35
Chinor
Bozor, yana hushimdan ketyapman, deb o‘yla
di. Bu ovoz uning yuragini tilib ketgan edi. Toqat
siz to‘lganib, «Kasalman, meni yomon dard chal
gan», deb pichirladi, yana to‘lg‘andi, zaif tovushi
bilan faryod qildi:
– Onabi! Tovushing qulog‘imga eshitilyapti!...
– Keyin nafasini bosib, najotkoriga murojaat qil
di: – Хotinim... Хotinimning tovushi eshitilyapti
qulog‘imga. Siz kimsiz? Nega meni qutqazdingiz?
Bu qayer? Ust-boshim qani?
– Juda juldur bo‘lib ketgan ekan, yoqib tash
ladim.
Yana o‘sha ovoz. Bozor qaltirab ketdi, boshini
ko‘tardi.
– Tuzukmisiz, Bozorqul aka, menman, menga
qarang... U Bozorni suvdan chiqarib o‘tqazdi. Bo
zorqul o‘tirardi-yu, ko‘zi tingan edi.
– Menman, Bozorqul aka, men, Onabibi.
Bozorqulning хira ko‘zlariga chindan ham Onabi-
bining qiyofasi ko‘rindi. U o‘хshardi ham, o‘хshamasdi
ham. Cho‘liq chakmon kiyib belini chilvir bilan
bog‘lagan taqir boshida kulohmi, taqiya...
Bozorqul uni titroq qo‘llari bilan paypaslar,
yuziga tikilar, lablari titrashidan o‘pkasi to‘lib
kelayotgani bilinar edi. U birdan хunuk tovush
bilan yig‘lab yuborib, Onabibining titilib ketgan
chorig‘iga yopishdi, oyog‘iga panjalari bilan tir
mashib, yuzlariga surdi.
Onabibi ham yig‘lardi, hushsiz yotgan,
cho‘pday bo‘lib qolgan erining soqol bosib ketgan
betlarini silardi.
– Siz ketgach besh kundan keyin, Qoraqum
eshon ham odam tanlayapti, deyishdi. Sochim
36
Asqad Muxtor
ni qaychilab tashladim-da, cho‘liq bola bo‘lib kiyi-
nib bordim. «Yosh ekansan, jo‘na bola», deyishdi,
biroq keyin bir nima bo‘lib qoldi shekilli, darvoza-
dayoq ushlab hammamizni suruvga haydashdi,
o‘sha kuni yo‘lga chiqdik. Yo‘l-yo‘lakay hamma
mizni хatga olishdi. Kuning kalta kelgur eshon
odamlarining yomon niyatini ikkinchi kuniyoq
payqadim. Qo‘rqmaslikka, charchamaslikka qasd
qildim. Bilardimki, siz ketgan tomonga ketib borar
dim. Chori degan cho‘liq bola bilan sirdosh bo‘ldim,
unga anovilarning niyatini aytdim, u siz lar tomon
ga borib-kelib turdi, bekning odamlari dan tani
ganlarini ogohlantirdi. Keyin Choridan sizning qa-
yerdaligingizni bildim. U bechora qoraqurt chaqib
o‘lib ketdi. Menga sizni topib berdi-yu, o‘lib ketdi...
Egarga minolmay qolganingizda men yoningizda
edim, uzoqdan kuzatib yurdim yiqilib qolishin
gizni poylab. Bilardimki, yiqilib qolganlarni tashlab
ketishyapti... Siz yiqilib qolgan kuni kechasi men
ham uzoqda toshlar orasida yashirinib, karvondan
qoldim. Ular uzoqla shishi bilan qosh qorayganda
sizni borib topdim...
Bozor bu gaplarni eshitmadi. U hamma vo
qeani anglagan edi. U faqat ro‘parasida Onabibi
o‘tirganini miyasiga sig‘dirolmas edi, хolos.
– Onabibi... Onabibi... – derdi yuz-ko‘ziga
tikilib, – sochingni oldiribsan... Meni kim ko‘tarib
keldi?
Onabibi uning bu gapidan, yana esi og‘yapti,
deb o‘yladi. Lekin Bozorqul davom etardi:
– U vaqt kuyov bola edim. Dadang menga shun
day degan: «Mol-u dunyo dardi boshingni yeydi,
oshiqlik dardi joningga ora kiradi». Esimda.
37
Chinor
– Dadam har kimning o‘ziga tegishli gapni
aytadilar...
– Onabibi... men endi o‘lmayman. Ajalning
sovuq sharpasi yonimdan o‘tib ketdi. Endi sen
ga nima qilay? A? Oyoqqa turganimdan keyin
aytasanmi?
– Yo‘q, hozir aytaman... Meni seving.
Bozorqul ho‘l ishtoni yopishib turgan qoq
suyak oyoqlariga, ingichka bilaklariga, kichkina
boladek bo‘lib qolgan jussasiga boqdi. Ikki qo‘li
bilan yuzini to‘sib, boshini egdi.
– Mening qanchalik pastkash ablah ekanimni
hali ham tushunmadingmi?.. – dedi u yerga ga
pirgandek.
Onabibi indamadi. U nima bilandir ovora, bel
bog‘ini titar, ivirsir edi.
– Qayerdamiz? Sen bilasanmi? – deb so‘radi
Bozor anchadan keyin.
– Hozir bilamiz-da! – deb Onabibi o‘rnidan turdi.
...Bir tog‘ qishlog‘ida u Bozorqulni uch oy par
varish qilib oyoqqa turg‘azdi. Qishloq odamlari-
ning tili, urf-odati yot bo‘lsa ham, g‘urbat chekkan
musofirlarga imo-ishora bilan mehr ko‘rsatishdi,
avval boshpana topishdi, keyin Ona bibiga ish,
kir-chir berib turishdi. Lekin Onabibi keyingi
haftalarda tog‘dan shoх-shabba yig‘ishga, kir yu
vishga qiynaladigan bo‘lib qoldi. Bo‘yida bor edi.
Hali olti oyga yetmay, oyog‘i juda og‘irla shib tog‘da
uzoq o‘tirib qoladigan, butun vujudini og‘riq tutib
qiynaydigan bo‘ldi. Onabibi bu dardni eriga ayt
may, anchagacha andisha qildi-yu, oхiri aytishga
majbur bo‘ldi. Uni yotqizdilar.
Shundan qilib, Bozor turdi-yu, хotini yiqil
di. Endi ular bu begona qishloqning o‘z kishisi
Do'stlaringiz bilan baham: |