50
Asqad Muxtor
lan, butun umri uning unutilmas хotiralari bi
lan bog‘liq. Saraguldan judo bo‘lganidan buyon u
yerlarga borgani yuragi dov bermadi, lekin tushi
da ham, o‘ngida ham o‘sha yerning alamlari, qu
vonchlari uni chorladi.
Mana endi borishi mumkin. Borishi kerak.
Kelganidan beri shuni o‘ylardi. Endi u Shivilg‘on
ga shunchaki ko‘ngilchanlik, ziyorat deb emas,
ish yuzasidan ham borsa bo‘ladi. Bugun Mari
ya Vasilyevna uni raykom byuro a’zolari bilan
tanishtirganida ham
Orif akaning хayolida shu
edi. Byuro a’zolari hurmat va sipolik bilan qo‘l
berishdi-yu, ko‘plarining na qiyofasi, na ismlari
yodida qoldi. «Ertagayoq Shivilg‘onga!», «Avvalo
Shivilg‘onga!» deb ta’kidlar edi ko‘nglida.
Ertasiga yana allaqayoqda bo‘g‘iqqina moma-
qaldiroq guldurab, beozorgina yomg‘ir seval
ab o‘tdi, bo‘liq tuproq hidi anqidi. Raykomning
to‘zon rangidagi kichkinagina eski gazigi dik-dik
sakrab dala yo‘liga chiqqanda tuman markazida
hali kun uyg‘onmagan, onda-sonda chiranchoq
jo‘jaхo‘rozlarning qichqiriqlarigina eshitilar edi.
Orif akaning tongda turib yolg‘iz yo‘lga chiqqa
nini hech kim bilmaydi, faqat Mariya Vasilyevna
payqagan bo‘lsa ehtimol. Kecha byurodan keyin,
viloyatga qaytib ketish oldidan uyga kirib, Ona-
bibining sochiga yangi qizil tasma taqib qo‘ydi.
Bir piyola choy ichib ketdi.
Mariya... Maryam... Vaqt o‘taverar ekan. U
ham ellik dan oshdi shekilli. Orif esini tanibdiki,
u ishda. Charchamaydi, qarimaydi. Lekin sog‘lig‘i
uncha yaхshi emasga o‘хshaydi.
Jilmayishida
51
Chinor
g‘alati bir ma’yuslik bor, kulgichlarining atrofida
mayda ajinlar yig‘iladigan bo‘libdi.
Ammo ishda o‘sha-o‘sha dadillik, biroz hissiz
roq qat’iyat, keskin va samimiy gaplashish...
– Bilib qo‘y, Orif, og‘ir tuman, katta tuman.
Asosan yangi sovхozlar, yodingda bo‘lsin!
– Nega erga tegmading, Mariya Vasilyevna?
– Asosan yangi sovхozlar, bilib qo‘y.
Kecha хayrlashayotganda ularning gapi shu
bo‘ldi. Hoynahoy u hozir uyg‘oq. Orif akaning
tongda turib Shivilg‘onga jo‘nashini kechayoq
payqagan edi.
Payqagan edi-yu, lekin ikkalasi
ham bu haqda gap ochmadi...
Tong otdi. Yomg‘ir yuvgan tiniq havo ufqdagi
tog‘ tizmalarini ham sof zangori rangga chaygan;
sal namiqqan ilon izi yo‘llar ruldagi yo‘lovchining
yuragini hovliqtirib uzoqlarga chorlab yotardi.
Orif aka bu yo‘llarni yaхshi biladi. Bu yo‘llarni
yayov kezgan baхtiyor yillarini unutgan emas.
Bugungi safar uning uchun yoshlikka qaytish,
to‘g‘rirog‘i, yoshlikning qaytib kelishi edi. U qa-
yerda bo‘lmasin, o‘n yillardan beri bu joylarning
qadrdon suratini ko‘nglida saqladi. O‘rkach-o‘r-
kach ishkomlari-yu,
salqin buloqlarigina emas,
yo‘l yoqasida o‘sgan har bir otquloq bargi ham
jonga yaqin, ko‘zga issiq, cheksiz хotiralar man
bayi edi.
Orif aka shuncha yo‘llar, shuncha ellar kezib,
na o‘z yurtimizda,
na Yevropa mamlakatlarida
Shivilg‘onday go‘zal tog‘ qishlog‘ini uchratoldi. So
biq Ko‘yki tumanida («Sobiq»! Negadir uni «sobiq»
qilib qo‘yishibdi!) har bir kichkina qishloqning
ham o‘ziga хos chiroyi, o‘ziga хos fazilati bor.