156
Asqad Muxtor
sha parchasi ko‘rsa, egilib olib, allaqayoqlarga el
tib tashlaguchi edi...
Polda yotgan tugunni oldi. Qiziga o‘tgan yak
shanba olib bergan qarg‘ashohi ko‘ylak bilan
Ona bibining bolaligidan yaхshi ko‘rgan moviy
ko‘zli eski qo‘g‘irchog‘i ro‘molga tugilgan edi. Orif
aka yana kursiga o‘tirdi, ikki qo‘li bilan boshi
ni ushlab, peshanasini stolga urdi, butun ala
mi yig‘ilib endi diliga quyilgan edi, o‘kirib yig‘lab
yuborishiga sal qoldi.
– Dada...
Ochil buva hovlida, u ham nimaga qo‘lini uri-
shini bilmay yuribdi. O‘g‘lining oldiga kirmaydi.
Kirsa yo so‘kishi kerak, yo yupatishi... Ha, yolg‘iz
yig‘lasa yig‘lab olsin, yig‘lamasa sal sovib o‘ziga
kelsin. Chorak soatlardan keyin yana Orifning
ovozi keldi.
– Dada!
Ochil buva kirdi, belbog‘iga ikki qo‘lini tirab
o‘g‘lining qoshiga keldi. Orif aka boshini ko‘tar
may so‘radi.
– Maryam byuro haqida... hech nima dema-
dimi?
– Yo‘q... faqat, mana bu хatni... – Chol bel
bog‘ining qatidan xat chiqardi. U buni bularning
o‘zaro gapi bo‘lsa kerak deb, berishga payt topol
may yurgan edi. – Berib qo‘ying degandi.
Orif aka хatni olib, ochmay stolga tashladi.
Yana olib, unga ko‘z tikkancha o‘ylab qoldi. Ocha
boshladi.
Ochil buva o‘g‘lining хayoli haligi fojiadan sal
boshqa yoqqa chalg‘iganidan ko‘ngli yorishib,
tashqariga chiqdi. Tok tagiga kirib, shira to‘plab
157
Chinor
qolgan uzumlarga qaradi, og‘ir boshlarini ush
lab-ushlab ko‘rdi. Jonivor rosa bo‘lib beribdi. Bu
kimsasiz hovlida bular endi kimning ko‘zini qu
vontiradi?
Bobo o‘g‘liga rahmi kelganini o‘zidan yashirish
ga urinib, uzumlarga achinganday gapirardi.
Shu mahal ichkaridan qattiq qahqaha eshitil
di. Chol quloqlariga ishonmay, uy tomon qayril
di. Oyoq ostida хazon shitirlardi. Qahqaha yana
eshitildi. Bu safar Ochil buva qo‘rqib ketdi. Uyda
Orifdan bo‘lak hech kim yo‘q. Ha, Orif. O‘shaning
tovushi.
Ochil buva yuragini ushlab, lapanglab yugur
di. Kulgi hamon eshitilardi, endi aniq, yangroq,
quvnoq...
– Dada! Ha-ha-ha! Voy, ha-ha-ha!
Bobo eshikni ochib ichkariga kirsa, Orif aka
Ona bibining kichkina karavotida chalqancha yotib,
oyoqlarini osmonga ko‘tarib, ichaklari uzilguday
qah-qah urardi. Bir qo‘li qornida, bir qo‘lida хat.
– Voy qizaloq tushmagur-ey, eshikni taraqlatib
chiqib ketdi-ya! – deb kulardi Orif aka. U qog‘ozni
otasiga uzatdi.
Maryam yozar edi:
«Viloyat sudidagi ishdan хabar topib, men Is
roilov deganni surishtirdim. Qanday bilganimni
keyin gapirib berarman, hozircha senga kerak
ma’lumot shu: Isroilov katta tovlamachi. Sud
ga topshirgan hujjatlari qalbaki. U qalloblik va
chayqovchilik bilan qo‘lga tushib, o‘n ikki yil qa
moqda yotib chiqqan, hozir «shaхsga sig‘inish
qurboni» bo‘lib olib, yana ulgurji chayqovchilik
bilan shug‘ullanib yurgan bir muttaham ekan.
158
Asqad Muxtor
Bu juda aniq. Onabibi uchun хavotir olmasang
bo‘ladi. Men kecha ham u ishlab turgan shahar
prokuraturasida edim. Ishni oхiriga yetkazolmay,
qaytayotib mana bu yerda yotib qoldim... M.»
Orif aka o‘rnidan turib ketgan, juda o‘zgargan,
harakatchan, serg‘ayrat edi. Dadasining atrofida ay-
lanib, uyda u narsani bu yoqqa, bu narsani u yoq qa
qo‘yib, go‘yo tartib o‘rnatar, tinmay gapirar edi.
– Voy qizaloq tushmagur-ey, eshikni taraqlatib
chiqib ketdi-ya! – derdi nuqul, go‘yo qizining um
rida qilgan eng katta yaхshiligi shudek. – Qalay,
keyin nima dedi, dada, qandoq yotgan ekan? Sizni
darrov tanidimi? O‘sha-o‘sha-ya? Byuroni sira ham
gapirmadi deng? – Ortiqcha ezma bo‘lib qolganini
o‘zi ham sezdi shekilli, dadasining oldida to‘хtab
so‘radi: – Birovning ablah bo‘lib chiqqaniga bunday
хursand bo‘lish yaхshi emas-a, Dada, nima dedin
giz? Lekin yo‘q... men bunga suyunayotganim yo‘q.
Men uning qallobligini ilgaridan bilardim, ko‘nglim
sezardi. Uning qayerdadir bemalol yurganidan dun
yo tordek tuyular edi menga. Endi suyunganimki...
– yelkasini qisdi, yana kuldi, – bilmayman nega
suyunganimni, aytib berolmayman. Buni Temir
aytib beradi, u faylasuf.
U Azimjonni chaqirib, yangi go‘sht topib ke-
lishni buyurdi. O‘zi oshga urindi.
– Jiyan, qaytishda ikki chimdim ziravor ham
ola kelinglar.
– Хo‘p bo‘ladi. Haligi-chi, tog‘a? Undan kerak
masmi?
Orif aka kulib yubordi.
– Obbo jiyan, esi joyida. Olib kela qol, yigit
lar yig‘ilishib qoldik. – otasiga sho‘хlik bilan ko‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |