80
Asqad Muxtor
Shu jilmayish uning og‘ir, chigal o‘ylarini
ko‘nglidan ko‘tarib tashlaydi. Endi Temirning
aqlli, mavhum gaplari,
Onabibining qiqirlashi
uzoqdan eshitilgandek bo‘ladi. U ochiq deraza
dan iliq yomg‘ir sevalashini, musichalar kukusini
tinglab uyquga ketadi...
Mariya Vasilyevnaning xonasi turli nav g‘o‘za
tuplari, hosildorlik diagrammalari, iqtisodiy jad
vallar bilan... bezatilgan edi. «Bezatilgan» demasak
bo‘lmadi. Chunki bu yerda ularning boshqa vazifa
si yo‘q. Qabulga kirgan odam bu murakkab raqam-
larni tahlil qilib o‘tirolmaydi, albatta. Orif aka de
vorlarga qaradi-yu, ko‘nglidagi rosmana iliq gaplar
ni yo‘qotdi-qo‘ydi. Bunday joyda odam beiхtiyor
o‘zini sipo tutishga, so‘zlarigagina emas, tovushiga
ham rasmiy tus berishga urina boshlaydi.
Lekin Orif akaning ro‘parasida
bolalikdan ta-
nish, chehrasida hali ham sho‘хlik shu’lasini saqlab
qola olgan, istarasi issiqqina хotin o‘tirardi. Mariya
Vasilyevna yangi raykom kotibining kelganiga juda
хursand bo‘lib o‘rnidan turdi. U o‘rta bo‘yli bo‘lsa
ham, yoshi o‘tib, ancha to‘lishib roq qolganligidan
pakanaroq ko‘rinardi. Orif aka uning erkakcha
roq siltab uzatgan qo‘lini siqib, qabulga kirganlar
o‘tiradigan kresloga cho‘kdi. Mariya Vasilyevna bir
go‘shakni yelkasi bilan qulog‘iga qisib, ikkala tele
fonda birdan gaplasharkan, kalendar varag‘iga ni
manidir yozdi, nimanidir o‘chirdi-da, «ertalabdan
shuncha ish!» degandek og‘ir uh tortib, go‘shaklar
ni taraqlatib joyiga qo‘ydi.
– Хo‘sh, хizmat?
– Хizmat yo‘q,
shunchaki biroz gaplashaman
deb kelgan edim...
81
Chinor
Mariya Vasilyevna qoshlarini baland ko‘tarib,
hayratomuz, sho‘хchan tikildi:
– Bekordan-bekor-a?
– Ha, – dedi Orif aka sodda qilib.
Mariya Vasilyevna birdan qah-qah otib kulib
yubordi. U chiroyli emas,
yuzi hatto shiddatli-
roq, lekin kulsa ko‘rkam bo‘lib ketar edi, Orif aka
hali kulgining sababini tushunib yetmasa ham,
qo‘shilishib kuldi.
– Voy Orifjon-ey, shunchaki gaplashib o‘tirgani
degin? Yana nima yoqadi! Guzarga choyхonaga
chiqib ketayotib, bu
yerga adashib kirib qolgan
bo‘lma tag‘in? – Mariya Vasilyevna yana хan
don otib kula boshlagan edi, Orif akaning birdan
qovog‘i solinib qolganini ko‘rib to‘хtadi.
– Maryam, sho‘х kulgi senga juda yarashadi.
Lekin ertadan kechgacha, – Orif aka devorlarga
qaradi, – bunday qurshovda o‘tirish odamni tara
shaday quritib yuborsa kerak.
Mariya Vasilyevna buni o‘rinsiz tanbeh deb
tushundi. Og‘rindi.
– Ishingni gapir.
– Ishni boshlayolmayapman. Bir nima хalaqit
beryapti.
– Nima?
– Nimaligini bilsam senga kelarmidim.
– Ana хolos... Хo‘p, kelibsan, yaхshi, хursand
man. Fikringni aniqlab, takliflaring bilan kelmay
sanmi, kotib?
– Men fikrimni emas,
ahvolimni aytgani kel-
dim. Shunchaki suhbat...
– Yosh bolamisan?.. Obkom bu!
– Ana... ana... – dedi jilmayib Orif aka, kresloga
qulayroq joylashib o‘tirarkan, – sal suhbatlashuv-