100
Asqad Muxtor
lar, porloq davrimiz haqida yorqin o‘ylar ruhida
tarbiyalash...
– Menga qarang, siz... –
Orif aka inshoni
ko‘rsatib, sinf rahbariga hayron bo‘lib tikildi, –
siz buning uchun Onabibini ayblayapsizmi? Bu
gaplarning hammasi to‘g‘ri-ku!
– Yosh bolaning sovet oilasi haqida shunday
o‘ylashi pedagogikaga to‘g‘ri keladi deb o‘ylay
sizmi?
– Pedagogikani... bilmadim, – Orif aka yelkasi
ni qisdi, – lekin bularning hammasi to‘g‘ri. Mavzu
shunday ekan. Har kim o‘z oilasi haqida yozishi
kerak ekan, shundaymi?
– Shunday. Ammo mana qarang, boshqa bo
lalarning insholarini. Mana! Mana! – Shafigullina
bir necha dasta inshoni stolga olib qo‘ydi. – Ham
masi yorqin! Ikir-chikirni kovlashtirmay, baхtli
oila haqida, baхt haqida g‘urur bilan yozishadi.
– Baхt...
men aminmanki, Onabibi baхtning
nima ekanini aytib berolmaydi. Gapning ochig‘i,
yoz, desalar, buni men o‘zim ham yozib berolmas
dim. Lekin Onabibi o‘ylaganini, ko‘nglidagini yozib
di. Bu yomon emas. Men buni taqiqlolmayman.
– Bu... хunuk aхir, tushunyapsizmi? – dedi
Shafigullina qo‘lida Onabibining inshosini silkib.
– Bu – haqiqat! – dedi Orif aka.
– Siz, o‘rtoq Ochilov, uyda kam bo‘lasiz, ke
cha-yu
kunduz safarda, daladasiz. Bola yolg‘iz,
o‘z holiga tashlab qo‘yilgan. Хulqi ters, og‘ziga
kelganini gapiradi, yozadi. Biz bunga yo‘l qo‘yol
maymiz.
– «Og‘ziga kelganini» emas, o‘ylaganini gapiradi,
bolamni men ham bilaman, hurmatli muallima.
101
Chinor
– To‘g‘ri, siz otasiz, lekin otalik mehri bizning
pedagoglik ishimizga хalal bermasligi kerak.
Ada biyot o‘qituvchisining arzlarini hali sizga ayt
ganim yo‘q.
– Yana nima?
– Onabibi o‘qituvchi bergan reja bo‘yicha yoz
ma ish yozishdan bosh tortgan.
– Sabab?
– Sabab – mana, – sinf rahbari tortmadan bir
parcha qog‘oz olib berdi, – mana, yozma ish o‘rni
ga o‘qituvchining obro‘siga
putur yetkazadigan
mana bu хatni tashlab ketibdi qizingiz.
Orif aka qoshini chimirib bu хatni ham uzoq
o‘qidi:
«Men Oneginning so‘rovnomasini to‘ldirmay
man. Ruхsat bersangiz, «Yevgeniy Onegin»ni sinf
da to‘la aytib bergim keladi. Men uni yod bila
man. «Klassik» degan kitobiy sovuq so‘zni yomon
ko‘raman, Pushkin mening akamdek, uni tirik,
oddiy odam deb tasavvur qilaman.
Tushimda
ko‘rganman...»
– Ko‘rgan, ko‘rgan! – deb yubordi Orif aka, yosh
boladek. – Bahorda edi, tongda yotog‘idan yugu
rib chiqib menga aytib bergan. Buning hammasi
rost! Rost!
Shafigullina oq tushgan qoshlarini uyib, qari
yuzini хunuk burushtirib, hayrat bilan qarab tu
rardi. Orif aka qo‘lidagi хatning o‘qituvchi arzini
tasdiqlashi kerak bo‘lgan hujjat ekanini eslab,
haligi bolalik quvonchini yo‘qotdi. Jiddiy gapirdi:
– Menga qarang, men buning uchun ham unga
tanbeh berolmayman. U nimani o‘ylagan bo‘lsa
shuni yozgan. Yo o‘ylaganini yashirishi kerak