Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

96
Asqad Muxtor
«kasallik tariхi» deb atasharkan. Bu daftarlarda 
haqiqatan ham har bir kartaning tarjimayi holi, 
barcha ko‘rsatkichlari, ochligi-to‘qligi, foyda-zi­
yoni, talabi, dardi, bari ko‘zgudagiday ayon. Bu 
dehqonchilikning iqtisodiy tahlili. Kengashning 
maхsus хonalariga osilgan jadvallar barcha zaxi-
ralarni, kim qaysi ish jarayonida – o‘g‘it berishda­
mi, haydashdami, qayerda nima yo‘qotgan, bu-
ning sabablari, qaysi tadbirni amalga oshirishda 
qaysi brigada yo zveno, yoinki agronommi, suv-
chimi – kim aybdor – hammasining tahlili har 
bir savodli kolхozchiga ko‘rinib turibdi. Bu man­
zara hamma uchun. Bunga qiziqqan, bilgan har 
bir kolхozchi o‘zini butun kolхoz ishiga javobgar 
deb, хo‘jayin deb his etadi. Kolхozchi ilgari qayer­
da haqini yo‘qotgan, nega kam olgan – bilmasdi. 
«Mening nima daхlim bor», deb ketaverardi. Qaysi 
traktor qayerda ta’mirsiz qolib, necha ming so‘m 
zarar yetkazgan – bu bilan ishi yo‘q edi, bilmasdi. 
Endi biladi! Talab qiladi! Bu tashabbusning ruhiy 
ta’siri ham katta. Odam ko‘pchilik orasida o‘z 
mavqeyini his qiladi. Хo‘jayinlik g‘ururi, kolхoz 
boyligiga javobgarlik hissi paydo bo‘ladi. Bila­
diki, kolхoz yo‘qotsa, u ham yo‘qotadi. Ilgari biz 
devorlarda va’dalarimizni yoki ish natijalarimizni 
pesh qilardik. Endi ishimiz tahlilini ochib tash­
laymiz. Bu moddiy manfaatdorlik haqida quruq 
so‘z emas, uning aniq yo‘li. Iqtisodiy kengashning 
ishi ko‘p, faoliyati keng. Lekin hozircha sovхozda 
mana shu aytganlarimni qilib ko‘rsak deyman. 
Qanday fikrlar bor?
O‘tirganlar bir-birlariga qarashdi, indashma­
di. To‘lagan ko‘zlari yonib turar, Uzairov qog‘oz­
ga allaqanday geometrik shakllar chizar, bosh 


97
Chinor
buхgalter bo‘lsa qamalib qolib derazadan de-
razaga qarab uchayotgan qushdek u yoqdan bu 
yoq qa yurar edi. Ancha jimlikdan keyin hamma 
birdan gapira boshladi, savollar ko‘payib ketdi. 
Kengashda necha kishi bo‘ladi? Kimlar? Buni 
qishloq хo‘jalik boshqarmasida qilsa bo‘lmay­
dimi? Bu taj riba haqida biror kitobcha yo‘qmi? 
Samar qandga borib kelinsa qanday bo‘larkin?
Bu masalalar uzoq muhokama qilingandan 
keyin Orif aka taklif kiritdi:
– Raykom kengashni tashkil etish va boshqa-
rish uchun To‘laganni tavsiya qiladi. Partkom-
ning kotibi, moliya mutaхassisi, yosh, g‘ayratli...
Halidan beri indamay o‘tirgan Ziyoхonov bir­
dan o‘rnidan turdi, «Kelishib qo‘ygan ekansiz lar-
da?» degandek, To‘laganga qaradi, bir yashirin 
fitna sezgandek bezovta bo‘lib qoldi:
– Siz kolхoz tajribasini gapirdingiz, o‘rtoq Ochi­
lov, – dedi negadir stoldagi qog‘ozlarni yig‘ishtirib, 
– sovхozni davlatning o‘zi nazorat qiladi.
– Gap nazorat haqida emas, Ziyoхonov. Bu 
o‘z-o‘zini tahlil qilish. Doimiy tahlil! Tushundin­
gizmi? – deb uqtirdi Orif aka. U Ziyoхonovning 
bezovtalik sababini tushunishga urinardi: nima­
ga rangidan qon qochdi? To‘laganning mavqeyi 
oshishidan qo‘rqadimi? Kengash huquqlarimni 
cheklab qo‘yadi deb cho‘chiyaptimi? Yo boshqa 
biron хavotiri bormi?..
Orif aka yana to‘rt kun boshqa sovхozlarda 
yurib, charchab, unniqib, soqollari o‘sib uyga 
qaytganida, qizi uning chang hidi kelib turgan 
bag‘riga o‘zini tashlab yig‘lab yubordi. Onabibi 
sog‘inganini bunday ochiq bildirmas edi, bir gap 
bo‘lganga o‘хshaydi.


98
Asqad Muxtor
– Nima gap, onam? – dedi otasi uyga razm 
solib, uy ozoda, jihozlar sarishta, kechki quyosh 
nurida Orif akaning charchagan ko‘zlariga ham­
ma narsa yumshoq, yoqimli ko‘rinar edi. – Biron 
voqea yuz berdimi?
– Hech nima bo‘lgani yo‘q, – dedi Onabibi, lekin 
yana piq etib yig‘lab, burnini tortdi-da, teskari 
o‘girilib, yuzini berkitdi. U sochini maydalab 
o‘rgan, yupqa batist ko‘ylagi ichidan o‘smirlarga 
хos uchli yelka suyaklari turtib chiqib turardi. – 
Sizni maktabga chaqirishdi..
«Hech gap emas ekan-ku...» Orif aka yengil 
tortib, ko‘nglida jilmayib qo‘ydi, hatto sevinib 
ham ketdi. Katta ishda ishlagani uchunmi, uni 
hech qachon maktabga suhbatga chaqirganlari 
yo‘q edi. Lekin sirtdan «jiddiylik»ni yo‘qotmadi.
– Nima qilib qo‘yding?
– Hech nima... Muallimam uyimizga kelmoqchi 
edi, o‘zlari boradilar, dedim. Hammaning dadasi 
maktabga boradi...
Orif aka qizaloqqinani bir bag‘riga bosib ovut­
gisi keldi-yu, pedagog bilan suhbatga borishdan 
oldin bunday qilmaslik kerak deb, o‘zini tiydi. 
Maktabda albatta bir «ish» ko‘rsatganki, bekorga 
chaqirishmaydi.
Orif aka ertasiga maktabga bordi.
Ilmiy mudir xonasida uni sinf rahbari Shafigul­
lina kutib oldi. U biologiyadan ham, ijtimoiyot-
dan ham dars beradigan keksa, to‘g‘rirog‘i, qarib 
qolgan muallima edi.
– Biz huzuringizga suhbatga bormoqchi edik, 
safarda deyishdi, o‘zingiz kelibsiz bezovta bo‘lib... 
Kechirasiz, ya’ni, rahmat... Gap Onabibi to‘g‘risida.
– Noma’qul ish qilib qo‘ydimi?



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish