A.Kamyuning "Begona"asarida shaxs masalasi A.Kamyu Reja: - 1. A.Kamyuning "Begona"asarida haqida qisqacha
- 2.Begona"asaridagi shaxs masalasi
1. A.Kamyuning "Begona"asarida haqida qisqacha - Fransuz yozuvchisi va faylasufi Alber Kamyu (1913–1960) oʻtgan asrning 50-yillarida jahon intelligensiyasi tafakkuri va dunyoqarashiga katta taʼsir koʻrsatgan ijodkorlardan sanaladi. Zamondoshlari unga “Gʻarb vijdoni” degan sharafli nom bergandilar. 1957 yili Shvetsiya akademiyasi Kamyuga “adabiyot rivojiga qoʻshgan ulugʻ xizmatlari, unda inson vijdonini real voqelikka aylantirgani uchun” xalqaro Nobel mukofotini beradi. Mukofot topshirish marosimida soʻzlagan nutqida, adib oʻz hayoti va ijodiga nazar tashlar ekan, jumladan, shunday xulosa qiladi:
- men oʻz zamonimning galerasi (kemasi)ga mixlanganman, boshqalarga qoʻshilib eshkak eshishim, kemada baliq hidi anqib turganligi, jallodlarning bisyorligi, bu ham yetmagandek, notoʻgʻri yoʻl olinayotganiga qaramay, undan tushib qolmasligim uchun mahkam kishanlab qoʻyilganman”
- "Begona" romani 1940- yilda yozib tugatilgan, 1942- yilda dunyo yuzini ko'rgan. Qissa XX asr fransuz adabiyotining, aniqrog'i, "Kamyu avlodining eng yaxshi asari", "asr san'atidagi eng yirik falsafiy asotirlardan biri" deya baholangan. Yaratilganiga 60 yildan ko'p bo'lganiga qaramay "Begona" hanuz Fransiyada eng sevib o'qiladigan asarlardan hisoblanadi. Roman vatanidagina emas, jahonning ko'plab mamlakatlarida ham shuhrat qozongan.
- Begona" asari juda ham bahslarga sabab boʻlgan dunyo tan olgan roman. Negadir bu asarni oʻqisam xayolimga adabiyotdagi iyhom sheʼriy sanʼati kelaveradi (iyhom - jumladagi bir soʻzda ikki xil maʼnoni anglash). Demak, avvalo, asardan olgan yuzaki gʻoyam haqida qisqacha: asar Mersoga onasining oʻlimi haqidagi telegramma kelishi bilan boshlanadi. Merso onasi vafotidan taʼsirlanmaydi ham, u uchun qaygʻurmaydi ham. Hatto koʻrishni ham istamaydi. Toʻgʻrisi, har qanday inson degan maxluqot, gʻirt begona vafot etsa ham, qalbi ogʻriydi-ku! Koʻmish jarayonida esa u qalban emas, jismonan azob chekadi. Issiq, bir kun oldingi uyqusizlik. Dafn marosimidan soʻng, Mari bilan koʻrishib koʻngilxushlik qiladi. Asarda Salamano chol va uning iti obrazlari mavjud.
- Asar boshlanishidagi ushbu jumlalarni o'qir ekanman. Bu gaplar kimga tegishli? Nega onasining qachon o'lganini o'lganini bilmaydi? Nega bu gaplarni shunchalik xotirjamlik bilan aytyapti. Nega onasi g'aribxonada edi, degan savollar paydo bo'ldi. Asar Mersoning onasi vafot etishi bilan boshlanadi. Lekin buni Merso oddiy hol deb qabul qiladi. U onasini ko'mish uchun Marendoga boradi. G'aribxonada unga onangizni so'ngi marta ko'rasizmi deyishsa, yo'q deb javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |