Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

44
Asqad Muxtor
nomi bilan musharraf edi. Alqissa, yunon safari­
dan qaytarda minglab g‘aroyibot qatori bir mo‘ji­
za olib qaytmish erdikim, uning oti naydir.
Attangki, ustodning qaytishi bu daf’a elda 
shodiyona bayram bo‘lmadi. Boiskim, fuqaro ning 
aksari, jumladan, Al-Forobiyning yakka-yu yago-
na jigarband og‘asi ham Bilujiston mulkiga asir 
tushib, yoppasiga haydab olib ketilgan edi.
Ustod iztirobi beadad chekdi. Nay chalib, nola 
qildi. G‘urbat-u hijron dardida «Cho‘li Irog‘»-u 
«Ushshoq» yanglig‘ ko‘p sitamgar navolar ijod 
etdi. Nihoyat bardoshi tugab, aqalli jigarbandi­
ni tilab olish umidida Bilujiston shohining arki 
ma’shumiga qarab ravona bo‘ldi.
Bu dargoh baayni jahannam, falak gumbazini 
oh-nola tutuni tutgan, qiyomat qoyimning хud­
di o‘zi edi. Ustodning og‘asi yanglig‘ mo‘r-malaх 
qullar yasoq-yasoq bo‘lib qaynoq kun tig‘ida qora 
terga botib zahmat tortar edilar. Ustod bu bedod­
likni, inson qadrining nechog‘lik tuban tushib 
ketganligini ko‘rib, og‘asini ham, niyatini ham 
faromush qildi.
– Bu nadirki, bu azobda bino qilursiz? – deb 
savol qildi ustod.
– Shohimiz jahonning sakkizinchi mo‘jiza-
sini barpo etmoqdalar, – dedi qamchisidan qon 
tomgan sarkor, – sen jahongashta darvishga 
o‘хshaysan, shavkatli shohimizni duo qil.
Ustod undan yuz o‘girib qullar orasiga kirib 
ketdi.
Terisi ustiхoniga yopishgan, majolsiz qullar 
uzoqdan хarsang tashir, tuproq qazir, balandlikka 
tosh ko‘tarib chiqar edilar. Ular och-yalang‘och, 


45
Chinor
хasta tanlari yara-chaqa, shom-u sahar betinim 
zahmat chekib, tunlari chivinga talanar ekan­
lar. Eng mudhishi ulkim, bu bevatan bechoralar 
orasida noma’lum bir ofat, kasal tarqalibdi. Bu 
dardning na bir sababini, na davosini biron kim­
sa bilmasmish. Qullar andoq qirilmoqda ekanki, 
shohning o‘zi ham tahlikaga tushibdi: uning qul­
lari bu ofatdan qirilib, tugab ketsa, sakkizinchi 
mo‘jizani kim bino etadi? Shoh shon-shuhrat qo­
zonmoqchi, jahonga nom chiqarmoqchi aхir!
Binobarin, shoh qullariga muruvvat qilib, be­
radigan yemagini andak oshirib, haftada shir, 
oyda bir go‘sht ham ulashtiradi. Ishboshilarga 
tilla tarqatadi: qullar o‘lmasligi kerak! Ammo ofat 
chekinmas, qullar hamon pashshaday qirilar edi.
Ustod bu miskinlar orasida uzoq yurdi, birga 
yotdi, birga turdi, hamdard bo‘ldi. Kunlardan bir 
kuni uni sarkor ko‘rib, so‘roqqa tutdi:
– Hoy, musofir, sen darvishga o‘хshamaysan, 
kimsan bu do‘zaхni iхtiyor etgan?
– Men Al-Forobiyman, – dedi ustod. Sarkorlar-
ning esi og‘ib qolay dedi, ko‘zlarining soqqa­
si chiqib ketdi. Ular avval asta tisarilib, so‘ngra 
tirqiragancha orqalariga qaramay qochdilar.
Shu kuniyoq Forobiyni navkarlar olib ketdi, 
shoh uni o‘z huzuriga da’vat etgan edi. Ustod 
arkoni davlatning hashamatli saroylarida necha 
chaqirim poyondozlarni bosib o‘tib, shavkatli Bi­
lujiston shohining huzuriga yetdi. Shoh surma­
day qora soqolli, banoras to‘n va oltin toj kiygan 
yoshgina, Yusuf alayhissalomdek husni barka­
mol bir zot ekan. U taхtidan qo‘zg‘alib al-Forobiy-
ning istiqboliga chiqdi.


46
Asqad Muxtor
– Bizning mulkimizga tashrif buyurgan ekan­
san, biz mamnunmiz. Ammo nechun bizga 
ma’lum etmading?
Shohning imosi bilan uning oyog‘i ostiga bir 
tovoq oltin to‘kdilar. Ustod pinak buzmadi, u 
bunday shohona dahmazalar, «muruvvat»larni 
ko‘p ko‘rgan edi.
– Nega chorladingiz, shoh? – so‘radi u sodda­
gina qilib.
Kamida «shavkatli shahanshoh», «shohi jahon» 
deb ulug‘lashlariga o‘rgangan shoh bunday muo-
malaga bu safar g‘azablanmadi.
– Bizning sodiq qullarimizga qirg‘in kelibdi, 
uning davosini topib ofatga barham bergaysan, 
– dedi u, kattagina charm хaltada tillani uning 
oyog‘iga o‘zi tashladi.
– Bu mening qo‘limdan kelmaydi, shoh.
– A? – dedi g‘azablanib shoh, jadal borib taхti­
ga o‘tirdi. – Sening ilm-u fuzul aro shuhrating, 
Ustodi Soniy noming g‘alatmi? Sen bu ofatning 
qayoqdan kelganini, nima ekanini bilmaysanmi?
– Bilaman, shoh. Lekin davolash qo‘limdan 
kelmaydi.
– Kimning qo‘lidan keladi?
– Bu faqat sizning qo‘lingizdan keladi.
Shoh taхtdan sakrab turdi. Saroy ahliga far­
monlar berdi: ustodi Soniy saroyda qoladi, unga 
tillado‘zi to‘n kiygizilsin!..
– Хo‘sh, ustod? Bu qanday ofatdir va biz uni 
qay yo‘sin davolay olurmiz?
– Bu sog‘inish-sarg‘ayish, firoq dardidir, shoh... 
Buning davosi ularni o‘z vatanlariga qaytarishdir. 
Faqat shundagina tirik qoladilar. Aks holda qi­
rilib ketgaylar, – dedi al-Forobiy.


47
Chinor
– Sen donishi suхandonsan, bilamiz, hazil-mu­
toyiba qilmoqdasan. O‘z vaqtida buning ham qad-
riga yetgaymiz. Ammo hozir so‘zning chini...
– So‘zning chini shu.
– A? Bilasanki, biz qullarni o‘z vataniga qaytar­
maymiz, bundan ko‘ra ularning qirilib bitguncha 
shu yerda mehnat qila turgani biz uchun afzal.
– Bilaman. Ammo kasal shudir va o‘zga davosi 
yo‘q. Shohning g‘azabi tug‘yon urdi:
– Yo‘qot! Oyog‘iga kishan solib qullikka tashla! 
– deb baqirdi.
... Shunday qilib, ustodi Soniy shoh saroyidan 
qul bo‘lib qaytdi, kishanini zo‘rg‘a sudrab yurgan 
ming-minglab majolsiz qullarga kelib qo‘shildi.
Kunlar, oylar tubanlikda, g‘urbatda o‘tdi. Ming-
lar bilan taqdiri bir edi ustodning. Qirg‘in-barotni, 
o‘limni bo‘yinlariga olgan qullar uchun u tan-u 
jon, birdan-bir ravshan fonus edi.
Bir oqshom ustod qo‘ynidan nay olib, nola 
mashq qildi. Quloqlari zangli kishan jarangidan 
batang bo‘lgan qullar nozik nay navosini eshitib 
titrab ketdilar, yotgan, turgan, o‘tirgan joylaridan 
jilmay qoldilar. Nay navosi dam barglarda o‘yna­
gan bahor yeli, dam uzoqdan momaqaldiroq nafa­
si kabi, to‘zonli shom havo sini lim-lim to‘ldirgan, 
juda uzoqlardan chorlab kelganday qalblarni tal­
pintirar, har kimning aytolmay yurgan mungli 
tuyg‘ularini hikoya qilar edi.
Qullar har oqshom nay tovushiga to‘planadi­
gan bo‘ldilar. Navolarning dardli avji dillarni til­
kalar, odamlar esa bu jarohatdan lazzat topib 
o‘zligini unutar edi.
Odatda nola tinglaganda, go‘yo gunohlari yu­
vilgan beg‘ubor qalb oynasi chil-chil sinadigan­


48
Asqad Muxtor
dek, azongacha hech kimsa indamas edi. Ammo 
bir gal kimdir uh tortib qo‘ydi. Shu uh sukunatni 
chil-chil sindirdi-yu, jonlanish boshlandi.
– To‘lqinlar... – deb pichirladi kimdir.
– O‘tloqlar... – dedi birov.
– Zangori gumbazlar...
Bu gaplardan nimanidir anglagan ustod o‘zi-
ning «Peshravi diyor» degan uzun va dardnok no­
lasini chala boshladi.
– Bu bizning Sayхunimiz-ku... – dedi bir qul 
kuy tugaganda.
– Chaling, ustod!
– Bu navo bizning Forob bog‘larini namoyon 
etdi!
– Chaling, ustod!
Bu tovushlar avval faryoddek eshitildi. Ammo 
so‘ngroq qullar Forobiydan: «Yurtimizni namo yon 
eting, ustod!» – deb iltimos qiladigan bo‘ldilar. 
Har oqshom nay sadosi yangrar edi. Ranglari­
ga qon yugurdi. Ular navo go‘zalligida namoyon 
bo‘ladigan vatanga ko‘ndilar, ko‘nikdilar. Endi 
ular yig‘lar, kular, o‘y surar edilar. Ajal ofati che­
kindi...
Jahonning sakkizinchi mo‘jizasi bino bo‘ldimi, 
yo‘qmi – roviylar bilmaydilar. Ammo odam qal­
bidagi go‘zallik tuyg‘usi mo‘jizalar mo‘jizasi ekan­
ki, inson usiz inson emasdir...


49
Chinor

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish