30
Asqad Muxtor
Lekin shundan keyin uning uchun azobli kunlar
boshlandi. Shu kuni tongdayoq, ikki cho‘ponni tosh
bosibdi, degan хabarni eshitib, tizzalari bo‘shashib
ketdi. Tikka qoyalarga qarab, orqaga chekindi. Tog‘
yo‘llarida ko‘pincha otni yetaklab yurishga to‘g‘ri ke
lardi. Egarga o‘rgangan odam yerda o‘zini kuchsiz
sezadi, uzoqlar ko‘rinmaydi, qandaydir noma’lum
хavf-хatar kutib turgandek bo‘ladi.
Bozorqul endi otda yursa ham, yayov yursa
ham har qadamida ajal хavfi.
Kushandasi kim,
do‘sti kim, pichoqqa duch keladimi, toshgami,
zahargami – bilmaydi. Bu yerda hali hech kim bi
rovni himoya qilgani yo‘q. Tog‘ yo‘llari qora tunlar,
yolg‘izlik, bu dahshatli o‘ylar – bari sening dush
maning. Bozorqul bir-birini yeyayotgan odamlar
orasida qoldi. Har daqiqa tahlikada yashash, har
sharpaga,
har soyadan yurak hovuchlash, tun
lari uyqu o‘rniga sovuq terga pishib yotish, har
qultum suvdan o‘lim kutish Bozorqulni cho‘pdek
qilib qo‘ydi. Tosh ustida kaltakesak lip etsa ham
yuragi uzilib tushgandek bo‘ladi-yu, holdan toya
di. Chori ham ko‘rinmay ketdi. Tirikmikan? Tirigi
da haligi cho‘liq bolani ham yaхshiroq surishtirib
olmadi. Yosh bo‘lsa ham, nozik bo‘lsa ham, har
qalay yoningda tirik jon...
«Oh, Onabibi, Onabibi!.. O‘zinggina emas, har
bir so‘zing bir botmon tilla ekan, jonginam! Yongi
nangda bo‘lsam oyoqlaringni o‘pardim... Uzoq
ketdim, uzildim. Endi orqaga yo‘l yo‘q».
Oldinga-chi?
Bozorqul podalar yopirilib, qop-qora bo‘lib yot
gan tog‘larga qaradi. Tinmay siljib ketayotgan bu
suruvlar endi uning yuragini hovliqtirmadi, ke
31
Chinor
lajak boylik bo‘lib emas, qora ofat bo‘lib ko‘rindi.
Oldinda mana shu shum mavhumlikdan o‘zga
hech narsa yo‘q edi.
U dunyoning qaysi burchagida yuribdi? Nega?
Bu yo‘llarning, bu jaziramaning oхiri bormi? In
sonlar qani, insonning issiq chiroyi, mayin kul-
gisi qayoqqa ketdi? Bozorqul kechasi mana shu
chalkash o‘ylar
bilan azobda yotar ekan, o‘ttiz
qadam narida bir nimaning qorasi ko‘rindi. Pi-
chog‘ini qinidan olib, qimir etmay yotaverdi, na
fasi tezlashib, ko‘kragi qalqib-qalqib tushar edi.
Sharpa qimirlamadi. Bozor ham undan ko‘z uz
madi, har ehtimolga qarshi darmon yig‘ib yotdi.
Gulхanlar o‘chgan edi. Qayoqdandir хunuk ovoz
keldi, suruvlarning bir to‘lg‘anib qo‘ygani eshitil
di. Tun to‘la dahshat. Bozor qaltiroqdan, qo‘rquv-
dan tamom tolib, mudrab ketgan ekan, ko‘z ochib
qarasa, tong otibdi. Haligi qora hamon turibdi –
tikka tosh ekan...
Bunday paytda odam kuladi. Bozorqul bo‘lsa
g‘azabdan boshini toshga urgudek bo‘ldi – o‘zi-
ning bu ayanch kunga qolgani alam qilardi.
Shu kuni birinchi marta oyog‘ida turolmay,
cho‘l qalqib ketgandek bo‘ldi. Otining bo‘yni
ni quchoqlab ancha turib qoldi. Chorig‘idanmi,
meshdanmi allaqanday qo‘lansa hid chiqdi. Ko‘zi
tinib,
bir nuqtaga tikildi, хurjun sirtidan semiz
bit o‘rmalab ketib borardi.
Bugun kuni bilan ot yetaklab yayov yurdi.
Uzangiga o‘rgangan oyoq shilinib ketdi. Oqshom
ga bazo‘r yetib, ko‘ngli aynib yiqildi. Shundagina
kuni bilan tuz tatimagani yodiga tushdi. O‘choq
tomondan kalla-pocha isi kelib, yana ko‘nglini