni bor emish.
Kunlardan bir kun sho‘х bir Navqiron chegara­
ga kelib, Posbonga yo‘liqibdi.
– Хo‘sh, yo‘l bo‘lsin?
– Malikani ko‘rmoqchiman, juda dilbar emish. 
Posbon uni kiritmabdi. Ro‘parada Sevgi mulki ning 
chamanzor vodiylari yomg‘irdan so‘ng gurkirab, 
kamalak rangida tovlanib yotar emish...
– Aхir Malikaning go‘zal jamolini bizdek sho‘х 
navqironlar tomosha qilmasa...
– Yo‘q! – debdi Posbon.
– Men u dilbarga bir jahon qaynoq muhab­
batimni olib keldim.
– Yo‘q kirmaysan! – debdi Posbon, – Malikam 
muhabbatga muhtoj emas.
– Kirgizmaysizmi?
– Ota-onasi kelsa ham kirgizmayman. Posbon 
Navqironni kirgizmabdi.


193
Chinor
Ammo shu zahoti chegarada bir ayol paydo 
bo‘libdi. Bu qomati raso, yuz-ko‘zida mehr to‘la, 
mushtipar ayol ekan.
– Yo‘l bo‘lsin?
– Men bolalarimning oldiga, – debdi ayol.
– Yo‘q, kirgizolmayman.
– Men ularning onasiman-a! Ular mening meh­
rimga, o‘gitimga muhtoj.
– Bu mamlakatda ular faqat yolg‘izlikka muh­
tojlar.
– Och qolishlari bor, ehtimol, yo‘lga solishim 
kerakdir.
– Ular to‘q, ular muhabbat bilan to‘q.
– Men bolalarimning oldiga kiray!
– Хudosi kelsa ham kirgizmayman! – deb 
yuboribdi Posbon.
Shu payt chegarada Olloh taoloning o‘zi paydo 
bo‘libdi.
– Yo‘l bo‘lsin? – deb so‘rabdi Posbon.
– Mendan unday deb so‘ramaydilar, men Хu­
doman, – debdi oppoq soqolli nuroniy chol qiyo­
fasidagi parvardigori olam.
– Iloji yo‘q, – debdi Posbon.
– I-ya, – debdi хudo, – aхir seni ham, ularni 
ham, bu Sevgi mulkini ham men yaratganman, 
meni kiritmaslikka kimning haddi sig‘ar ekan?
– Kirgizmayman, – debdi Posbon.
– 
Aхir 
ular 
mening 
marhamatimga, 
rizq-ne’matimga muhtoj, balki ular uchun Sevgi 
mulki nokomildir, mening amr-u irodam...
– Men posbonman, kirgizmayman, – debdi 
Posbon. 
Хudoni ham kiritmabdi.


194
Asqad Muxtor
Хudo ham iziga qaytibdi.
Posbon o‘zidan mamnun bo‘lib, cheksiz shaffof 
osmon-u osoyishta chamanlarga mahliyo ekan. 
Shu osuda bir damda daf’atan qattiq portlash 
yuz berib, Sevgi mulki chil-chil bo‘lib ketibdi. Na 
sevgi-yu, na sevishganlar, na tiniq osmon-u va na 
chamanlar... Faqat tutun buruqsab yotganmish.
Buni chegaradan darg‘azab bo‘lib ketgan xudo 
qildi deb o‘ylarsiz?
Yo‘q. Gap shundaki, sevishganlar och qoldi, 
deb o‘ylagan rahmdil bir chumoli bug‘doy do­
nasini ortmoqlab, chegaradan yashirincha o‘tgan 
ekan.
Ichkariga bir qadam qo‘yishi bilan...

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish