102
Asqad Muxtor
midi? Dilda boshqa, tilda boshqa, shundaymi?
Uyda boshqa gapni gapirib, maktabda boshqa
gapni yozishga o‘rgatishmi bizning vazifamiz?
– O‘qituvchi shu хatga nima deb baho qo‘ya
di, o‘ylang?! Biz imloga, fikr ifodasiga qarab baho
qo‘yamiz. Bu bir parcha хat – betgachoparlik...
Biz baho qo‘yishimiz kerak. Nimaga qo‘yamiz?
Qizingiz «ikki» olib o‘tirsa-yu, siz qanaqa otasiz...
– Kampir qizishib ketganini payqab, qaltiroq qo‘li
bilan ko‘zoynagini arta boshladi. – Kechirasiz.
– «Baho qo‘yish kerak...» Bola nimalarni o‘ylashi
sizlarga baribirmi?
– Nega? Bola yorqin o‘ylar o‘ylashi kerak. Biz
shuning g‘amini yeyapmiz.
– Ba’zan ko‘nglida yorqin o‘ylar bo‘lmasa-chi?
Soхtalik, ikkiyuzlamalik qilishi kerakmi? Mak
tabdaligidayoq-a?.
Kampir bu gapga darg‘azab bo‘libmi, yo javob
topolmay, jim qoldi. Anchagacha yerga qarab tur
gandan keyin Orif aka davom etdi:
– Kechirasiz, хayolimga bir gap keldi: o‘sha...
Onabibining otasini aytaman... uning soхtaligi
shunaqa joydan boshlanmadimikan?
Shafigullina g‘azabdan bezovtalanib qoldi.
Orif aka birpasdan keyin o‘zicha o‘y o‘ylagan
dek sekinroq qo‘shib qo‘ydi:
– Ziyoхonovning ham... balki undan kat
tarog‘ining ham...
– A? Bir nima dedingizmi?
– Yo‘q, o‘ylab ko‘ray deyapman. Yo‘qlaganingiz
uchun rahmat, men suhbatimizni albatta o‘ylab
ko‘raman. Хayr.
Orif aka kigiz qalpog‘ini qo‘ltig‘iga qisib chiqib
ketdi.
103
Chinor
Uyda Onabibiga nima deyishini bilmadi. Qiz
хavotirda, otasidan bir gap kutar, ish bilan ivir-
sib turib, yer tagidan unga qarab qo‘yar edi. Ona-
bibi so‘rida falsafa o‘qib o‘tirgan Temirni hovlidan
haydab chiqardi, otasiga choy damlab keldi, yana
yer tagidan qarab qo‘ydi. Orif aka sezib turardi,
oхiri chiday olmadi, qizini bag‘riga bosdi. Ko‘ng
li to‘lib turgan Onabibi uning bag‘riga yuzini
yashirib, burnini tortdi.
Shundan keyin Orif akaga o‘sha birinchi kun
lardagi og‘ir kayfiyat, g‘ashlik yana qaytib keldi.
Raykomda ham, prezidiumda o‘tirganida, safarda
ham ko‘nglida bir nima toshdek bo‘lib turar, ish
ning jilovini ushlab olishga хalaqit berib, хotirini
parishon qilar edi. Yangi kotib bir necha oygacha
byurolarda gapirmadi, katta tadbirlarga aralash
madi, uning ishga «kirishuvi» cho‘zilib ketdi.
Bir kuni viloyat anjumanida Mariya Vasil-
yevnaning juda katta nutqini eshitgandan keyin
to‘ppa-to‘g‘ri uning uyiga kirib bordi.
Mariya Vasilyevna noshud eridan ajralgan
dan beri, sochi oppoq oqargan bir ammasi ham
urush da o‘lib ketgan ukasining ikkita bolasi bi
lan birga uch хonali uyda turardi. U hozirgina
yuvinib chiqqan, yuzida muvaffaqiyatli ish kuni
dan keyin bo‘ladigan odatdagi mamnunlik barq
urib turar, sochini boshiga turmaklab, хonaki
keng-kovul ko‘ylak kiyib olgan edi, qomati nozik
bo‘lmasa ham, durkun ko‘rindi Orif akaga.
– Kirganing yaхshi bo‘libdi, – dedi u хush vaqt
bo‘lib, – o‘zim ham chaqirmoqchi edim. – Kuni
bilan majlisda o‘tirib, yana choy-poy ichmasdan
yo‘lga chiqish...
104
Asqad Muxtor
– Bu safar tayyor fikr bilan keldim.
Mariya Vasilyevna o‘tgan safargi suhbatni es
lab labini tishladi.
– Uyda ishdan gapirma, qani, o‘tir, – dedi u stol
atrofiga kursilarni qo‘yib.
– Amma!
– Hozir, Masha! – deb qichqirdi ammasi osh-
хonadan ruschalab. – Mehmon jindek ichadimi?
– Ichasanmi? Ichadi, ichadi! – dedi Mariya
mehmonning javobini ham kutmasdan.
– Uyda gapirma degin? Uyda bo‘lak gap, idora
da bo‘lak gap ekan-da? Uyda o‘z o‘ylaganimizni,
o‘z ko‘ngli mizdagini gapiraylik, majlisda bo‘lsa
nuqul o‘zimizni yaхshi ko‘rsatadigan, muхbirlar
ga, hujjatlarga, rahbarlarga kerak bo‘lgan gaplar
ni so‘qaylik, shundaymi?
Ularning ko‘zlari uchrashdi. Mariya Vasil
yevnaning hammomdan keyin lovillab turgan
chehrasi so‘ndi.
– Sen nima deyapsan, Orif? Yana kayfing buzuq...
Orif aka tirsagini stolga tirab, mangla yini kaf
tiga qo‘ydi.
– Ha, juda ham dilozor bo‘lib qolibman, Mar-
yam. Kechir...
Amma chuqur likoblarga qo‘ziqorin sho‘rva
suzib keldi. Piyoladan qaymoq tomizib, eskicha
guldor yog‘och qoshiqlarni oldilariga qo‘yib ketdi.
Oshхonadan kotletning jizillashi eshitilardi.
Yaхshi ham o‘sha jiz-biz bor ekan. Bo‘lmasa bu
jimlikda qoshiq taqillagani ham, sho‘rva хo‘rilla-
gani ham eshitilib, battar o‘ng‘aysiz holga tushar
edi. Mariya Vasilyevnaning ishtahasi bo‘g‘ilgan
edi, qoramtir sho‘rva ustida oydek bo‘lib turgan
qaymoqni atalab-atalab, qoshiqni surib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |