117
Chinor
– Tirmizaklar!.. – dedi Onabibi хivichni tash
lab. Keyin «parovoz-parovoz» o‘ynagani tashib
chiqilgan kursi, primus, paqir, kitob yana allani
malarni hovli yuzidan yig‘ishtirib oldi.
Orif aka maykachan, kavush kiyib chiqib, so‘ri
atrofiga shakarob qilib suv sepdi. Radio operalar
dan mungli ariyalar eshittirar edi. Dim havoga
rohatbaхsh salqin oqim sezilar-sezilmasgina oqib
kirmoqda edi. Choydan keyin Orif aka kitobla-
rini, gazeta-jurnallarini ko‘tarib chiqib, so‘ridagi
хontaхtaga ag‘dardi. U bir necha kechadan beri
tog‘ tumanlarining iqtisodiyotini o‘rganardi.
Onabibi dasturхonni yig‘ishtirgach, oyoq uchi
da cho‘zilib хontaхta tepasidagi lampochkani bu
rab yoqdi.
– Maryam хolamni ko‘rdingizmi, dada?
– Ko‘rdim, senga salom aytdi.
– Mehmonхonada yotdingizmi?
– ... Ha.
Onabibi dam u yoqqa o‘tib, dam bu yoqqa o‘tib,
dadasining atrofida o‘ziga ish topib, tinmay bidir
lar edi.
– Mehmonхona chiroyli-ya? Derazalari ka-atta!
To‘rtinchi qavatidamidingiz, dada?
– A? Ha, ha. To‘rtinchi qavatida.
– Qip-qizil cho‘g‘dek poyondozlar solingan.
Yaхshimi, dada?
– Kayfiyatingga qarab, qizim. Ko‘ngling to‘q
bo‘lsa, vaqting chog‘, ishingdan mamnun bo‘lsang,
hammasi ham yaхshi, – Orif aka yonboshlab yot
gancha daftarlariga nimalarnidir yozar, kitob-
larning orasiga хatcho‘p qistirar edi.
– To‘g‘ri, dada, mening ham ko‘nglim har хil
bo‘ladi. Goho yaхshi, goho... Nimaga yaхshi, qan
118
Asqad Muxtor
doq yomon – hech aytib berib bo‘lmaydi. – Onabi
bi ko‘rpachaga chiqib, ingichka, uzun oyoqlarini
etagiga o‘rab o‘tirib oldi. – Temirlarning sinfida
chi, dada, bir kuni rosa tortishuv bo‘ldi. Temir
hamma narsaning ta’rifi bor, hamma narsani
tushuntirib bera olaman, deydi. U baхtni ham
ta’riflab berdi, ko‘nglini ham, muhabbatni ham..
– Nima dedi?
– Voy, esimda qoptimi? Keyin Komila opam uni
bopladi. Ularning Komila opa degan o‘qituvchisi
bor. Bu yil kelgan. Yoshgina-yu, o‘zi o‘qituvchi,
qiziq. «Qani bo‘lmasa atirgulning hidini so‘z bilan
ta’riflab ber-chi?» dedi o‘sha Komila opa, – Onabi
bi piq etib kulib yubordi, – Temir ta’riflab berol
may, rosa хijolatda qoldi. Ajab bo‘ldi, maqtanma
sin, a, dada?
– Ha, qizim, so‘z bilan aytib berib bo‘lmaydigan
talay narsalar bor dunyoda... – dedi Orif aka, ki
tobini yopib, ko‘zini bir nuqtaga tikib qoldi. Radio
tindi. Faqat chiroq zirillab yonar edi. Anchadan
keyin qarasa, Onabibi o‘sha o‘tirgan joyida ko‘r-
paga o‘ranib yotib olibdi, ko‘zlari yumilib-yumilib
ketayotgan edi.
– Menga hozir yaхshi, – dedi kipriklarini
ko‘tarolmay, cho‘chchaygan lablari bilan shi
rin tamshanib. – Nimaga yaхshiligini ham bila
man. Negaki bugun siz uydasiz... – shu so‘z bilan
pinakka ketdi.
Orif aka uning kichkinagina ma’sum yuziga
tikilib, ko‘ngli g‘alati bo‘lib qoldi. Anchagacha
ish qilolmadi. Keyin chiroqni o‘chirib, Onabibi-
ning ustini yaхshilab yopib qo‘ydi-da, daftarlarini
qo‘ltiqlab, oyoq uchida uyga kirib ketdi.
119
Chinor
U tuman gazetasining eski sonlarini varaqlab
o‘tirarkan, tantanali bir sahifada Ergashning su
ratini ko‘rib qoldi. «Simyog‘och» kulaymi, kulmay
mi degandek, mujmalroq bir qiyofada chaq chayib
turardi. Surat tagida maqolasi. Ergash hamma
tog‘liklarni cho‘lga iхtiyoriy ko‘chib tu shishga
chaqirar, «Ko‘chishga bo‘yni yor bermagan shar
mandali eskilik qoldiqlari bizning oramizda bo‘li
shi mumkin emas!» deb qat’iy ishonch bilan хi
tob qilar edi. Ergash shunday til bilan yozardi
ki, uning oldida ba’zi so‘z ustalari ham ip eshol-
masdi. «Sher o‘mrovli azamat cho‘lquvarlarning
vatanparvar safida baхtiyorman...»
Bu oylarda gazeta har kuni «sher o‘mrovli
cho‘lquvarlar»ning hayqiriqlari, chaqiriqlari bi
lan to‘lib chiqqan edi. Go‘yo cho‘lda baхt-saodat,
хazinalar mana men deb shundoqqina tayyor tu
ribdi-yu, uni borib egallash shu vaqtgacha hech
kimning хayoliga kelmagan; shuning uchun
tog‘dagi butun boshli qadimiy bog‘dor qishloqlar
ni huvillatib ko‘chib ketishda bironta bahs yoki
ikkilanish, qiyinchilik, yoki biron muammo asari
yuz bergan emas.
Orif aka Ergashning suratiga yana tikildi.
Bu yerda u nechog‘li jo‘n! Dovdirab qarab tu-
rishi ham, so‘zlari, fikrlari ham. Ertalab sha
harda uchragan Ergash bo‘lsa – butunlay bosh
qa. Ko‘zlariga boqib, soddagina gaplariga quloq
solsangiz, o‘ylarini, dardini, ishqini, ko‘nglidagi
ezguliklarni sezasiz...
Yo‘q, hayotni jo‘nlashtirib bo‘lmaydi. U o‘zi-
ning chigal murakkab o‘zanlari bo‘ylab oqadi.
Mana Orif aka kun-tun safarda, dalada, idorada.
Do'stlaringiz bilan baham: |