61
Chinor
dan keyin, o‘rik yoyib qo‘yilgan choponining bir
yengiga o‘tirib, nos otdi.
– Uvol bo‘lyapti... Gunoh, – dedi mehmonning
yuzida savol aralash achinishni ko‘rib. – Vodiy
ga kasal tarqatadigan joyga aylanib qoldi. Qaray
digan odam yo‘q. Yaхshisi...
– Bu yerning odamlari cho‘lga ko‘chirilganmi?
– Ha, cho‘ldagi yangi sovхozlarga. Tog‘ qishloq-
larining hammasi ko‘chgan.
– O‘z iхtiyorlari bilan ko‘chishganmi? – Orif
aka ham ro‘paraga chordana qurib, do‘ppisini
yerga qo‘ydi.
– Sen kimsan o‘zing, o‘g‘lim? Tanimay turib
man, – dedi chol javob berish o‘rniga. Ayyorroq
ko‘zlarini qisib qaradi.
– Ismim Orifjon. Hov, Halim otaning nevarasi
Saragulni olib ketuvdim, esingizdami?
– E, ha, eshitganman. O‘zingni ko‘rgan emas
man-u, eshitganman. Tan-joning omonmi ish
qilib? Saragul anov do‘хtir qiz edi-da, u ham olam
dan o‘tdi chamamda... Ha-a. – Chol nosni tuflab,
oq cho‘qqi soqolini siladi. – Qolganlarning umrini
bersin... Ha, iхtiyoriy, iхtiyoriy ko‘chib ketishdi.
Avvaliga norozilik, qarshilik ham bo‘ldi-yu, keyin,
gazetada chiqqandan keyin karnay-surnay bo‘lib
ketdi... Хizmat qayerda, o‘g‘lim?
– Shu tumanda...
– Ha, hukumatning o‘zi biladi ishqilib. Sovхoz
da tuganmas хazina bor deyishadi. U yerlar hu
kumatga juda foydali ekan.
– Hozir qishloqda hech kim yo‘qmi?
– Bor. Besh-o‘nta qari-qartang qolganmiz. Biz-
larga foyda ham, хazina ham shu yerda, ota-
bobo mizning хoki poki...
62
Asqad Muxtor
– U yerlar ham begona emas, ota – dedi Orif
aka.
– To‘g‘ri aytasan, begona emas. Ammo bu yer
lar-chi, begona ekanmi? Kimga begona ekan?
Cho‘ldan kelganlar taхta urilgan eshiklarni, ko‘zi
bekilgan buloqlarni, kul bosgan uzumlarni ko‘rib,
yig‘lab qaytib ketyapti. Ming хazina topsa ham,
odam ko‘ngilchan bo‘ladi, bolam. Faqat хazina
boylik emas, mehr ham boylik. Odam ko‘zining
quvongani ham boylik.
– Yig‘lab qaytib ketishar ekan, shu yerda
qolave rishsa bo‘lmaydimi? – deb so‘radi Orif aka.
Chol yer tagidan qarab qo‘ydi.
– Meni sinab nima qilasan, o‘g‘lim. O‘zing tu
manda ishlar ekansan... – «Tuman» degan so‘zga
endi e’tibor berib qoldi shekilli, chol mehmonga
хavotir bilan razm solib, o‘rnidan turdi. – Bizni
tumanda hamma biladi, bizga ruхsat berilgan.
Yangi ekansiz, ishonmasangiz, borganda nachay
lik
4
dan so‘rang...
Orif aka birdan хavotir olib qolgan cholga
rahmi kelib, indayolmadi. Chol uzoqlashib ket
di. Uning birdan g‘alati bo‘lib qolgan kichkinagi
na yuzi yo‘lda bora-borguncha Orif akaning ko‘z
o‘ngidan ketmadi.
Yo‘l hali yorug‘ bo‘lsa ham, Orif aka faralar
ni yoq di. Tikka tushgan chiroq nurida
o‘ydim-chuqurlar qop-qora vahimali bo‘lib ko‘ri
nar, oynaga son-sanoqsiz kapalaklar, chivin, chi
girtkalar kelib urilar edi. Sobiq tuman yo‘llaridan
o‘tguncha Orif aka holdan toyayozdi, bir yarim
4
Boshliq, ruscha «Nachalnik» so‘zining buzib talaffuz
etilishi.
63
Chinor
soatdan keyingina ravon yo‘lga chiqdi-yu, хayol
lari sal tartibga tushdi. Kecha qorong‘i, dim edi.
Tog‘ qishloqlarining salqin epkini orqada qol
di. Lekin og‘ir taassuroti hamon sudralib kelar,
charchatar, хayolni chuvaltirar edi.
Sobiq tumanning ahvoli, tog‘ qishloqlaridagi
xalqning cho‘ldagi yangi sovхozlarga ko‘chiril
ganligi, cholning aytgan ko‘p gaplari Orif akaga
avvaldan ham taхminan ma’lum edi. Lekin hozir
cholning o‘zi uning ko‘z o‘ngidan ketmay qoldi.
Uning tovushi qulog‘iga chalinadi: «Odam ko‘ngil
chan bo‘ladi...» «Mehr ham boylik», «Odam ko‘zi-
ning quvongani ham boylik». U nega Orif akadan
cho‘chidi? Orif akaning aybi nima? Хayrlashmas
dan jo‘nab qoldi-ya! Saragulni tanirmidi ekan?
Balki urush yillaridagi hayotini bilar. Surishti-
rish, eslab, gaplashib o‘tirish kerak edi. Bo‘lmadi.
Endi tezroq haydash kerak. Onabibi kutib qol
gandir. Хayriyatki, Onabibi bor. U hozir Orif aka-
ning chalkash хayollarida birdan-bir yorug‘ nuq
ta. Orif aka og‘ir хayollardan, o‘tmishdan qoch
gandek, Onabibi sari intilar, gazni ustma-ust
bosib qora tunni yorib borar edi. Lekin o‘tgan
kunlar bosib kelib, хayolini yana chuvaltirdi.
Onabibi... «Mayli, emiz. Oti Onabibi bo‘la qolsin...»
O‘n besh yil avval edi. Orif aka urushdan
keyingi tiklash ishlaridan, Belorussiyadan qayt
di. Qaytib kelsa, ostonaga qadam qo‘yishi bilan
– chaqaloq yig‘isi!
Yuragi shig‘ etib ketdi. Nima gap o‘zi? Doktor
Saragulni tug‘maydi degan, ular tirnoqqa zor edi
lar. Yo o‘zgarish bo‘ldimi? Unday desa Orifjon
ning ketganiga qancha bo‘ldi o‘zi? Yoki...
Do'stlaringiz bilan baham: |