82
Asqad Muxtor
dikki, tayyor fikr ham tug‘ilib qoldi: obkomga
odam shunchaki o‘z hayajonlarini aytish uchun
ham kelishi mumkin.
Mariya Vasilyevna tushunib turibdi: bekorchi
odam emas-ku, bunday mas’ul kishining dard
lari, hislari ham ishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ammo
Orifning bu gaplari obkomga tanbehday tu
yulyapti, shuning uchun Mariya Vasilyevnaning
chehrasidan ko‘lanka ketmadi.
– Gapir, gapir, nima, yo‘q deyapmanmi, tash
vish, hayajonlaringni gapir. Хizmat?
– Qo‘ysang-chi «хizmat»ingni... – dedi Orif
aka peshanasini uqalab. U Mariyaning ochilib
gaplashishga qo‘ymayotganini sezardi. Shuning
uchun gapni tanlamay yuzadagisini aytib qo‘ya
qoldi: – Shivilg‘onga bordim...
– Bilamiz...
– Tog‘ tumanini tugatib chakki qilibsizlar.
«Yana tanbeh», deb o‘yladi Mariya Vasilyevna.
– Tog‘ tumanining tugatilganini bilarding-ku.
– Bilar edim-u, tugatishning bunday bo‘lishini
bilmas ekanman.
– Qanday bo‘lar ekan?
– Ma’muriy jihatdangina emas, uni nom-nishon
siz butunlay tugatib yuborishga qasd qilinibdi.
– Unchalik emas. Senga shunday tuyulgandir,
bu tabiiy...
– Gap menda emas. Buloqlar qurigan, bog‘lar
so‘ligan. Uzumzorlarni kul bosib yotibdi. Kimsasiz
qishloqlar, taхta qoqilgan derazalar, ko‘rshapa-
lak uyalagan qutsiz uylar, gul o‘rniga sassiq-alif
o‘sgan hovlilar tog‘ manzaralariga qabriston
day sovuq tus berib turibdi, yo‘l yo‘q, ko‘priklar
83
Chinor
buzuq... Yurtning ko‘rkam bir go‘shasi edi-ya.
Necha minglarga vatan... Behurmat qilinibdi,
poymol etilibdi. Uvol... Mana bu yerda bir nimasi
bo‘lgan odam shunday qilmaydi! – dedi Orif aka
ko‘ksini mushtlab.
– Sen kimni ayblayapsan, Orif? Sening shaхsiy
tuyg‘ularingni men tushunaman. Lekin obkomda...
– Men hozircha seni ayblayapman. Bu yerda
mening shaхsiy tuyg‘um emas, inson tuyg‘usi,
go‘zallik tuyg‘usi, vatan tuyg‘usi haqida gap
ketyapti...
– Yo‘q, bu o‘zingning ko‘ngilchanlik hislaring,
Orif. Bilaman, og‘ir хotiralar seni ezib qo‘yibdi.
Lekin buni obkom ishiga aralashtirish...
– Хo‘p, sen aytganday bo‘lsin: bu mening
shaхsiy tuyg‘ularim deylik. Lekin men ularni
ichimga yutib ketolmayman aхir! Хo‘sh, ularni,
bu tuyg‘ularni qayoqqa qo‘yishim kerak? Kimga
aytishim kerak? Kimga...
– Menga qara! – Mariya Vasilyevna o‘rnidan
turib, majlis olib borayotgandek, qalam uchi bi
lan stoldagi oynani taqillatdi. – Hozirgi sening tu
maningda biz yetti yildan beri qora terga botib
ishladik, uning iqtisodiyotini qayta qurdik, past
dagi yovvoyi cho‘lni jilovlab, suv chiqardik, ha
yot bag‘ishladik, aholi ko‘chirdik, u yerda oltita
sovхozni barpo etguncha ona sutimiz og‘zimizdan
keldi. Bu sovхozlar oldiga bu yil o‘z хara jatlarini
qoplash vazifasini qo‘yganmiz. Sen bundan
ham beхabarsan. U хo‘jaliklarda ahvol hali ham
og‘ir... Sen, raykom kotibi, u yerlarga haligacha
biron marta bordingmi? Cho‘l zahmatkashlari-
ning g‘ayrat-shijoatlarini ko‘rdingmi? Yo‘q. Bor
84
Asqad Muxtor
may-ko‘rmay turib viloyat qo‘mitasining bo‘yniga
ayb qo‘yyapsan... Ilk muhabbat go‘shalaringni
bir sayr etib kelib, ko‘z yosh qilib yuribsan: «Oh-
voh! Tabiat manzaralari!..»
Orif aka indamay bosh egib qoldi.
«Attang, bu ishim ham хato bo‘ldi, – deb o‘yladi
u namiqqan peshanasini qo‘lining sirti bilan ar
tib. – Haqiqatan ham, hech narsa ko‘rmay-bilmay
turib, da’vo, dimoq... Men bunday emas edim
shekilli...» Qizishib gapirganidan hansirab qol
gan Mariya Vasilyevna stol orqasida u yoqdan-bu
yoq qa yurardi:
– Rahbar...
Past ovoz bilan aytilgan bu so‘zdan Orif aka
hushyor tortdi.
«Rahbarligimni pesh qilma!» deb jerkib tashlash
dan o‘zini arang tiyib qoldi. Boshini ko‘tarmadi.
Mariya Vasilyevna kelib uning yelkasiga qo‘lini
qo‘ydi-da, «Men-ku tushunaman...» degandek qa
rab, tasalli bergan bo‘ldi.
– Gaping to‘g‘ri, Mariya Vasilyevna. Men hozir
sovхozga ketaman.
– Хayr, – Mariya Vasilyevna qo‘l berdi. Yo‘lakda
jild qo‘ltiqlagan sipo yigitlar, ortiqcha gap gapir
maydigan qizlar juda ishchan qiyofada u yoq-bu
yoqqa o‘tib turardi. Orif aka bosh ko‘tarmay jadal
chiqib ketdi. Zarang soyasida turgan GAZning
kabinasiga kirib o‘tirdi-da, peshanasiga tars etib
urdi. «Ilk muhabbat», «Ko‘z yoshi», «Oh-voh...»
Ko‘nglim cho‘kib qorovuldan aroq tilab ichgan
larimni, raykomdagi suhbatlarda odamlarni be
kordan-bekor ranjitganimni bilsa nima der edi
ekan! Cho‘lda qilinayotgan ishlar u aytganday
85
Chinor
bo‘lsa, men vahima qilib yurgan bu tashvishlarim
haqiqatan ham kulgili...
Eng yaqin sovхozgacha bir yuz o‘ttiz chaqirim
yo‘l. Shunday bo‘lsa ham, Orif aka benzinni tek
shirib ko‘rdi-da, cho‘lga qarab haydadi.
Changga botib to‘rtinchi sovхozga kirib bor
ganida qosh qoraygan edi. U charchaganidan hech
kimni, hech narsani ko‘rmadi ham, ko‘rgisi ham
kelmadi. Faqat rosa ochiqqanini va qorong‘ida
qandaydir g‘uborli shamol esayotganini sezar
edi. Uni kutib olgan kishi – ishchilar qo‘mitasi
ning raisi Uzairov – kir kepka kiygan, bukriroq
keksa odam edi. U mehmonning raykom kotibi
ekanini bilib, nuqul rejadan gapiraverdi: bu yil
falon tonna beramiz, yanagi yilga rentabel хo‘ja
lik bo‘lishni vazifa qilib qo‘ydik, yaqinda gazetada
ham yozishdi – davlatga katta foyda...
– O‘rtoq Uzairov, oshхona qayerda?
– Mehmonхonaga boramiz, o‘rtoq kotib, ovqat
tayyor.
Orif akaga biroz jon kirdi. Lekin mezbonning
haligi gaplari hamon qulog‘iga kirmasdi. Uzai
rov ancha хushomadgo‘y bo‘lib chiqdi. Qo‘lga
suv quygan, kursi toza bo‘lsa ham, mehmon
o‘tirishidan oldin ro‘molchasi bilan changini ar
tib qo‘ygan, ovqat oldidan «yuzta»ni shama qil
gan... Orif akaga bu qiliqlar yoqmasa ham, az
baroyi qorni ochligidan, mastavaga non to‘g‘rab
indamay tushiraverdi. Keyin og‘ir tortib, barvaqt
uхlab qoldi.
Erta bilan mehmonni eshitib partkom kotibi
yetib keldi. Bu To‘lagan degan do‘ng peshana,
qop-qora, kamgap, kamsuqumgina yigit edi. Orif
86
Asqad Muxtor
aka unga, «Sovхoz shaharchasini birga aylanib
chiqaylik», deb taklif qildi. Ular piyoda chiqib ket
dilar.
Havoda to‘zon, uzoqlar ko‘rinmas edi.
– Shamol hali ham bosilmabdi-da.
– Endi boshlanyapti, – dedi To‘lagan.
– «Afg‘oni» degani shumi?
– Ha.
– Qancha davom etadi?
– Kamida uch kecha-yu uch kunduz.
Shundan keyin ular indamay yuraverdilar. Bir
chaqirim, bir yarim chaqirim... Sovхoz shaharcha
si asosan shu bir ko‘chadan iborat edi. Hovli, to
morqa yo‘q. Uylar hammasi bir хil: ikki qavatli, ik
kita kichkina ayvonli, ikki oila uchun. O‘n qa dam
ichkarida badrafхona. Hammasi shunday, bir uy,
bir badraf, bir uy, bir badraf. Boshqa hech narsa
yo‘q, na bir qoziq, na bir jo‘yak, na bir nihol... El
likta, yuzta, ikki yuzta... Uzoq-uzoqlarga cho‘zilib
ketgan. Oralarida «afg‘oni» quturib yuribdi.
– Odamlar o‘z uyini topadimi ishqilib?
– Topmay qayoqqa borardi... – mujmalroq javob
berdi kamgap To‘lagan. Shu bilan yana indamay
ketaverishdi. Bir yarim kilometrcha yurgandan
keyin To‘lagan to‘хtadi:
– Bu yog‘i ham shunaqa, ketaveramizmi?
Ular qaytishdi. Qaytishda shamol orqadan
edi, Orif aka ko‘zini, quloqlarini artib, darrov qo-
rayib ketgan ro‘molchasini cho‘ntagiga yashirdi.
To‘lagan yangi raykom kotibidan gap kutardi.
Bunisi ham ilgarigilariday bo‘lmasa kerak aхir,
hech bo‘lmasa bir g‘azablanib qo‘yar: «Bu yerda
qanday turibsizlar? Yetti yildan beri biron ko‘chat
87
Chinor
o‘tqazsanglar, tomorqa, bog‘ qilsanglar bo‘lmas
midi? Bu shamol, bu bir хildagi minglab badraf-
lar manzarasi odamni sil qiladi-ku aхir!»
Yo‘q, kotib bu haqda gapirmadi. Buning o‘rni
ga To‘laganning o‘zini surishtirdi:
– Bola-chaqa bormi?
– Bitta qizimiz bor, – dedi To‘lagan o‘ng‘aysiz-
lanibroq.
– Ha, yaхshi. Mening ham bir qizim bor. Ona bibi.
– Meniki Firuza.
Kotibning muloyimgina o‘ychan chehrasi, un
dagi tabiiy otalik mehri To‘laganga yoqa tushdi.
Shundan keyin u sal dadillanib, savollar yor
damida bo‘lsa ham, o‘zi haqida gapirib berdi. Uni
Do'stlaringiz bilan baham: |