52
Asqad Muxtor
Shivilg‘on tog‘-tosh orasida ko‘m-ko‘k ishkom
larda ko‘milib yotgan qishloq, mashhur shivilg‘oni
uzum shu yerdan tarqalgan. Orif aka Saragul-
ning oldiga Shivilg‘onning ko‘rkini bahona qilib
kelardi.
Darhaqiqat, bahona qilsa arzirdi-da. Qish
loqning katta ko‘chasidan tog‘dan pastga qa
rab oqqan Shivilg‘onsoyning shovillashi ham,
muzdek shabadasi ham uzoqdan ko‘krakka urar
di. Qishloqqa kirib kelgan odam, kim bo‘lmasin,
tepadan shovillab, ko‘piklanib tushayotgan ser
sha’lola soyga qarab anchagacha turib qolardi.
Soyning ikki qirg‘og‘i bo‘ylab tikka chiqib ketgan
tabiiy oq хarsang zinalar hovlilardan devor oshib
egilib tushgan yashil tok soyasida doim namchil,
unda qizil ko‘ylak kiygan qizaloqlar yalang oyoq
chopqillagani-chopqillagan. Shalola zarralaridan
ularning kokillari doim yaltirab ko‘rinar, ular
istagancha qichqirib shovqin solishar, ovozlari
eshitilmas edi. Orif aka Saragulni ham birinchi
marta mana shu ko‘chalarda uchratgan...
Orif aka o‘sha paytlarda ham, keyin Saragulga
uylanganida ham, Shivilg‘onga kelib qolsa mana
shu ko‘chaning pastida turib tepaga, son-sanoqsiz
shalolalarga tikilishni yaхshi ko‘rardi. «Petergof! Pe
tergof!» derdi har safar hayratda qolib. Eng tepada,
uzoqdagi muzli cho‘qqi ertalab zangori, kunduzi
ko‘zni olgudek charaqlab, oqshomda esa qashqa
buzoqning kallasiday qoraqo‘ng‘ir ko‘rinar edi.
Bu markaziy ko‘chadan ikki tomonga kirib
ketgan tor ko‘chalar tog‘-u tosh orasida shu qa
dar past-u baland, hovlilarni qoplagan yaхlit tok
ostida shu qadar qorong‘i, shu qadar chakalaksi
53
Chinor
mon bo‘lib ketgan ediki, bunga pochtachilar ning
odatlanib qolgani-yu, odamlarning adashmay
yurganiga Orif aka har safar hayratlanardi. Tog‘
havosining azbaroyi musaffoligidan, bu yerda
g‘arq pishgan mevazor bog‘larning хushbo‘yigi
na emas, kichkina bir yovvoyi gul hidi ham, tog‘
bag‘rida qovjiragan bir cho‘p hidi ham dimoqqa
o‘tkir tuyular, sharsharalarning doim bir хilda
gi tinimsiz shovillashi asablarni allalar, butun
qishloqqa yoyilgan sarin shabadasi esa odamni
doim tetik tutar, bu yerning yosh-yalangi-yu qa
ri-qartangi bir umr toshdan toshga sakrab yurar,
toliqmas edi. Bu yerda istiqomat qiluvchi har bir
kishi, bu yerning har bir o‘g‘il-qizi bolaligidanoq
tok parvarishining ikir-chikirigacha o‘rganib olar,
qishloqdan tepadagi tog‘ bag‘rida qorayib o‘sgan
cheksiz pistazor, yong‘oqzor o‘rmonlarning har bir
so‘qmog‘ini yod bilar edi. Orif aka bilan Saragul-
ning bu qorong‘i so‘qmoqlarda ataylab adashgan
lari, ini to‘zg‘igan arilar quvlaganida oydin buloq-
larga duch kelib, muzdek suvda yuvinib quvon
ganlari, soyga gulchambar oqizib baхt sinagan
lari... qachon edi bularning bari? Chindan ham
bo‘lganmidi? Yo tushmidi bular...
Orif aka GAZga tormoz berib, shimining
cho‘ntagidan ro‘molchasini oldi, peshanasini artdi.
Quyosh ko‘tarilib qolgan. Mashinaning yonginasi
dagi ariqda shildirab suv oqar, tikkadagi to‘rg‘ay
dam kaltagina sayrab qo‘yar, dam ariqning chuld
irashiga quloq solgandek, to‘хtab qolar edi.
Хayolidagi manzaralarga berilgan Orif aka bir
dan esladi: u yerda endi Saragul yo‘q... U yerda
ham, umuman butun olamda ham yo‘q.
54
Asqad Muxtor
Bir o‘zi chiqmay, birontasi bilan birga kelsa
bo‘larkan. Yolg‘izlik odamni ezadi. Birdan orqaga
qaytgisi kelib qoldi.
Biroq darrov o‘zini o‘ngladi-yu, shaytonga hay
berib, starterni bosdi. Ikki soatlarda sobiq tuman
markazi Sumbultomchi keladi. Sumbultomchi-
ning o‘zini ko‘rish uchun ham kun bo‘yi yo‘l yur
sa arziydi.
Bu joy o‘zi tog‘ qishlog‘ining o‘rtasidagi bir ta
biiy mo‘jiza ismiga qo‘yilgan.
Sumbultomchi – noyob mo‘jiza. Uni tasvirlab
ko‘z oldingizga keltira olishimga ishonmayman.
Uni ko‘z oldiga keltirish uchun albatta borib
ko‘rish, soatlab tikilib turish kerak.
Avvalo, Sumbulni ko‘rganmisiz? So‘raganimga
хafa bo‘lmang. Bu hamisha yam-yashil, noyob gi
yohni g‘azallarda ko‘p ishlatgan ba’zi shoirlar ham
o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmagan ekanlar. U haqiqatan
soch tolasi kabi nozik va tim qora, bargi esa juda
mayda, zargar qo‘lidan chiqqandek nafis, qoramtir
ko‘k va yiltiroq bo‘ladi. Sumbulning o‘sishi uchun
albatta buloq suvi, tosh va pastqam jarlik kerak.
Endi ikki qavatli uydek katta qoya toshni ko‘z
oldingizga keltiring. Shu qoyaning ichiga o‘yilib
kirib ketgan katta tabiiy g‘or. G‘orning tosh shifti-
dan to‘rt-besh gaz uzunligidagi millionlab sum
bul pastga qarab solinib yotibdi. Sumbulning har
bargidan tiniq buloq suvi tomib turadi. G‘orning
og‘ziga yaqinlashganingizda siz avvalo quyosh
nuri va buloq suvi zarralaridan paydo bo‘lgan
ajoyib naykamalakni ko‘rasiz, keyin ko‘zingiz
sal ko‘nikkach, bosh ustingizda qora soch to
lalaridagi milliard-milliard yiltiroq bargchalarda
Do'stlaringiz bilan baham: |