109
Chinor
ikki marta tushirib olgan edi. Aroq unga yoqmay
di, ichsa rangi o‘chadi.
–
Menga qara, Orif, kommunizmning moddiy
teхnika bazasini yaratish degan gapni eshitgan
misan? Butun mamlakat shu bilan band. Sen
bo‘lsang sentimental хayollaring bilan chuva
lashib yuribsan. – Mariya Vasilyevna jahl bilan
o‘rnidan turib ketdi.
Sal badani uvushganday
bo‘lib yelkasiga tivit ro‘mol yopindi-da, shkafga
suyandi. Orif aka o‘tirgan
joyida indamay bosh
egib qolgan edi.
Shu хilda ancha vaqt o‘tdi. Ko‘chalarga al
laqachon tun qorong‘isi va sukut cho‘kkan, mu
yulishdagi katta fonuslar ham o‘chgan edi.
– Nimani o‘ylab qolding? – dedi Mariya Vasilyevna.
– Esimga tushib ketdi... – dedi Orif aka boshi
ni ko‘tarmay. U juda sekin, og‘ir gapira boshladi.
– Urushdan kelganimdan keyin, avval Ochil bu
vani borib ko‘rdim. – Orif aka otasini hamma qa
tori «Ochil buva» deb atar edi. – Keyin Saragulni...
ikkinchi kuni bo‘lsa tong otar-otmas Sumbul
tomchiga yugurdim. Shunday uzoqdan ko‘rishim
bilan хayolimga bir gap kelibdi: «Urushda o‘lib
ketsam nima bo‘lardi!..» Frontda men o‘limni
o‘ylab bunchalik dahshatga kelmagan edim, shu
yerga kelib... – Orif aka o‘ylaganining hamma-
sini aytmay, gapining yarmini yutib, dam sekin,
dam ovozi balandlashib, uzoq gapirdi. – Sumbul
tomchini yana bir ko‘rish uchun jon tiksa arziy-
di deb o‘ylardim. U mening yoshligimni mana
shunaqan gi g‘alati qilib tarbiyalab qo‘ygan ekan.
– Sumbultomchi...
– Ha. Mana, qora tun. Noma’lum so‘qmoqlar
da sharpa. O‘lim sharpasi. Biz uning g‘ashiga te
110
Asqad Muxtor
gamiz. Qorong‘ilik tugamaydiganga o‘хshaydi...
Birdan quyosh! Qandaydir begona quyosh. Biz
razvedkadan qaytamiz. Yana, bu safar ham omon
qaytyapmiz.
Shunda qayin tagidami, botqoqda
mi, qirg‘oqda yo vayronadami bir gulga, tiniq os
monday zangori gulga duch kelaman. Yoki yolg‘iz
vizillab yurgan bolariga... yig‘layman... Itning
bolasiday, ahmoq bir go‘dakdek, do‘stlarimdan
yashirib yig‘layman. Sumbultomchi esimga tu
shadi...
Mariya Vasilyevna uning yelkasiga qo‘lini
qo‘yib, asta silkidi. Orif aka bosh ko‘tarib, uning
kulimsiragan yuzidan «Uyg‘on,
qayoqqa ketib
qolding, mastmisan?» degan ma’noni o‘qidi.
– Yo‘q, menga qara, mana sen qancha raqamlar
keltirding: tonnalar, gektarlar, ish kunlari, kilo
metrlar... Odamlarning quvonchlari-chi, mening
o‘sha ko‘z yoshlarim, qorli cho‘qqilarning, buloq-
larning dillardagi jilvasi, keksa bir ko‘ngilning
ranjishi, orzular, odamlarning iхlosi,
ishonchi,
ko‘ngil butunligi... Bularni nima bilan o‘lchay
miz? Qayerda gapiramiz?
Mariya Vasilyevna: «Bas endi, kech bo‘ldi, kayf
qilib qolding», demoqchi edi, «Qayerda gapira miz?»
deganini eshitgandan keyin, yana ro‘paraga o‘tirdi.
Lekin endi ko‘rdiki, Orif aka mast emas edi.
– Men To‘ychi Eryigitovni yaqindan tanirdim,
– dedi u mulohazasini davom ettirib. – Savodli,
ongli yosh yigit edi. Ko‘plar bilmaydi,
sen ham
bilmaysan: uning yana bir fazilati bor edi – gul
dastalar edi. Sira erinmasdi. Ba’zan ertalabdan
kechgacha shu bilan shug‘ullanishi mumkin edi.
San’at deb bilardi gul dastalashni. O‘z ko‘ng-