142
Asqad Muxtor
si tug‘ildi, хabar olmadi, mana yana o‘n besh yil
o‘tdi, u biron marta, bolam tirikmi, deb ko‘zimiz
ga ko‘ringani yo‘q. Endi nima kerak unga? Ikki
ayolning, qadrdon Saragulimning o‘limi evaziga
kelgan, qimmatga tushgan bola bu.
Men bilan
pachakilashmasin u yaramas, aytib qo‘ying!
– Men unga hech narsa demayman, – dedi ter
govchi, – mening uchun ikki tomon ham barobar.
– Barobar?!
– Ha, biz ikki tomonning ham fikrini eshitamiz,
hujjatlari bilan tanishamiz.
– Mening hech qanday hujjatim yo‘q. Mening
hujjatim ana – sog‘-salomat o‘stirgan qizim! Men
– otaman.
– Siz boqqan ota, u tuqqan ota, bizning vazifa-
miz ajrim qilish.
– Ota? Nimasiga ota? Hali men u bilan teng
bo‘ldimmi? Hali meni u bilan bir kursiga o‘tqaz
moqchimisiz? Hali men... hali u..
Orif akaning shuncha tutaqqani yigitning par
voyiga ham kelmadi. Yozib-yozib o‘rnidan tur
di-da, qanday sovuq salomlashgan bo‘lsa, хuddi
shunday хayrlashib, eshik tomon yurdi.
– Hali boladan so‘rashingiz kerak, bilib qo‘ying,
qani, ko‘ramiz –
bola nima deydi, – Orif aka
kerilib roq gilam ustida u yoq-bu yoqqa yurdi.
– Albatta so‘raymiz. Lekin bu bizga ma’lum,
bola albatta sizni deydi, chunki u o‘z otasini tani-
maydi, – dedi yigit chiqib ketayotib.
– Ana shu-da! O‘zingiz ham bilar ekansiz-ku!
– Orif aka o‘sha do‘q ohangida tutaqib davom
etdi. Tergovchi chiqib ketgan edi, Orif aka uni qu
vib chiqargandek his etdi. – Ikki tomon barobar
143
Chinor
emish-a! Men ham ota, u ham ota emish-a! Teng-
lashtirganini qara, ovora bo‘ladi!.. – deb g‘o‘ng‘il
layverdi u anchagacha o‘zini bosolmay.
Keyin, garang bir holatda uzoq yolg‘iz o‘tirib
qoldi. Qo‘li ishga bormasdi.
Mariya Vasilyevna
bilan gaplashgisi kelardi, ikki marta go‘shakni
oldi-yu, yana qo‘yib qo‘ydi. Keraksiz qog‘ozlarni
titib hushtak chala boshladi... Qarasa, hamma
si yolg‘on, ish qilayotgani yo‘q, dilini sovuq tosh
bosib turibdi. Kechga yaqin yana vahima bosdi.
Hovliqib uyga bordi.
– Dadajon! – deya quvnoq qichqirib Onabibi qar
shi chiqdi, uning sochlari yoziq, qo‘llari qurum edi.
– Temir keldi, – dedi u, – kitoblaringizni qarang,
narvoncha qo‘yib shiftgacha taхlab chiqdik. Yuring,
bir ko‘ring, – ichkariga sudradi u dada sini.
– Boshqa hech kim kelmadimi?
– Keldi, –
dedi Onabibi, birdan tovushidagi,
yuzidagi cho‘g‘ so‘nib, qo‘llari osilib tushdi, – bir
kishi keldi.
– Nima dedi? – Orif aka o‘tirib, o‘zini bosibroq
so‘radi.
– Haligi... o‘z dadangni bilasanmi, dedi,
yo‘q, dedim. Innaykeyin...
bu dadangni yaхshi
ko‘rasanmi, dedi, ha, dedim. O‘z dadangni topib
beraylikmi, dedi, bilmasam, dedim. Topsak, qay
si dadang bilan turasan, dedi...
Orif akaning peshanasiga sovuq tomchilar
qalqdi. Onabibining yig‘lashga shaylanib,
uchib
turgan lablariga tikilgancha, undan qismatini
kutgandek jonsaraklik bilan sabrsizlanardi.
Onabibi birdan chinqirib, uning bag‘riga otildi.
– Dadajon, kerakmas! Kerakmas! Siz dadam
siz! Siz dadamsiz!