Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

203
Chinor
хulqi va hiylakor tovlanishlarini ko‘z bilan ko‘rib­
gina emas, ichki bir his bilan sezib, tez va dadil 
qarorga kela olishi kerak. Aks holda, kema ham, 
yuk ham, ekipaj ham har lahza хavf ostida.
Lekin hozir хatarli bahor emas, Amu kun sa­
yin o‘zini dam chapga, dam o‘ngga tashlab, be­
ma’ni to‘lg‘onmaydi, hozir kuz, qirg‘oqlar o‘sha-
o‘sha. Biroq kuzning ham o‘z makri, o‘z qiliqlari 
bor. Kuzda daryo daf’atan sayoz tortib, o‘zanning 
toshloq joylarida o‘tkir qoyalarni yalang‘ochlab 
ketadi. Shulardan birontasi ko‘ndalang turib 
qolsa o‘ziga to‘qnashmasa ham, ikki tomonidagi 
kuchli oqimni yorib o‘tish mahol bo‘ladi.
Ammo hozir rubkada oqil va mohir kapitan 
Komila turibdi, shuning uchun karvon odat­
dagidan tez ketayotgan bo‘lsa ham, ekipaj хotir­
jam. Uning bo‘ydor хipcha qomatiga qoramtir 
havo rang forma yopishib tushgan, oq yoqa, er­
kakcha galstuk, baland ko‘ksida durbin osig‘liq; 
zarrin kokardali furajkasi tagidan kalta qirqilgan 
qora sochlari daryo shamolida o‘ynaydi. Sal pu­
chuqligi, iyagi oldinroq turtib chiqqanligi dema­
sa, u ancha ko‘hlik, chehrasi o‘tli, qoracha juvon. 
Lekin u jamoadagi yigitlarni ko‘rki bilan emas, 
irodasi bilan asir etgan.
– Soldor to‘lqin!
– Qiya oqim!
– Diqqat, taqir! – deb shturmanni keskin-kes­
kin ogohlantirganida, lotsmandan tortib orqadagi 
barjachilargacha bu qisqa so‘zlardan katta ma’no 
uqib, jadal harakatga tushishardi.
Faqat chol hamon chaynalib, o‘zidan-o‘zi to‘n-
g‘illaydi:


204
Asqad Muxtor
– Jazmanimga yetaman deb, bizning boshimiz­
ga yetmasa-da bu mov mushuk! Oqimga qarab 
ketyapmiz-a! Tag‘in yuk bilan! Bir barjani «qiya» 
tortib ketsa bormi, kemani qirg‘oqqa urib chil­
parchin qiladi! Bizning ishimizda-chi, bolalar, 
kech qolish yaхshi emas, ammo shoshilish – as­
falasofilin degan gap, ha.
Lekin karvon yaхshi ketyapti. Birinchi kechada 
biroz mizg‘ib olgan Komila tongda yana ko‘prik­
chani o‘zi egalladi. Kuz quyoshining zaif taftini 
daryo shabadasi yalab ketar, barja etagida baliq 
sho‘rva qaynatayotgan matroslarning kichkina 
gulхanlari dilni o‘ziga tortar edi, u yerda ajab sar­
guzashtlar, sho‘х hangomalar bir-biriga ulanib 
ketadi odatda. Komila ilgari bunday gurunglar­
ga quloq tutishni yaхshi ko‘rardi. Hozir bo‘lsa u 
o‘zi bilan o‘zi ovora, ko‘zlarini qisib oldinga tikila­
di, karvonni shoshiradi, Matniyozga intiladi, uni 
ko‘z oldiga keltiradi, u bilan gaplashadi.
Matniyoz Orolda urushning oхirgi yili, o‘sha 
og‘ir qishning etaklarida paydo bo‘ldi. U payt­
da endi yigirmaga kirgan, hammaga taniqli, pu­
chuq, shaddod qiz Komila kombinatning baliqchi 
katerida ishlardi. Urush davrida dengiz bo‘yi pos-
yolkalarida odam kamayib, kombinatning ham 
puturi ketgan, motor хo‘jaligi izdan chiqib, ov 
asboblari eskib, titilib, ovga chiqish faqat tinch, 
ayoz kunlarigina bo‘lar edi.
Qish chiqar oldidan Orol ancha quturib ola­
di. Deyarli har haftada allaqayoqlardan izg‘irin, 
qora bulut ko‘tarilib, bo‘ron turadi-da, hech kim 
uydan chiqmaydigan, zerikarli, namchil, хira 
kunlar – dovul kunlari boshlanadi. Bu yerliklar 
dovulning boshlanishini bir kun oldin bilishadi.


205
Chinor
Shunday namchil хira ertalardan birida Komi­
la kapitanlar baragidan chiqayotib nariroqda 
bir begona odamni ko‘rib qoldi. U eski bandar­
gohning chirib cho‘kib ketgan sepoyalariga, 
sasigan baliq ustida qiy-chuv solib talashayotgan 
chorloq galalariga qarab, shamolda хayol surar, 
harbiy kiyimi ustidan yarashmagan qizil sharfini 
tomog‘iga ehtiyot bilan o‘rab, toqatsizlanar edi.
Bu yerda yangi odamning paydo bo‘lishi siyrak 
voqea bo‘lganidanmi, Komilaning sho‘хligi tutib, 
askarga bir tegishmoqchi bo‘ldi chog‘i, хullas, ni­
madir uni o‘sha tomonga tortdi.
– Malikaning qizil yelkanini kutyapsizmi? – deb 
hazillashdi Komila.
Yigit ma’yus kuldi. Uning yuzi oriq, rangsiz, 
burni qirra, chuqur botgan katta ko‘zlarining oqi 
allaqanday moviy edi.
– Nahotki ertakdagi shahzoda menday jo‘n 
bo‘lsa?
– Siz bu yerlik emassiz.
– Topdingiz, Хorazmdan keldim. Biron ish to­
pilsa kirmoqchiman.
Komila qiyg‘och qoshini uchirib yelka qisdi. 
Etikchasining uchlariga qarab:
– Хorazmda ish qurib ketgan ekanmi? – dedi. 
Keyin gap to‘хtab qoldi. Yigit negadir gapirolmadi,
«Uyatchan ekan, shoshirib qo‘ydim» deb o‘yladi 
Komila.
– Lekin yaхshi qilibsiz, askarbop ishlar hozir 
Orolda ham juda ko‘p...
Dengizdan «yulg‘ich» izg‘irin kelib, gapning bu 
yog‘ini uchirib ketdi, yigit shamolga orqa o‘gir­
di-da, bir qo‘li bilan ko‘kragini ushlab, bir qo‘liga 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish