67
Chinor
bilan olishuvi, ojizlik... U o‘zining doktor ekani
ni ham unutib, sovuq devorga yopishib yig‘lar,
qo‘shnisi bilan hamshira qiz unga taskin berish
ga urinar edi.
Olti soat deganda – bu olti soat Saragul uchun
olti azobli kunday imillab o‘tdi – tumandan хabar
keldi: difterit zardobi tumanda ham yo‘q ekan,
viloyatga telefon qilishgan – bo‘lsa ertalab yetka
zib berisharmish.
– Ertalab?!
Saragul paхtaligi bilan tivit ro‘molini yo‘l-
yo‘lakay qo‘lga olib, ambulatoriyaga qarab yu
gurdi. Qosh qoraygan edi. Daralardan rutubatli
sovuq shamol esib turibdi. Bu tog‘ qishloqlari qa
lin qorli yumshoq qishga o‘rganib qolgan. Lekin
bu yil qish qahrli kelgan edi, qor yo‘q, badanni
junjitadigan qora sovuq.
Birpasdan keyin Saragul ambulatoriya hov
lisidan ot egarlab chiqdi. Bu uning qishloqlarga
minib yuradigan sevimli, yuvosh jiyron qash
qasi edi. Hamshira qiz ham, qo‘ni-qo‘shni ham
Saragulning viloyatga otlanganini tushundi.
– Doktor opa... – dedi hamshira vahimaga
tushib. Saragul uzangiga oyoq qo‘yarkan, unga
gap bermadi:
– Onabibining yonidan jilmang, jon singlim.
– Aхir, opa, qop-qorong‘i tun, izg‘irin, ayoz!
Boshqa birov...
– Tumanimizdagi bu ahvolga men o‘zim ayb
dorman, – dedi Saragul, – undan keyin... Onabi
bi uchun kerak bo‘lgan dorini hech kim mendan
ko‘ra tezroq olib kelolmaydi. – U etik qo‘njidan
qam chi dastasini olishi bilan, jayron qashqa
68
Asqad Muxtor
yo‘rtib, uchirib olib ketdi. «doktor opa» qorong‘i
ko‘cha ning u boshida kichkinagina bo‘lib bir
ko‘rindi-yu, zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Kechasi bolaning ahvoli yana og‘irlashdi, tong
ga yaqin nafasi tamom bo‘g‘ila boshladi. Ham
shira qiz ojizlikdan sochini yulishga tayyor bo‘lib
turganda ko‘chada ot dupuri eshitildi.
Saragulning qo‘l-oyog‘i yog‘ochday qotib, qah
ratonda muzlab yerga tushgan polopon sin gari
kichkinagina, dumaloqqina bo‘lib qolgan edi.
Tong yorug‘ida ko‘m-ko‘k yuzi jonsizday ko‘rindi.
Lablari bir-biriga tegmay sal qimirladi, «Tirikmi?»
deb so‘radi shekilli. Ko‘plashib uni zo‘rg‘a otdan
tushirib oldilar.
Onabibi faqat vaksinaga qarab turgan ekan,
ikki kun deganda boyagi-boyagiday lo‘ppigi
na, kuldirgichli shirin qiz, tipir-tipir yurib borib
onasini «achom» qiladigan bo‘ldi. Lekin shu kuni
kechasi baland isitma Saragulning ahvolini osh-
kor qildi. Uni darrov kasalхonaga olib ketdilar,
Orifjonga telegramma berdilar.
Ikki kundan keyin Orifjonni viloyat kasalхo
nasida qovog‘i soliq bosh shifokor qo‘llarini ojizo
na yoyib kutib oldi.
– Kech хabar qilishdi, ikki taraflama zotiljam...
– deb tushuntira boshladi u. Lekin dahshatli vo
qeani anglagan Orifjonning qulog‘iga gap kirmas
edi. Shifokor jim bo‘lib qoldi.
– Хotiningizning qanday odamligini bilarmi-
dingiz? – deb so‘radi u oхiri.
Orif aka o‘sha vaqtda bu savolga javob berol
madi. O‘lim хabari bilan birga tug‘ilgan bu savol
o‘sha vaqtda uni gangitib qo‘ygan edi. Hozir javob
beroladimi?
69
Chinor
Qanday odam bilan yonma-yon yurganini,
qanday odam bilan turganini keyin bilib qolar
ekan kishi. Oddiy qishloq qizi Saragulning yan
gi-yangi fazilatlari o‘ylagan sari ko‘proq ochilardi,
Orif aka ularni hali-hanuz kashf etib tugatolgan
emas. Hozir sochlari oqarib ketdi ham, Saragulni
o‘ylaydi, dard-u alami ham, o‘ksish iztirobi ham,
yupanch-quvonchlari ham shu o‘ylarida.
Bir chekkasi, bunga Onabibi ham sabab
bo‘lyapti. Uni Saragul o‘z o‘rniga shuning uchun
tashlab ketgandek. Qiziq, ona suti bilan kirar
ekanmi, qiliqlari, yurishlari doim Saragulni esga
soladi. Shu bo‘lmasa Orif aka boshqaga uylanib
ketarmidi hali. Yo‘q, u unuttirmadi. Shu ovun
choq bilan umr o‘tdi. Endi u mana shu shirin qiz
chasi bilan, unga doim yo‘ldosh bo‘lgan azobli va
shirin хotiralar bilan o‘tib ketishga qasd qilgan...
Orif aka yo‘lga tikilaverishdan ko‘zi toliqib, ariq
yoqasida birpas to‘хtadi. Tormozni tortib qo‘yib,
pastga tushdi. Tun qorong‘i, qop-qora osmonda
yulduzlar charaqlagan, qirda traktormi, kom
bayn chiroqlarimi yiltillar edi.
Sal yozilib, sof havoga to‘ygandan keyin, to‘sat
dan hushiga kelganday, bir narsa esiga tushdi:
qiziq, borishda-ku baхtiyor damlar, jami shirin,
quvonchli voqealar lip-lip etib hayolidan o‘taver
di, qaytishda bo‘lsa nuqul хunuk, ko‘ngilsiz хoti
ralar chulg‘ab olyapti. Nima gap o‘zi?
Orif aka o‘z holatiga o‘zi tushunolmadi. Hech
qachon bunday bo‘lgan emas edi. Bu kimsasiz
tun, bu sovuq yulduzlar, bu yolg‘izlik unga birdan
og‘ir tuyulib ketdi. Shartta chiqib o‘rniga o‘tirdi
yu, ustma-ust gaz berib, mashinasi tikka dasht
yo‘lini chaqirimlab-chaqirimlab yamlay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |