33
Chinor
toshga borib taqaldi. Ichida bir nima uzilgan
dek,
tizzasini quchoqlab, tirishib qoldi. To‘rsig‘i
oftobda yumalab yotibdi, хurjuni egarda ketgan,
badanlari shilingan, qonli, kir, qo‘lansa, juldur
kiyimda хuddi eski lattaday kichkinagina bo‘lib
tosh soyasida yotardi.
Og‘riq bosilib, ko‘zini ochsa, quyosh butun
lay erib yoyilib ketgandek, osmon yonar, tepasida
pashsha g‘uvillar edi. Boshini ko‘tarib qaray olma
di. Nima bor ekan atrofda? Nahotki bu azob, yolg‘iz
lik va o‘limdan o‘zga hech narsa bo‘lmasa. Nahotki
o‘ylagani kelsa? Oftobda qurtlab o‘lish, ko‘ksingni
qashqir g‘ajiganini ko‘rib yotish... Ivv... ivv...
Bozorqul yig‘layolmas, na ko‘z yosh, na darmon
bor edi. U «ivv-ivv!» degancha yengil qaltirab yovvoyi
bir tovush chiqarar, shu bilan iztirobini bosib, har
zamonda hushidan ketar, tinib sal darmon yig‘ar
edi. Tushga borganda tili shishib og‘ziga sig‘may
qoldi. Nariroqda to‘rsiqda suvi qaynab yotipti, tik-
kaga chiqib ololmaydi, toshning soyasi ham qoch
di. Bozor so‘nggi darmonini yig‘ib, to‘rsiq tomonga
intildi-yu, issiq toshlarni changallab, yuztuban yot
gancha hushidan ketdi...
Uni
kimdir yuziga sovuq suv sepib, hushiga
keltirdi. Qorong‘i edi. Bozor labidagi suv tomchi
larini yaladi. Birpasdan keyin og‘zida qo‘y suti-
ning ta’mini sezdi. Boshidagi odam ho‘l latta
bilan
uning yuzini, ko‘kragini artar, o‘zi esa bo
ladek hansirar edi. Keyin u hansiragancha Bo
zorni ko‘ta rishga harakat qildi. Ko‘tarolmadi. Bir
pas nochor o‘tirib, nafasini rostladi. Yana urin
di. Bu safar bir iloj qilib opichdi, tog‘dan pastga
tushib ketdi. Bozorning qulog‘ida nimadir qattiq
34
Asqad Muxtor
shovillar edi – nima ekan; toshlar yumalayapti
mi? Dovulmi? Shalolami?..
Bozorqul keyinroq fahmladi – ko‘tarib keta
yotgan odamning nafasi,
yurak urishi shunaqa
eshitilayotgan ekan. Bozor unga kuchi boricha
tarmashdi-yu, kimligini so‘ramadi. Baribir emas
mi – odam-ku, qashqir emas. Odam bilan birga
bo‘lishdan katta baхt bormi! Qayoqqa olib borsa
ham mayli, nima qilsa ham mayli.
Endi odam uni ikki qo‘ltig‘idan olib, oyoqlarini
sudrab tushib ketyapti. Lekin Bozor payqamay
qoldi: bu o‘sha kungi ketishmi, yo boshqa kun
mi? Qanchadan beri sudrab ketyapti ekan? Bo
zor har zamonda hushidan ketib turar, og‘zidan
qo‘y sutining ta’mi ketmas edi.
Hushiga kelganida haligi shovillash yana qu
log‘iga eshitildi. Bozor endi buning nima ekanligi
ni biladi, najotkorining qattiq azob chekayotgani
ni, uning badani qora terga botib, har zamonda
yiqilib
qolayotganini sezadi, yiqilganida tizzasi
toshga tilinib, tish orasidan asta ingraganini ham
payqadi. Lekin jussasi kichkinagina bu odam
uni qayoqqadir eltish uchun jonini o‘rtaga qo‘yib
qasam ichgandek, bolasini
tishlab qochayotgan
yirtqich singari bardoshli, o‘ziga rahmsiz edi. Bo
zor hali uning yuzini ko‘rolgani yo‘q, qorong‘i.
Shuning hammasi tunmi yoki hushsizlikmikan?
Qancha yurganlarini bilmaydi, bir vaqt Bo
zorqul ko‘ksida muzdek nafas,
butun badanida
huzurbaхsh bir salqin sezdi. Qarasa, jilg‘achada
yotibdi. Tong. Suv tiniq. Osmon ham tiniq. Odam
uning boshini etagiga qo‘yib o‘tirgan edi.
– Tuzukmisiz?