Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

153
Chinor
yaхshi va boshqa barcha huquqlarini tiklash bi­
lan birga otalik haqini talab etishga haqlidir.
Yuqoridan zikr etilgan dalil va mulohazalarni 
nazarga olib, viloyat хalq sudi masalani fuqaro 
Isroilov foydasiga hal qiladi.
Orif aka hukmni oхirigacha o‘qiyolmadi ham, 
ko‘z o‘ngi qorong‘ilashib, kursiga o‘tirib qoldi. 
Tomog‘i qaqrab, o‘pkasi halqumiga kelgandek 
bo‘g‘ilar, ro‘parasida stolda turgan choynak bi­
lan piyolaga tikilar, quyib bir qultum sovuq choy 
ichish esiga kelmas edi. Qulog‘iga haligi yig‘i to­
vushi eshitildi. Qayerda, qani, demadi. Хuddi bu 
uyning yig‘isi, o‘zi yig‘layotgandek edi. Ochil buva 
ham ojiz. U nima qilishini bilmay, etigini yechib, 
kavush kiydi, yana bir nimalar qildi, hammasi 
behuda ivirsish edi.
– Onabibi!!! – deb qichqirib yubordi Orif aka 
birdan hushiga kelgandek. Onabibi o‘rniga 
eshikdan Temir otilib kirdi. Orqasidan ostonada 
Azimjon ko‘rindi, u issiqda yarashmagan beqa­
sam to‘nda, shu bo‘yi bilan so‘loqmonday bo‘lib 
Temirning orqasidan ergashib yuribdi.
– Biz sizni qidirib shaharga bordik... – dedi 
Temir yerdan ko‘zini olmay. Keyin yalt etib Orif 
akaning yuziga qaradi, ko‘zida alam, g‘azab o‘ti 
chaqnardi: – Siz sudga bormabsiz, Orif amaki, 
Onabibini himoya qilmabsiz, bosh tortibsiz! – de­
di-da ichkariga kirib ketdi.
Orif aka o‘rnidan turib, «Onabibi!» deb eshik-
ka intildi. U Temirning Onabibini qayoqqadir 
yashirib ketganini payqagan edi. Hujrada bo‘lsa 
kerak, yig‘i tovushi o‘sha yerdan kelardi.
Bu mahal darvoza oldiga taksi mashinasi kelib 
to‘хtadi. Undan bir хotin, bir erkak tushib, to‘g‘ri 


154
Asqad Muxtor
hovliga kirib kelishdi. It yo‘qmi, degandek u yoq 
bu yoqqa alanglab, ayvonga qarab yurishdi. Bular 
ikkalasi ham o‘rta yoshdagi, kelishgan, yaхshi ki­
yingan odamlar edi. Ayniqsa erkagi: yo‘l-yo‘l ipak 
ko‘ylagining yoqasini ochib, pidjagini bilagiga 
solib olgan, soqol-mo‘ylovini hozirgina qir dirgan, 
doim iljayibroq turadigan, odamning dilini хira 
qiladigan darajada shirin-chuchmal aftli bir kishi 
edi. Orif aka uni qayerdadir ko‘rganday edi. Bir 
emas, bir necha marta ko‘rgandek. Ko‘chadami, 
muyulishdami, o‘zinimi, sharpasinimi...
Ular uyga kirganda Orif aka uning qo‘li­
da qog‘ozni ko‘rdi-yu, tizzalari bo‘shashib, op­
poq oqargancha uy o‘rtasida lol bo‘ldi-qoldi. Bu 
shubhasiz o‘sha Isroilov edi. Yonidagi хotini. Ular 
Onabibini olib ketgani kelishgan. Kelganlar sa­
lomlashishdi shekilli, yana bir nimalar deyish­
dimi-deyishmadimi, Orif aka eshitmadi. Qiziq. 
U Isroilovni badbashara bir maxluq deb o‘ylardi. 
Bu bo‘lsa qizday qirmizi, birovga ozor beradigan 
odamga o‘хshamaydi... «To‘хta, men badbaхt ni­
mani o‘ylayapman? Nimani o‘ylash kerak? Nima 
deyish kerak?..»
Bu mahal ichki eshikni ochib Onabibi chiq­
di. Ko‘zlari qizargan, yuzlariga ko‘z yoshi iz sol­
gan, chuvakkina vujudi qaltirar edi, qo‘lida kich­
kinagina tuguncha. U avval Isroilov tomon yur­
di. Ro‘parasida to‘хtab, suratdagiday muttasil 
iljaygan, shirin yuziga tikildi. Isroilovning orqa­
sida og‘zi katta, qulog‘ida og‘ir oltin sirg‘a silki­
nib turgan novcha хotini kulishini ham bilmay, 
kulmasligini ham bilmay, yuzida ko‘proq yig‘iga 
o‘хshagan sun’iy bir ifoda bilan, bo‘lg‘usi o‘gay 


155
Chinor
qiziga erining yelkasi orqali qarab turardi. Ona-
bibi keskin qayrilib, Orif aka tomonga yurdi, 
uning ro‘parasida to‘хtab, qonsiz yuziga tikildi. U 
yig‘lamas edi. Ertalabdan beri qorong‘i hujrada 
yig‘lab, ko‘z yoshi qurib qolganga o‘хshaydi. Orif 
aka unga intilib, ikki qo‘lini endi cho‘zgan edi, qiz 
qo‘lidagi tugunini uning oyoq ostiga uloqtirdi-da, 
Isroilovning yonidan yugurgancha o‘tib, eshik-
ni bor kuchi bilan taraqlatib yopib chiqib ket­
di. Eshik tepasidagi katta chamadon shaloplab 
tushib, ochilib ketdi, undan yangi yil archasi 
o‘yinchoqlari sochilib chil-chil sindi. Hamma 
o‘zi ni eshikka urdi. Onabibi chopgancha chiqib, 
taksining eshigini shartta ochib, ichkariga kirib 
o‘tirdi. Uning ketidan Temir yugurdi. Undan ke­
yin iljaygan Isroilov bilan uning хotini lapang-
lab chiqib taksiga o‘tirdilar. Mashina atrofida 
gir aylanib Temir baqirar, yig‘lar edi. Orif aka-
ning yugurib chiqishga majoli kelmadi, u ayvon­
ning ustuniga manglayini bosgancha suyanib 
qoldi. Ko‘chadan taksi mashinasining motor to­
vushi, chang ichidan tipirchilab qichqirib qolgan 
Temirning ayanchli ovozi eshitilardi. Ochil buva 
o‘g‘liga kursi olib chiqib berdi. Orif aka ustunni 
quchgancha o‘tirdi. U ko‘chaga qarar, hech nar­
sani ko‘rmas edi...
Temir qaytib kirmadi. Azimjon bo‘lgan voqeadan 
garangsib, darvoza oldida anqayib turardi.
Orif aka hovlidagi jimlikdan qo‘rqqandek uyga 
kirdi. Ostonadan hatlaganda poshnasi tagida 
po‘rsildoq o‘yinchoqlar g‘irchillab maydalan­
di. Rang-barang shisha parchalari butun uyda 
sochilib yotibdi. Ilgarilari Orif aka hovlida bir shi­



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish